Oʻzbekiston respublikаsi oliy taʻlim, fan va innovatsiya vаzirligi


Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik ahamiyati



Yüklə 172,1 Kb.
səhifə12/26
tarix25.09.2023
ölçüsü172,1 Kb.
#129371
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Anatatsiya Nazarova Gulnora Norbekovna

1.3 Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik ahamiyati
Jamiyat bilan shaxsning munosabatini boshqaruvchi, o'zini anglashi uchun, o’ziga xos eng muhim va umumiy xususiyati - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha —actusll - harakat, —activusll - faol so'zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti - harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu - o'sha oddiy qo'limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog'liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg'onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo'lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Psixologiyada shaxs haqida , uning ongi va o'z-o'zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi. Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi -muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Ijtimoiy amaliyotning turli sohalarida ongli ravishda ishtirok etishga intilayotgan o'z hayotini yaratuvchisi sifatida harakat qila oladigan, shaxsning ijtimoiy yo'nalishini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy harakatlarga tayyorgarlik ko'rish, yosh avlodlarni atrofdagi haqiqatni ijodiy o'zgartirishga qaratilgan faoliyatga jalb qilish maqsadida oliy ta’lim muassasalari va boshqa ijtimoiy institutlarning ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan faoliyatini tashkil etishda faollashishi zarurligini tushunishga olib keladigan inson tarbiyasi ustuvor vazifadir [ 62 ].
Psixologik va pedagogik hodisa sifatida talabalarning ijtimoiy faolligini o'rganishga bo'lgan qiziqish, ularning psixofiziologik xususiyatlari, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan harakatlarini o’rganishni talab etadi. Qadriyatlar tizimining harakatchanligi, ijtimoiy makonni kengaytirishga bo'lgan ehtiyojni ilgari surish.Konstruktiv ijtimoiy faoliyatni shakllantirish zamonaviy jamiyat talablariga javob beradigan uyushgan muhitni yaratishni o'z ichiga oladi. Ta'lim muassasalarining devorlarida bunday muhitning paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun boshqa ijtimoiy institutlarni (oilalar, jamoat tashkilotlari) tarbiyalash jarayoniga kiritish kerak, bu esa jamiyat hayotining etarli darajada aks ettirilishini ta'minlaydi. Ta'lim muassasalari bolaning eng yaqin atrof - muhitiga-uning oilasiga ta'lim ta'sirining xususiyatlarini hisobga olmaydi. Shu munosabat bilan oila o'rtasidagi o'zaro munosabatlar tizimi ijtimoiy faolligini shakllantirish omili sifatida ishlab chiqish muammosi o'ta dolzarbdir. Ijtimoiy faollik kishilarning ijtimoiy voqelikning biror bir sohasidagi fikrlari, his-tuyg'ulari va hatti-harakatlarini jamlashga jamiyat hayotiga baho berishga va shu asosda ijtimoiy voqelikning tegishli tomonlarini o'zgartirishga ta'sir ko'rsatadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda «ijtimoiy faollik»-shaxsning har sohadan xabardorlik, komillik darajasini ko'rsatuvchi mezon, deyish mumkin. Ijtimoiy faolikka intilib yashashning o'zi g'oya hisoblanadi. Uning mazmunini esa jamiyat ma'naviy yuksalishini ta'minlaydigan bilim, odob axloq, iste'dod, qobiliyat, ijobiy ko'nikma va malakalar, bular asosida shakllangan dunyoqarashlar majmui tashkil etadi. Yoki aniqroq aytsak, ijtimoiy faollik shaxs ma'naviyatini kamolot sari etaklovchi, barcha ijobiy mazmunga ega sifatlarni o'zida mujassam etgan, ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlashga xizmat qiladigan g'oyalar majmuidan iborat. Bo'lajak o'qituvchi talabaning ijtimoiy faolligi shaxs sifati bo'lib, jamiyat ravnaqi yo'lidagi g'oyaviy, siyosiy, kasbiy-madaniy va fuqarolik mas'uliyatining qonuniy ifodasidir [ 62 ]
Yoshlarning ijtimoiy faolligi jamiyatning boshqa qatlamlari ijtimoiy faolligiday xususiyatlari bilan farqlanadi. Yoshlar ijtimoiy tuzilmalarga kirish, ya'ni ijtimoiylashuv jarayonini boshdan kechiradilar. Ijtimoiy faoliyatning har bir soxasida yoshlarning ijtimoiy faolligi o'ziga xos xususiyatga ega. Shundan kelib chiqib, uni bir necha yo'nalishlarda: iqtisodiy ta'lim, ijtimoiy himoya ma'naviy-axloqiy xayot soxalarida o'rganish lozim..Ijtimoiy faollik deganda kishi qaysi kasbning egasi boʻlishidan, qanday lavozimda ishlashidan qatʼiy nazar, uning jamiyat rivojiga hissa qoʻshishga, zamondan ortda qolmaslikka boʻlgan harakatini tushunish mumkin. Mana shu jarayonda u oʻzini shaxs va fuqaro sifatida namoyon qiladi. Ijtimoiy faollik atamasi ijtimoiy munosabatlarning muayyan tizimida insonlarning intensiv faoliyatini belgilash uchun qanday bo‘lsa, uni amalga oshirishga qobiliyatni belgilash uchun ham shunday ishlatiladi. Shunday qobiliyat bo‘la turib, ijtimoiy faollik murakkab, integral fazilat sifatida mavjud. U qandaydir alohida xususiyatni, balki hayotiy faoliyat xususiyatlarining butun majmuini ifodalaydi. Ijtimoiy faollik murakkab jarayon bo‘lib, insonda birdaniga vujudga kelmaydi. Olib borilgan tadqiqotlar talaba shaxsida ijtimoiy faollik shakllanishi uning ushbu kasbni tanlagan davriga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi [62 ].
Respublikamizda ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ayni paytda ushbu tizimda, mas'uliyatli, irodali, o'z kasbiga sadoqatli, fidoyi kadrlarni yetishtirish vazifasini qo'ymoqda- deb aytib o'tganlar. Hozirgi davrda jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan keskin o'zgarishlar sifat jihatidan yangi va nisbatan murakkab bo'lgan vazifalarni qo'yadi, bunda shaxs intellektining rivojlanish darajasi, uning aqliy imkoniyatlari regulyatori, axloqiy jihatlar alohida ahamiyat kasb etishi haqida o'z tadqiqot ishining nazariyasida keltirib o'tgan [ 62 ].
Talabalik davrining asosiy xususiyatlaridan biri - ijtimoiy yetuklikning jadal sur'atlar bilan ro'yobga chiqishidir. Bunda yetuklik shaxsdan zarur aqliy qobiliyat, hayot va faoliyatda bajariladigan turli rollarni egallashni talab qiladi. Ayniqsa, aqliy yetuklik (kamolot) muhim ahamiyat kasb etadi. Talabaning darslarga o'z vaqtida qatnashishi, berilgan vazifalarni bajarishi intellekt rivoji dinamikasiga negiz bo'la olmaydi, bu esa aqliy taraqqiyotni diagnostika qilish uchun yetarli emasdir.[ 59 ].
Yoshlarning ijtimoiy intellekti tabiatini tadqiq etish, ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish bugungi kun talabi bo'lib, barkamol avlod tarbiyasi, uning intellektual salohiyatini oshirish va kasbiy shakllanishida ijtimoiy intellektni aniqlash usullarini chuqur o'rganish va dinamikasining xususiyatlarini tahlil etish muhimdir. Tadqiqot ishi oldida turgan vazifalarni hal etish maqsadida quyidagi tadqiqot metodlaridan : talabalar kasbiy shakllanishi jarayonida aqliy qobiliyatlari va umumiy intellektual imkoniyatlarini o'rganish maqsadida suhbatlar uyushtirish; talabalarning ta'lim jarayonidagi intellektual salohiyati kuzatish; talabalarning aqliy qobiliyatini aniqlashda Dj.Ravenning «Progressiv matritsalari» testi qo'llanilishi ; talabalarning V faktor bilan bog'liq so'zlar bilan ishlash imkoniyati «Maqollarni ta'birlash» testi, N sonlar bilan ishlay olish faktori «Sonlar qatori» va «Sonlarning mantiqiy qatori», «matematik intellekt» testlari, amaliy va motor faoliyat bilan bog'liq «amaliy intellekt» va fazoviy idrok bilan bog'liq «vizual intellekt» testlaridan foydalanish ko'zda tutilgan. J.Gilford va M.Sallivenaning «Umumiy intellektning diagnostikasi» metodikasidan foydalanish o’rinli. V.V.Boykoning «Empatik qobiliyatlar darajasi diagnostikasi» metodikasidan ham foydalanish mumkin. J.Gilford divergent va konvergent tafakkur turlari negizida ijodiy tafakkur yotishini asoslab bergan. Talabalarning umumiy intellektini tahlil etishda topshiriqlarning tuzilish tamoyillarining xarakterli holatlari muhim deb aytib o'tgan. [ 59 ].
Uzoq muddatli munosabatlarni, shaxslararo muloqotni ijobiyligini yaxshilashda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning psixologik jihatlarini o'rganish lozim.O'zaro munosabatlarning darajasi va xarakterini tushungan holda kelajakda bir-biriga ijobiy ta'sir o'tkazish va munosabatlarni mustahkamlashdan iboratdir. Ijtimoiy intellektning favqulotda yuz beradigan inqirozlar, uzoq cho'ziladigan stresslar, o'z-o'ziga bo'lgan hurmatni tushunib yetishi holatlarida yordam beruvchi mobilizatsion funktsiyasi juda muhim hisoblanadi. Umumiy intellektning tarkibidan farqli ravishda, ijtimoiy intellektning tarkibida o'z-o'zini anglashning shaxsga oid xususiyatlari va xarakteristikalari katta rol o'ynaydi. Bunda o'z-o'zini anglash «mashaqqatli», komplekslar va psixologik himoya to'siqlari bilan to'lib-toshgan bo'lmasligi kerak. Shuning uchun ham avtoritar shaxsda ijtimoiy intellektning yuqori ko'rsatkichlari juda kam uchraydi. Bunday shaxs odamlar bilan muomalaga kirishganda ko'zga tez tashlanmaydigan qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, odamlarni yomon tushunadi, ular bilan chiqishib keta olmaydi, ba'zida esa u odamlardan umuman qo'rqadi. Bunday insonning o'z-o'zini anglashi rivojlanmaganligi sababli komplekslarga to'la bo'ladi. Shaxsiy qiziqishlari kam bo'ladi yoki bo'lmaydi, o'zini anglamagan holda agressivlikka beriluvchan bo'ladi. Ijtimoiy intellekt «inson-inson» tipi sohasidagi kasblarda muhim ahamiyatga ega bo'lib, pedagoglar, psixologlar, psixoterapevtlar, jurnalistlar, menejerlar, huquqshunoslar, shifokorlar, siyosatchilar, tadbirkorlar faoliyatini prognoz qila olish imkoniyatini beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosaga kelish mumkin: yoshlarning ijtimoiy intellekti tabiatini tadqiq etish, ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish bugungi kun talabi bo'lib, barkamol avlod tarbiyasi, uning intellektual salohiyatini oshirish va kasbiy shakllanishida ijtimoiy intellektni aniqlash usullarini chuqur o'rganish va dinamikasining xususiyatlarini tahlil etish muhimdir. Yoshlarning shaxslararo munosabatlarida intellektual qobiliyatlari birligida ijtimoiy muhit, suhbatdoshlarning xatti-harakatlari, shaxsiy fazilatlari, kechinmalarini baholash imkoniyatlari qonuniyat jihatidan mustahkam bog'liqdir. Muloqot ishtirokchisining hissiyoti, fikr va niyatlarini tushunish qobiliyatiga egalik ijtimoiy intellektning o'sishiga ham, murakkab mantiqiy munosabatlarni tushunishga ham ijobiy ta'sir ko'rsatib, tushunchalarning muhim jihatlarini farqlay olishni axborotlarni ko'rish orqali qayta ishlash imkoniyatlarining o'sishiga olib kelib, yoshlarning kasbiy va shaxsiy kamolotida o'z-o'zini namoyon etishida ko'rinadi. Ushbu natijalar dars mashg'ulotlarida innovatsion ta'lim texnologiyalari elementlaridan foydalanilganda, ularga interfaol ta'lim usullarini joriy etish ta'lim jarayonida bilimlarni o'zlashtirishidagi kasbiy shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsata olgan. Innovatsiyalardan foydalanishda o'quv materialining mazmuni o'qituvchi tomonidan qayta ishlab chiqilishi, talabaga murakkab tuyulgan terminlarni izohlab berishi, uning ongida aqliy faoliyatini uyg'otishi hamda kuchaytirishi talab qilinadi. Buning uchun mavzuning mazmuni axborot shaklidagi tushunchalardan muammoli savol, vazifa, topshiriq va vaziyatlarga aylantiriladi. Talaba oldiga muammo qo'yilganda uni hal etish, yechimini topishga xohish tug'iladi. Xuddi shu holatda talabada aqliy faollik namunalari paydo bo'ladi. Uni ro'yobga chiqarishda interfaol metodlar o'zining samarali natijasini beradi. Innovatsion yondashuv jarayonida bilim talabalarning o'z ijtimoiy tartiblari asosida paydo bo'ladi va xulq-atvor shaklining ham o'zgarishiga ta'sir qiladi. Ayniqsa ta'limni muammoli tashkil etish talaba o'quv faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu jarayonni yanada muvaffaqiyatliroq chiqishi uchun psixologik asoslarga e'tiborni qaratish kerak. Innovatsion texnologiyalar asosida ta'lim jarayoni tashkil etilganda bilim egallashning bir qancha bir-biriga bog'liq bo'lgan bosqichlari mavjud bo'lib, tayyor bilimlarni talaba ongiga yetkazish, esga olish, esda saqlash, qayta esga tushirish, so'zlab berish, yozma ifodalash kabi holatlar bilish, tushunish darajalarini ifodalaydi. Bu darajalarda bilim oluvchidan ijodiy yondashuv talab etilmaydi. O'zlashtirishning keyingi darajalarida talabalar olgan bilimlarini amalda tatbiq etishi, ma'lum natijalarni qo'lga kiritishi, to'ldirishi, boyitishi, o'zgartirishi, o'zining mustaqil nuqtai nazariga ega bo'lishi talab etiladi. Bu o'zlashtirish darajalari uchun muammoli yondashuv ahamiyatli hisoblanadi. Oliy o'quv yurtlari innovatsion texnologiyalardan foydalanish borasida katta imkoniyatlarga ega. Darhaqiqat, o'quv mashg'ulotlari uning doimiy ravishda bir xilda takrorlanishi talabalarda loqaydlik, bilim olishga nisbatan mas'uliyatsizlik kayfiyatini hosil qiladi. Ayni vaqtda bunday holatning oldini olishning eng samarali yo'li sifatida ta'lim muassasalari faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni izchil va maqsadga muvofiq ravishda tatbiq etish zarur [ 62 ].
Jamiyatdagi takomillashish jarayonida yoshlar ijtimoiy faolligining oshishi dolzarb masala. Yoshlarning ijtimoiy faollogini oshirishda psixologik yondashuv juda muhim hisoblanadi. Chunki yoshlarni tо‘g‘ri yо‘lga yо‘naltirish lozim. Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti – ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy jihatlarni о‘zida qamrab oladi. Jamiyatda yashovchi yoshlar ana shu sohalarning barchasida ijtimoiy faollik kо‘rsatishi hayotiy zaruriyatdir [ 62 ].
Yoshlarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishda, ularda hayotga, kasbiga nisbatan faol munosabatni shakllantirish, ularning ma’naviy sog‘lom, ruhan tetik rivojlanishi uchun ta’lim jarayonida zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiq. Bu jarayonda esa insonning о‘zligini anglashi muhim sanaladi. Chunki, inson о‘zligini rо‘yobga chiqarishi о‘ziga bog‘liq ekanligini qancha tez tushunib yetsa, u hayotga shunchalik chuqurroq qaraydi, oldiga muhim maqsadlar qо‘yadi. Yoshlarni tarbiyalashda ular ruhiyatiga о‘z-о‘zini anglash tuyg‘ularini singdirish orqali ijtimoiy yetuklikka erishuvini ta’minlash muhimdir [ 62 ].
Jamiyatdagi har bir shaxsning o’ziga xos psixologik holati mavjud. Shaxslarning individual psixologik ko’rinishlari temperamenti, harakteri, qobiliyatlari o’ziga xos rivojlangan bo’ladi. Mana shu shaxsiy xususiyatlariga qarab har bir shaxs ijtimoiy muhitga moslashadi, rivojlanadi, o’z faolligini namoyon qiladi. Ijtimoiy faoliyatning xususiyatlari insonning harakatga ijtimoiy psixologik tayyorgarligi, o'z taqdirini o'zi belgilashi, ijtimoiy o'zaro munosabatlarda ishtirok etishi, jamiyatga moyilligi va boshqalar bilan belgilanadi. Ijtimoiy faoliyat sifatida faqat ilmiy yoki kasbiy faoliyat bilan cheklanib qolmaydi, balki ta'lim muassasalaridan tashqarida ham mavjud bo'lib, ijtimoiy mavqeini, qadriyatlarini va yo'nalishlarini aniqlash uchun tadqiqotlar maqsadiga aylanadi. Talabalarda ijtimoiy faollikni o’rganishda tadqiqotlarda turli fakultetning ijtimoiy faol talabalarining psixologik holatlari taqqoslangan va o’rganilgan. Talabalardan faollikning turli ko’rinishlari bo’yicha sinovlar o’tkazilgan va natijalar tahlil qilingan. Ijtimoiy muhitda faol shaxs har faoliyatda etakchilikka moyil bo'ladi. Ijtimoiy faol talabalar sport bilan shug'ullanadigan, madaniy tadbirlarda, shuningdek, san'at va ixtiyoriy tashkilotlarda ham yetakchilik qilishga harakat qilishadi. Talabalar orasida ijtimoiy faollari ekstravert shaxs, hissiy, ijodiy, etakchilik va kommunikativ fazilatlarga ega, yuqori darajadagi tashkilotchi bo’lishadi. Ijtimoiy faol talabalar yuqori pozitsiya, mustaqillik, o‘z oldiga mas’uliyat bilan yondashadigan, o‘z harakatlarini o‘z taraqqiyotining muhim omili deb bilishadi va shu asosida harakat qilishadi. Ular kelajakda o'z maqsadlariga erishishga, boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlarini nazorat qilishga va bir vaqtning o'zida hamdardlik va hurmat qozonishga munosib shaxs bo’lishga intilishadi. Ularning asosiy qadriyatlari umuminsoniy, shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlardir.


Yüklə 172,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin