Oʻzbekiston respublikаsi oliy taʻlim, fan va innovatsiya vаzirligi



Yüklə 172,1 Kb.
səhifə8/26
tarix25.09.2023
ölçüsü172,1 Kb.
#129371
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Anatatsiya Nazarova Gulnora Norbekovna

Tadqiqotning ob’ekti. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti amaliy psixologiya va matematika mutaxassisligi talabalari jalb qilindi. Respondentlarimizning 48%ini amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalari, 52%ini matematika yo‘nalishi talabalari tashkil qildi.
Tadqiqotning predmeti:
Talabalarda ijtimoiy faollikning psixologik xususiyatlari, ijtimoiy faollikning shakllanishiga ta’sir qiluvchi psixologik omillar.
Tadqiqotning maqsadi:
Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning psixologik jihatlarini o’rganish.
Tadqiqotning vazifalari:
1. Nazariy manbalar asosida tadqiqotimiz mavzusiga oid maʻlumotlar toʻplash;
2.Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning ijtimoiy – psixologik xususiyatlarini oʻrganish;
3. Amaliy tadqiqotlar asosida talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning psixologik jihatlarini oʻrganish;
4.Olingan natijalar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
- tadqiqotda ilk marotaba talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari aniqlangan.
- talabalarda ijtimoiy faollikni paydo qilishning psixologik jihatlari o’rganilishi.
- talaba yoshlarning psixologik xususiyatlari o’rganilishi.
Tadqiqotning ilmiy farazi:
Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishda psixologik holatlar o‘ziga xos o‘ringa va ahamiyatga ega.
Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish kelajakda barkamol avlod shakllanishining poydevori bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili):
Ijtimoiy faollikning rivojlanishi, bosqichlari, omillari va boshqa xususiyatlarini tadqiqotchilar o’rganishgan. Mashhur rus tadqiqotchilari Sitarov va Maralov ( 2015 ) to'rt darajani ajratib ko'rsatishgan: me'yoriy, me'yoriy-shaxsiy, shaxsiy-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish haqida izlanishlar olib borgan. L.I.Bojovich esa, ijtimoiy faollikni rivojlanishida motivni nafaqat tashqi obyektiv omillar, balki tasavvurlar, g‘oyalar, his-tuyg‘ular, bir so‘z bilan aytganda, ichki subyektiv omillar ko‘rinishi deya ta’rif beradi.
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan “Umumiy psixologiya” darsligida: “Faoliyat- kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib turiladigan ichki va tashqi faolligidir” deb aytib o’tganlar. Har bir shaxs jamiyatda bo’layotgan vaziyatlarda ichki-psixik va tashqi-jismoniy faolligini namoyon qiladi [ 12].
M.G.Davletshinning psixologiya qisqacha izohli lug’atida: Faollik-tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak atrofdagi muhit bilan o’zaro ta’sirida namoyon bo’lishi, psixik faollik bu o’zaro ta’sir shu asosda faollik ko’rsatish bilan tavsiflanadi”- deya ta’riflangan.
Q.Turg’unovaning psixologiya izohli lug’atida : Faollik- shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni o’zlashtirishga qaratilgan muhim qobiliyatidir. Faollik ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’lib kishining faoliyati mehnat, o’qish, ijtimoiy hayot, sport, ijod kabilarda yaqqol namoyon bo’ladi” deb ko’rsatilgan.
V.M.Karimovaning “Psixologiya” o’quv qo’llanmasida : Faollik- shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishni tushuntiruvchi kategoriyadir [12 ].
Faoliyat inson ongi vatafakkuri bilan boshqariladigan undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.

Yüklə 172,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin