34
foydalanishda bo`lgan resurslarni nooqilona iste’mol qilishda o`z aksini topadigan
«jamoat mulki fojiasini» namoyon etadi. Bunday resurslardan foydalanishning
xususiy va jamoat sarf-xarajatlarining nomuvofiqligi ularning tugashiga olib
keladi. Boshqacha
aytganda, resursga nisbatan mulkchilik huquqlari aniq
o`rnatilmagan hollarda uning iste’mol qilinishi salbiy tashqi ta’sirlar yoki
eksternallarning paydo bo`lishi bilan bog`liq. Yana misol tariqasida ikkala fermer
tomonidan bir vaqtning o`zida bir yaylovdan foydalanilishini tasvirlovchi holatni
ko`rib chiqaymiz. Misolda ishlab chiqarishning faqat ikkita omili – fermerlarning
yeri va mehnati hisobga olinsin.
Faraz
qilaylik, yaylovga qo`shimcha mehnat birligi sarflangan, ya’ni birinchi
fermer egallagan yaylovga ikkinchi fermer o`z podasini olib keldi. Ushbu holatda
qo`shimcha mehnat sarfining samarasi pasayadi. Ishlab chiqarish (yetishtirish)
umumiy hajmi oshgani holda qo`shimcha mehnat qilgan fermerning manfaatdorligi
pasayadi va o`rtacha mahsulotning kamayishi yuz beradi. Agar yaylov xususiy
mulkchilikda bo`lsa, u holda mulkdorning shaxsiy sarf-xarajatlari ko`proq
samara
keltiradi va renta eng yuqori bo`ladi. Agar yaylov umumiy foydalanishda bo`lsa,
mehnat sarfi samaradorligining darajasi pasayib, renta yo`qoladi. Yuqorida bayon
etilganlarga yakun yasab, ta’kidlash lozimki, mulkchilik huquqlarining o`rntilishi
kamida ikkita sababga ko`ra iqtisodiy agentlar manfaatlariga mos keladi, ya’ni
ularning o`zaro hamkorligidagi noaniqlik (ikkilanish)
kamayadi va resurslardan
foydalanish optimallashadi.
Dostları ilə paylaş: