29
Sodda
til bilan aytganda, ertalab quyosh chiqadi, odamlar
uyg‘onishadi. Kechqurun quyosh botganda, odamlar uyquga toli-
shadi. Osmonda esa yulduzlar paydo bo‘ladi. Har doim shunday
bo‘lgan. Qadimda ham, hozir ham shu hodisalar takrorlanadi. Lekin
qadimda bu
hodisalarga boshqacha qarashib, quyoshning chiqishi
va botishi, dengiz suvlarining ko‘tarilishi va tushishi,
suv toshqi-
ni, quyosh va oyning tutilishi, vulqonlar otilishini tushunmoqchi
bo‘lishgan. Tushunish va tushuntirish yo‘lidagi urinishlar miflarni
paydo qilgan.
Mif haqida rus olimi A.F. Losev o‘zining “Filosofiya. Mifologi-
ya. Kultura”
10
kitobida mifni qadimiy odam uchun g‘oya
yoki tush-
uncha emas, balki reallik, hayotning o‘zi sanalgan, deb yozadi.
Miflar hamma xalqlarda bor. Ular qayerdadir bir-birlaridan farq
qilsa, qayerdadir o‘xshaydi, qayerdadir
syujet chiziqlari kesishadi,
qayerdadir biron bir detal mushtarak chiqib qoladi. Xo‘sh, nima uc-
hun? Albatta, bu borada xalqlarning geografik jihatdan joylashuv
o‘rni, turmush tarzi va darajasi ko‘p narsani belgilab beradi. Ma-
salan, dengiz bo‘yida yashagan xalqlarning miflarida suv, baliq, kit
kabi atributlarning qatnashishi, voqealar ularning ishtirokida sodir
bo‘lishi tabiiydir. Xuddi shunday, Avstraliya miflarida kenguri va it-
ning ko‘p uchrashi ham geografik joy bilan bog‘liq hodisa. Bir xil
turmush tarzi, bir xil muammolar ham mushtarak miflarni, ulardagi
o‘xshash syujet chiziqlarini paydo qilgan. Ayni paytda, xalqlarning
bir-birilaridan ta’sirlanishi, bir-biridan o‘rganish faktini ham inkor
qilmaslik kerak. Masalan, rim miflarida yunon miflarining, yunon
miflarida esa shumer miflarining izlari bor.
Dostları ilə paylaş: