O‘zbekiston milliy universiteti udk: 330. 34(575. 1)


Tadqiqot natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/32
tarix01.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
5ea8732741db08f7ea37ab20e3f50317 yashil iqtisodiyot asosida barqaror iqtisodiy osishni taminlash xalqaro tajriba va milliy xususiyatlar

Tadqiqot natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishida 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va «Yashil iqtisodiyot»ni yanada 
rivojlantirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish jarayonlarini 
jadallashtirish va uni investitsiyalash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan 
ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarini hayotga tatbiq etish chuqur organilgan. 
Tadqiqot ishi natijalaridan muqobil energetikadan foydalanishni uzoq 
muddatlarda yanada faollashtirish, rivojlanishi prognozlarini ishlab chiqishda 
davlatning maqsadli dasturlarini, hukumat qarorlarini ishlab chiqishda manba 
sifatida foydalanish mumkin. Tadqiqot ishi materiallaridan mamlakatimiz oliy 
o‘quv yurtlarida «Yashil iqtisodiyot» asoslari», «Yashil iqtisodiyot» nazariyasi», 
«Inson taraqqiyotida muqobil energetika» fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini 
takomillashtirish va o‘qitish jarayonida foydalanish mumkin. 
Ish tuzilmasining tavsifi. Tadqiqot ishi kirish, uch bob, xulosa va 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
Ishning kirish qismida dissertatsiya ishi mavzusining dolzarbligi, tadqiqot 
ishining maqsadi va vazifalari, tadqiqotning ilmiy yangiligi, predmeti, tadqiqot 
ishining ob’yekti, tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari, mavzu bo‘yicha 
qisqacha adabiyotlar tahlili, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqotda qo‘llanilgan 
uslublarning qisqacha tavsifi, tadqiqot natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati 
keltirilgan. 
Birinchi bob “Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning nazariy asoslari” 
deb atalib, unda iqtisodiy o‘sishning konseptual jihatlari va ta’minlash omillari, 
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning zaruriyati va huquqiy – institutsional asoslari 
ko‘rib chiqiladi. Shu bila birga iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning zaruriyati, va 



huquqiy – institutsional asoslari o‘rganilgan. Ikkinchi bob «Yashil iqtisodiyot»ni 
shakllanishi va rivojlanishining xususiyatlari deb atalib, ushbu bobda «Yashil 
iqtisodiyot»ning rivojlanish bosqichlari, uni shakllantirish va rivojlantirishning 
xorij tajribasi, rivojlangan mamlakatlar energetika tarmog‘ini «Yashillashtirish» 
tendentsiyalari iqtisodiy tahlili qilingan. Uchinchi bob “O‘zbekistonda «Yashil 
iqtisodiyot»ni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” ga qaratilgan bo‘lib, unda 
respublikamiz hududida «Yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirish asosida barqaror 
iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘llari va unga ta’sir etuvchi omillar, 
O‘zbekistonda muqobil energiyadan foydalanish samaradorligi va barqaror 
iqtisodiy o‘sishni ta’minlash istiqbollari masalalari ahamiyatini iqtisodiy-
matimatik modellari orqali baholaniladi. «Yashil iqtisodiyot» asosida barqaror 
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning xorijiy tajriba va milliy xususiyatlarni chuqur 
o‘rgangan holda istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab 
chiqiladi. 


10 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin