Konfutsiy qonunlari. Ulug‘ mutafakkir Konfutsiy (Kun Fu szi,
ya’ni muallim m.a. 552/551–479) ning 3000 taga yaqin o‘quvchisi
bo‘lgan. Ularga og‘zaki dars bergan. Ammo uning ta’limoti avlodlar
tomonidan yozib olingan va Konfutsiy qonunlari (O‘n uch qonun,
“Shi san szin”) bizgacha yetib kelgan. U 13 kitobdan iborat bo‘lib,
ayrimlari “Suhbatlar va mulohazalar”, “Ulug‘ ta’limot”, “O‘rtalik
haqida ta’limot” deya nomlanadi. Konfutsiyning asosiy g‘oyasi dao
bo‘lib, bu yo‘l insonni ezgulikka olib boradi. Buning uchun u inson
qarshisiga 5 ta talabni qo‘yadi: 1. Burch. 2. Insoniylik. 3. An’anaga
sadoqat (Me’yorni bilish). 4. Jasorat (Hayotini o‘rtaga qo‘yib bo‘lsa
ham ezgulikni himoya qilish). 5. Bilim (Tabiatni emas, balki insonni
bilish).
Dao qununi. “Dao de szin” (Dao – yo‘l, de – ezgulik. Ezgu yo‘l
haqida kitob). Bu qonun Lao-szi (m.a.VI-V a.) ga oid deb qaraladi.
Shu bilan birga, keyingi davrlarga tegishli degan qarashlar ham yo‘q
emas. Dao qonuni Konfutsiy qonunlariga zid mohiyatda turadi. Bu
qonunlar asrlar davomida to‘planib, milodiy 1019-yilda e’lon qil-
ingan. Uning mohiyati faoliyatda emas, balki tabiat bilan qo‘shilib,
unga singib ketishda: “Dao hech narsa qilmaydi, lekin qilinmagan
hech qanday ish yo‘q”.