O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Uilyam Meykpis Tekkerey (1811–1863) ingliz tanqidiy realizmin-
ing yirik vakillaridan biri. Garchi u Dikkensga zamondosh bo‘lib, u 
kabi iqtidorli bo‘lsa ham, taqdiri uning taqdiridan farq qiladi. Yozu-
vchi sifatida Tekkerey Dikkens bilan yonma-yon tursa-da, mashhur-
likda undan ancha ortda qolgan. Keyinchalik oliy hakam – vaqt uni 
Tolstoy, Filding, Shekspir kabi buyuk yozuvchilar qatoriga qo‘shib 
qo‘ydi.
Tekkerey  Hindistonning  Kalkutta  shahrida  tug‘ildi.  6  yoshida 
onasining o‘limidan so‘ng oilasi bilan Angliyaga qaytib keladi. Bu 
yerda u mahalliy maktabda bilim olib, 2 yil Kembrij universitetida 
o‘qiydi.
Tekkerey ijodida uch davrni ajratib ko‘rsatish mumkin: birinchi 
davr – 30-yillarning oxiri – 40-yillarning boshi; ikkinchisi – 40-yil-
lar o‘rtalari va uchinchi davr – 1848-yildan keyingi ijodi.
Adabiy  faoliyatini  1840-yili  jurnalist  sifatida  boshladi.  Uning 
o‘tkir  ocherk,  parodiya  va  karikaturalari  “Panch»  hajviy  jurnalida 
bosildi. 30-yillardayoq Tekkereyning dunyoqarashi, siyosiy maslagi 


206
shakllandi. Yozuvchining  falsafiy-estetik  qarashlarida  sirtini  yalti-
ratishga berilib ketishlik, ortiqcha mubolag‘a, soxta ko‘tarinkilik va 
haqiqatni buzib ko‘rsatishga murosasizlik birinchi o‘rinda turadi. 
Shubhasiz, dunyoni o‘tkir va kuzatuvchanlik bilan his qiluvchi 
san’atkor – Tekkerey yozuvchiga yordam beradi, ya’ni unga tasvir-
lanayotgan voqelikning muhitiga kirishga, eng muhimini ko‘rishga, 
o‘z qahramonlariga mustaqil bo‘lishda yordam beradi.
Yosh Tekkerey qarashlarining shakllanishida, u muntazam rav-
ishda romannavis yozuvchilarga bag‘ishlangan ocherklarini (“Mash-
hur mualliflarning romanlari”) chop ettirgan “Frezere megezin” bi-
lan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Bulver va Dizraeli 
romanlariga o‘ziga xos parodiyalar edi. Ijodining birinchi davrida 
Tekkerey tomonidan uning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy va estetik qa-
rashlari aks etgan badiiy asarlar yaratildi. Bular “Katerina” (1839) 
romani, “Oliyjanob notavon” (1840) qissasi va “Barri Lindonning 
erishgan mavqeyi” parodiya (1844) asarlaridir. 
U ijodining ikkinchi va uchinchi davrlarida ko‘plab hajviy hikoya, 
qissalar va bir necha roman yozdi. “Snoblar kitobi” (1847), “Shuh-
ratparastlik  g‘ulg‘ulasi”  (1848),  “Pendonis”  (1850),  “Nyukomlar” 
(1855) shular jumlasidandir. 
Tekkerey ijodida satira va ijtimoiy mavzular asosiy o‘rinni egal-
laydi. Bu borada u Dikkensdan bir oz farq qiladi. Dikkens, ijodkorn-
ing vazifasi ijtimoiy hayotning faqatgina salbiy tomonlarini ochib 
tashlashdan iborat bo‘lib qolmasligi kerak, u o‘quvchiga o‘sha il-
latlar bilan qanday kurashish yo‘llarini ham ko‘rsatib berish kerak, – 
deb hisoblaydi. Tekkerey uchun muhimi – hech qanday pardozlarsiz 
hayotiy haqiqatni ochib tashlash. Uning realistik estetikasi asosini 
“Haqiqat har doim ham yoqimli bo‘lavermaydi, lekin haqiqat barcha 
narsadan afzal”, “Insonni tabiiiy holda tasvirlamoq kerak” kabi tez-
islar tashkil etadi. Bu tezislar uning eng yaxshi asarlari uchun asos 
bo‘ladi. 
“Shuhratparastlik  g‘ulg‘ulasi”  romanida  Angliyaning  XIX  asr 
10–20-yillaridagi  hayoti  keng  tasvirlanadi. Asardagi  voqealar An-


207
gliya  poytaxti  London  atroflaridan  Belgiya,  Fransiya,  Germaniya, 
Italiya davlatlariga ham ko‘chadi. Qahramonlar esa turli tabaqa 
vakillari  (zodagonlar,  parlament  a’zolari,  chinovniklar,  harbiylar, 
o‘qituvchilar  va  boshqalar)  bo‘lib,  bu  davr  ingliz  jamiyati  ramziy 
ma’noda “shuhratparastlik yarmarkasi” deb atalgan. Ular “g‘ulg‘ula” 
(yarmarka) qonunlari asosida yashadi. Bunda insonning qadr-qim-
mati pulining miqdori bilan o‘lchanadi. Tekkerey o‘z zamonasida-
gi  Angliyani  ham  shunday  yarmarkaga  o‘xshatadi.  Asarga  hatto 
qo‘g‘irchoq obrazi ham kiritilgan.
Bu muhitda yozuvchi asarda asosiy o‘rinni egallovchi bosh qah-
ramon topishga qiynaladi. Asarga “qahramonsiz roman” sarlavhasi 
qo‘yilgan.
Tekkerey asarining bunday nomlanishiga XVII asr Angliya yo-
zuvchisi Jon Benyanning «Ziyoratchining yo‘li» (1678) asari turtki 
bo‘ldi. Uning ushbu allegorik-falsafiy asarida bir sayyohning Shuh-
ratparastlik (London) shahriga kelishi hikoya qilinadi. Bu shaharda 
payshanba  kunlari  barcha-barcha  (uy,  yer,  mansab,  mamlakatlar, 
bola-chaqa,  ota-ona,  hayot,  oltin…)  narsalar  sotiluvchi  yarmarka 
bo‘ladi.
Romanda ikkita syujet chizig‘i bo‘lib, birinchisi, Emiliya Sedli 
taqdiri  bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  ikkinchisida,  Bekki  Sharpning  hayoti 
aks ettiriladi. Ularning hayotlari ba’zi-ba’zida kesishib turadi. Vo-
qealar avvalida Emiliya ijobiy qahramon sifatida namoyon bo‘ladi. 
U xushmuomala, rahmdil, yetim qolib oila mehriga mushtoq bo‘lgan 
dugonasiga g‘amxo‘rliklar ko‘rsatadi. Biroq o‘z ota-onasini unutib 
yuborganligi, Emiliyani “moviy qahramon” sifatidagi nomiga dog‘ 
tushiradi. U hattoki erining o‘limidan keyin ham Dobbinning oli-
yjanob harakatlariga e’tibor qilmaydi. 
Bekki  –  Emiliyaning  aksi.  U  ilk  ko‘rinishdayoq  o‘zining 
vahshiyona, o‘tkir changali, izzattalabligi, ayyorona o‘tkir aqli 
bilan hayron qoldiradi. U dilbar va xushmuomala, lekin uning 
ko‘zlari va maftunkor tabassumi tajribasiz, g‘o‘r odamni al-
dashi mumkin. 


208
Garchi  Tekkerey  ingliz  adabiyoti  tarixida  “Shuhratparastlik 
g‘ulg‘ulasi”  va  “Snoblar  kitobi”,  “Genri  Esmondning  sarguzasht-
lari” va “Nyukomlar” kabi asarlar muallifi sifatida nom qoldirgan 
bo‘lsada, uning boshqa asarlari ham diqqatga sazovor, chunki ular-
siz yozuvchi ijodiga to‘laqonli baho berish mushkul. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin