O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovalar vazirligi
O`tish – payvandlash yoki eritib qoplash vaqtida issiqlik manbasining bir yo'nalishda yagona harakati. Valik deb payvandlangan chok metallning bir qismiga aytilib, u bir o`tishda hosil qilinadi. Payvand chok qatlami deb, shunday chok metalliga aytiladiki, u chok ko`ndalang kesimining bir sathida joylashgan bir, ikki yoki bir necha valiklardan tashkil topgan bo`ladi.
23–rasm. Ko`p qatlamli chok
Choklarni bajarilish vaqtidagi fazoviy holatiga ko'ra, ularni pastki , vertikal, gorizontal va shift choklariga bo'linadi (24–rasm).
24–rasm. Choklarning fazoviy holatlari: a– pastki; b – gorizontal;c –vertikal; d –shift
Ushbu bo'linish choklarning texnologik xususiyatlaridan kelib chiqadi, bu choklarning sifatiga va ularning mustahkamligiga ta'sir qiladi. Gorizontal tekislikdagi choklar , shuningdek, bir oz og`imli (qiyalik burchagi ≤ 60 ° bo`lganida) pastki choklar deb ataladi; 60 –120o qiyalikburchagiga ega tekislikda joylashgan choklar, vertikal choklar deb ataladi; va qiyalik burchagi120–180° bo`lgan tekislikda joylashgan choklar– shift choklariga kiradi. Gorizontal choklar deb vertikal yoki qiya tekislikda gorizontal joylashgan uchma–uch choklarga aytiladi.
Pastki holatdagi choklar eng oddiy bajariladi va eng qiyin – shift choklari. Shuning uchun, payvand birikmalarni loyihalashda, ayniqsa, o'rnatish (montaj) sharoitida pastki holatda choklarni amalga oshirish imkoniyatini ta'minlashga harakat qilish kerak.
Tashqi ko'rinishiga ko`ra payvand choklari quyidagilarga bo'linadi: qavariq (mustahkamlangan) normal va botiq (25, 26–rasm).
25–rasm. Payvand choklarining shakli: a – qavariq payvand chok; b – oddiy chok; c – botiq chok
Odatda, qo'lda payvandlashda qavariq (mustahkamlangan) choklar ishlatiladi. Qavariq choklari statik (doimiy) yuk ostida yaxshiroq ishlaydi, ammo ular tejamkor emas. Oddiy va botiq choklar dinamik va o'zgaruvchan yuklarga ko'proq mos keladi, chunki asosiy metalldan payvand chokiga yumshoqroq o'tish chokning buzilishiga olib keladigan kuchlanish konsentratsiyasi ehtimolini kamaytiradi. Botiqlik payvandlash rejimini sozlash yoki maxsus ishlov berish orqali erishiladi. Uchma–uch choklarni botiq qilinmaydi; uchma–uch payvand choklarida botiqlik nuqson belgisidir.
26–rasm. Payvand choklarining shakli: a – oddiy payvand choki; b – qavariq; c – botiq; h P – hisoblangan chok balandligi; K – chok kateti
Ta`sir qiluvchi kuch yo'nalishiga ko'ra, quyidagilar mavjud:
1. Uchma–uch choklari:
– to‘g‘ri ( 27 – rasm a ) ;