3.3-jadval
Kolmogorov Smernov mezoni asosida aniqlangan natijalar tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
Kolmogorov Smernov mezoni (D)
|
Ishonch darajasi (p)
|
O‘ziga yo‘nalganlik
|
1,858
|
0,002**
|
Odamlarga yo‘nalganlik
|
1,744
|
0,005**
|
Faoliyatga yo‘nalganlik
|
1,231
|
0,096
|
Muloqotga yo‘nalganlik
|
1,397
|
0,040*
|
Tashkilotchilikka yo‘nalganlik
|
1,449
|
0,038*
|
O‘z-o‘zini baxolash
|
0,874
|
0,430
|
Izoh: * p≤0,05; ** p≤0,01; *** p≤0,001
Kolmogorov Smernov mezoni natijalariga asosan V.Smekal, M.Kucheraning Shaxsiy yo‘nalganlikni aniqlash metodkasi o‘ziga yo‘nalganlik shkalasi (=1,858; p<0,01), odamlarga yo‘nalganlik shkalasi (=1,744; p<0,01), V.V. Sinyavskiy, V.A. Fedoroshinaning Muloqotmandlik va tashkilotchilikka moyillik testi muloqotga yo‘nalganlik shkalasi (=1,397; p<0,05), Tashkilotchilikka yo‘nalganlik shkalasi (=1,449; p<0,05) natijalari normal taksimlanish konuniga mos kelmadi va bu shkalalarni biz noparametrik me’zonlar orqali tahlil qilamiz. Mann Uitni, Vilkokson, Spirman, Krusskal Uollis me’zonidan foydalanishimiz kerak bo‘ladi.
Dembo-Rubinshteynning "O‘z-o‘zini baholash" metodikasi (=0,874; p>0,05), V.Smekal, M.Kucheraning Shaxsiy yo‘nalganlikni aniqlash metodkasi faoliyatga yo‘nalganlik shkalasi (=1,231; p>0,05) normal taksimlanish konuniga mos keladi va biz keyingi ishlarimizda Styudent-t mezoni, Dispersion taxlil mezoni va Pirson mezonlaridan foydalanishimiz mumkin.
Kolmogorov Smernov bo‘yicha tahlil natijalarining ko‘p qismi ya’ni 67%i normal taksimlanish konuniga mos kelmaganligi tufayli biz tadqiqot ishimizda noparametrik mezonlardan ya’ni Mann Uitni, Vilkokson, Spirman, Krusskal Uollis mezonlaridan foydalandik.
Ma’lumotlarimiz normal taqsimlanish qonuniga mos kelmaganligi sababli Mann Uitni me’zonidan foydalangan holda amaliy psixologiya hamda matematika yo‘nalishi talabalarining natijalarini solishtirdik va tahlil qildik (3.4-jadval). Bir qator komponentlarda ishonchli farqlar kuzatildi.
Dostları ilə paylaş: |