Burchak chokining asosiy geometrik parametrlari (30–rasm) quyidagilardir:
K – payvand choki kateti – payvandlangan qismlardan birining yuzasidan ikkinchi payvandlangan qismning yuzasida payvand chokining chegarasigacha bo'lgan eng qisqa masofa ;
hP – burchak chokining hisoblangan balandligi – burchak chokining tashqi qismiga chizilgan eng katta to'g'ri burchakli uchburchakning gipotenuzasiga payvandlangan detallarning birlashmasidagi eng katta erish nuqtasidan chizilgan perpendikulyar chiziqning uzunligi;
30–rasm. Payvand chokining asosiy geometrik parametrlari
Chok metali tarkibi payvandlash rejimi, qirralarni tayyorlash xususiyatiga va elektrod metalli va payvandlash vannasi metallining gazlar va toshqollar bilan o'zaro ta'sirida chokning tarkibida yuzaga keladigan o'zgarishlar bilan belgilanadigan payvandlangan metalldagi asosiy va eritib qoplangan metallarning nisbati bilan aniqlanadi. 31–rasmda uchma–uch chokining ko`ndalang kesimi umumiy maydoni F bilan ko'rsatilgan bo`lib,
F=Fo +Fe
bu erda Fo – asosiy metallni eritishi natijasida hosil bo'lgan uchma–uch chok kesimi yuzasi;
31–rasm. Asosiy metallning payvandlangan metalldagi ulushlari koeffitsientini aniqlash
Uchma–uch choklari va burchak choklari uchun muhim xususiyat bu payvand chokidagi asosiy metallning ulushi nisbati koeffitsientidir.
Chok metalidagi asosiy metallning ulushi o'zgarganda chokning tarkibi o'zgaradi, demak, uning mexanik, korroziya va yoya xossalari o'zgaradi.
Payvandlash jarayonida detallarning qizdiriladigan va eritiladigan yon yuzalariga payvandlangan qirralar deyiladi. Payvandlangan qirralarning bir tekis eritilishini ta'minlash uchun, asosiy metallning qalinligi va payvandlash usuliga qarab, qirralarni oldindan tayyorlash orqali ularga optimal shakl beriladi. Qirralarni tayyorlash shakli payvandlanadigan metallning qalinligi va payvandlash usuliga bog'liq.
Payvandlanadigan qirralarga ishlov berish avtomatik yoki yarim avtomatik gaz alandasida kesish va qirralarga randalash va frezalash stanolarida mexanik kesish orqali amalga oshiriladi. Payvandlashdan oldin gaz alangasida kesishda, qum toki apparatlarida yoki yoya vositalar yordamida qirralar okalinadan va toshqildan yaxshilab tozalanadi.
Qirralarni payvandlash uchun tayyorlashning geometrik shaklining elementlari quyidagilardir: qirralarning kesish burchagi α; qiyalanish burchagi β; birlashtiriladigan qirralarning orasidagi tirqish b; qirrani to'mtoqligi c (32–rasm); qalinligi farqi mavjud bo'lganda listlarning sirtiga ishlov berish qiyalik burchagi uzunligi L; qirralarning bir–biriga nisbatan siljishi Δ (33–rasm).