O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Qadimgi yunon adabiyoti va uning asosiy xususiyatlari



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Qadimgi yunon adabiyoti va uning asosiy xususiyatlari 
Adabiyot xalq hayotining ko‘zgusidir. Shuning uchun antik ad-
abiyotni o‘rganishni ham uni yaratgan xalqlar hayotini o‘rganishdan 
boshlash lozim bo‘ladi. Bu xalqlar qadimgi yunonlar va rimliklardir.
Miloddan oldingi II mingyillikda Yunoniston hududi va Egey 
dengizidagi orollarda ikki yirik markazlar nomi bilan Krit-Mikena 
deb  atalgan,  qadimgi  madaniyat  paydo  bo‘lgan.  Qadimgi  yunon-
larning tasavvuri bo‘yicha “muqaddas” Olimp tog‘iga makon qur-
gan ma’bud va ma’budalar haqidagi miflar ham aynan shu davrda 
yaratilgan. Krit-Mikena adabiyotining birinchi davri xalq og‘zaki 
ijodining uzoq asrlarini qamrab olgan bo‘lib, m.o. IX asrda yakun-
lanadi. Ushbu davr ijodi namunalari bizgacha yetib kelmagan va u 
haqidagi ba’zi ma’lumotlarni keyingi davr adabiyotidan, Qadimgi 
Misr va xett hujjatlaridan (Kichik Osiyoga hujum qilgan qabilalarn-
ing nomlari “axayvasha” va “danauna” tarzida berilgan bo‘lib, 
Homerning eposlarida ular yunonlarning “axey” va “danay” qabi-
lalari  deb  ataladi)  topish  mumkin. Arxaik  davrda  bir  necha  asrlar 


48
davomida  shakllangan  va  m.o.VI  asrda  yozib  olingan  Homerning 
“Iliada” va “Odisseya” dostonlari to‘laligacha yetib kelgan yagona 
namunalar hisoblanadi. 10 yil davom etgan Troya urushi va undan 
keyingi o‘n yillik voqealari aks etgan bu dostonlar epik qo‘shiqlar 
va rivoyatlar asosida maydonga kelgan. Agar epos – insonni o‘rab 
turgan olam va undagi voqealar haqida hikoya qilsa, lirika shaxs-
ning ichki dunyosini hamda shoir va lirik qahramonning kechin-
malarini  ochib  beradi.  “Lirika”  atamasi  torli  cholg‘u  asbobi  lira 
nomidan kelib chiqqan bo‘lib, “musiqa jo‘rligida ijro etilgan she’r” 
degan ma’noni anglatadi. Lekin, bu atama ancha keyin – m.av. III-
II  asrlarda Aleksandriya  olimlari  tomonidan  iste’molga  kiritilgan. 
Unga qadar “Melika” (melos-qo‘shiq) atamasi torli cholg‘u, birinchi 
navbatda 7 torli lira jo‘rligida ijro etiladigan qo‘shiqlarni ifoda et-
gan. Qadimgi yunon she’riyatida lirikaning ikki asosiy turi shakllan-
gan bo‘lib, bular yakka xonanda tomonidan ijro etiluvchi – mono-
dik lirika va ko‘pchilik tomonidan kuylanuvchi xor lirikasi. Shoir 
Pindarning asarlari xor lirikasining ilk namunalari bo‘lsa, monodik 
lirikani Sapfo va Anakreont she’rlarida kuzatish mumkin. Yunonlar 
lirik she’riyatni qo‘shiq, musiqa va hatto raqs bilan bog‘liq ravishda 
tasavvur qilganlar. Asta-sekin lirikaning yamb va elegiya deb atal-
gan turlari faqat o‘qishga moslashtirilgan janrga aylanib bordi. 
Qadimgi  yunon  she’riyatida  qofiya  bo‘lmagan.  Lirik  asarlar 
ohangdorligini ta’minlovchi yagona vosita vazn bo‘lgan. Shu bois 
poeziyada vazn turlari takomillashib borgan. Alkey va Sapfo singari 
shoirlar nomi bilan ataluvchi vazn turlari jahon she’riyatidan abadiy 
o‘rin egallagan. 
Miloddan  oldingi  VII-VI  asrlar  she’riyatida  shaxsning  fikr  va 
o‘ylarini diniy-axloqiy yondashuv asosida talqin etish kuchli edi. 
M.o. VI asrda Ioniyada bayoniy uslubdagi proza dunyoga keldi. Tar-
ixiy va oddiy kishilar obrazlari aks etgan novellalar va Ezop nomi 
bilan  bog‘liq  masallar  yaratildi. Afina  madaniyatining  rivojlangan 
davri  m.o.  V-IV  asrlarga  to‘g‘ri  kelib,  dramatik  janrlar,  ayniqsa, 
tragediya rivojlandi. Afina demokratiyasining qaror topishi davrin-


49
ing yirik shoiri Esxil o‘z tragediyalarida ijtimoiy va axloqiy masa-
lalarni qalamga olgan bo‘lsa, Sofokl erkin inson timsolini yaratdi. 
Komediya an’anaviy shakllarni saqlagani holda, yangi ijtimoiy-sat-
irik mazmun bilan boyidi, taraqqiy etdi. Bu davrda Aristofan asarlari 
yunon siyosiy va madaniy hayotida o‘tkir satira sifatida maydonga 
chiqdi. Individuallashgan personajlar bilan bir qatorda umumlashma 
hajviy obrazlar paydo bo‘ldi. Miloddan oldingi II asrda Rim istilosi 
natijasida Yunoniston madaniy hayoti tushkunlikka yuz tutib, faqa-
tgina milodning birinchi asriga kelib, jonlanish paydo bo‘ldi va IV 
asrda qadimgi yunon adabiyoti inqirozga uchradi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin