Oʻzbekiston respublikаsi oliy taʻlim, fan va innovatsiya vаzirligi


-jadval Sinaluvchilarimizning mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha natijalari tahlili



Yüklə 172,1 Kb.
səhifə21/26
tarix25.09.2023
ölçüsü172,1 Kb.
#129371
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Anatatsiya Nazarova Gulnora Norbekovna

3.4-jadval
Sinaluvchilarimizning mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha natijalari tahlili




Komponentlar

O‘rtacha rank

Ranklar summasi

Z

Ishonch darajasi (P)

amaliy psixologiya
(N-69)

matematika
(N-63)

amaliy psixologiya
(N-69)

matematika
(N-63)

O‘ziga yo‘nalganlik

45,85

89,12

3163,50

5614,50

-6,526

0,000***

Odamlarga yo‘nalganlik

94,84

35,46

6544,00

2234,00

-8,949

0,000***

Muloqotga yo‘nalganlik

79,88

51,84

5512,00

3266,00

-4,213

0,000***

Tashkilotchilikka yo‘nalganlik

89,10

41,75

6148,00

2630,00

-7,114

0,000***

Izoh: * p≤0,05; ** p≤0,01; *** p≤0,001

V.Smekal, M.Kucheraning Shaxsiy yo‘nalganlikni aniqlash metodkasi o‘ziga yo‘nalganlik shkalasi natijalarida ishonchli tafovutlar kuzatildi va amaliy psixologiya yo‘nalishiga nisbatan matematika yo‘nalishi talabalarida o‘ziga yo‘nalganlik yuqori foizlarni namoyon qildi (3.2-rasm). O‘ziga nisbatan shaxsiy yo‘nalganlik yoki orientatsiya o‘z farovonligi uchun motivlarning ustunligi, shaxsiy ustunlik va obro‘ga intilish bilan tavsiflanadi. Bunday insonlar o‘zi, his-tuyg‘ulari, tajribalari bilan band va atrofdagi odamlarning ehtiyojlariga deyarli qiziqmaydi. O‘z manfaatlari, hoxishlarini, extiyojlarini boshqalarnikidan ustun qo‘yadi. Shunday qilib, shaxsiy yo‘nalish o‘z farovonligi motivlarining ustunligi, shaxsiy ustunlik va obro‘ga intilish, o‘zi bilan ovora bo‘lish, his-tuyg‘ular, tajribalar, ish va guruhdoshlarning manfaatlaridan qat’i nazar, o‘z da’volarini qondirish qobiliyati bilan tavsiflanadi. Matematika yo‘nalishi talabalari asabiylashish va raqobatga, tashvishga moyil bo‘lib, bu o‘z navbatida o‘zini namoyon qilish va o‘zini tasdiqlashga intilish vositasi, shuningdek, yetakchilik lavozimlarini egallash istagi sifatida qaralishi mumkin. Ularda ijtimoiy faol talabaga qarama-qarshi ravishda ularning har qanday faoliyati, uning natijasi o‘ziga qaratilgan bo‘ladi. Bunday insonlar introvert bo‘lib, jamiyat hayoti ular uchun kam qiziqarliligi bilan ajralib turadi. Matematika yo‘nalishi talabalarida o‘z-o‘ziga yo‘naltirilganligi ustunligi kuzatildi, ular g‘alaba qozonish, shaxsiy maqsadlarga erishish va shaxsiy vazifalarni maksimal darajada bajarish uchun ichki istaklar yuqoriligi aniqlandi. Bunday holda, ish yoki o‘qish ularning muvaffaqiyat va ustunlikka bo‘lgan da’volarini qondirishga imkon beradi. Agar shaxsning maqsad va vazifalari ushbu shaxs ishlayotgan, o‘qiyotgan tashkilotning (rivojlanish rejalari bilan "o‘zaro bog‘liq" bo‘lsa, u bir muncha vaqt jamoaviy birdamlikka hissa qo‘shishi va umumiy ijobiy natijalarga erishishi mumkin. Ushbu turdagi insonlar ko‘pincha ijtimoiy faollikning past jarajasini namoyon qilishadi va ijtimoiy vazifaga befarq munosabatda bo‘lishlari bilan ajralib turadi, ular ijtimoiy muammolarga emas, balki faqat shaxsiy xususiyatlariga e’tibor berishadi.





3.2-rasm. Shaxsiy yo‘nalganlikni aniqlash metodkasi o‘ziga yo‘nalganlik shkalasidagi farqlar (Mann Uitni me’zoni asosida, n=132)

V.Smekal, M.Kucheraning Shaxsiy yo‘nalganlikni aniqlash metodkasi odamlarga yo‘nalganlik shkalasi natijalarida ishonchli tafovutlar kuzatildi va matematika yo‘nalishiga nisbatan amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalarida odamlarga yo‘nalganlik yuqori foizlarni namoyon qildi


(3.3-rasm). Odamlarga yo‘nalganlik - bu birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishda boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlarga yo‘naltirilganlikdir. Bu odamning barcha harakatlari qandaydir umumiy ishni bajarish jarayonida muloqotga bo‘lgan ichki ehtiyoj bilan belgilanadi. Shunday qilib, har qanday sharoitda ishda yoki o‘qishda hamkasblar bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish istagi hisoblanadi. Amaliy psixologiya talabalarida jamoaviy faoliyatlarni tashkil qilishga intilish, o‘z manfaatlaridan ko‘ra boshqalarning manfaatlarini ustun qo‘yish, atrofdagilarga yordam berish hususiyatlarini namoyon qiladi. Ijtimoiy faollik insonning atrofdagi voqelik bilan o‘zaro ta’sirining ma’lum darajasi sifatida belgilanadi. Shundan kelib chiqqan holda amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalari matematika yo‘nalishi talabalariga nisbatan iltimoiy faolroq ekanini ta’kidlashimiz mumkin.



3.3-rasm. Shaxsiy yo‘nalganlikni aniqlash metodkasi odamlarga yo‘nalganlik shkalasidagi farqlar (Mann Uitni me’zoni asosida, n=132)

V.V. Sinyavskiy, V.A. Fedoroshinaning Muloqotmandlik va tashkilotchilikka moyillik testi muloqotga yo‘nalganlik shkalasi odamda muloqot qilish istagi, uning do‘stlarining ko‘p kamligi, do‘stlar davrasida bo‘lishni yoqtiradimi yoki yolg‘izlikni afzal ko‘radimi, yangi odamlarga, yangi jamoaga tez ko‘nikadimi, do‘stlari va tanishlarining so‘rovlariga qanchalik tez javob beradi, ijtimoiy ishni yoqtiradimi, yig‘ilishlarda gapiradimi, begonalar bilan aloqa o‘rnatishi, tinglovchilar auditoriyasida gapirishi osonmi degan savollarni ochib beradi. Bu shkala natijalari tahlil qilinganda amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalarida matematika yo‘nalishi talabalariga nisbatan kommunikativ qobiliyatlar yuqori natijani ko‘rsatganini guvohi bo‘ldik. Amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalarida odamlar bilan aloqa o‘rnatish qobiliyati, aloqalar sohasini kengaytirish istagi, ommaviy tadbirlarda ishtirok etish, odamlarga ta’sir o‘tkazish qobiliyati, tashabbus ko‘rsatish istagi yaxshi rivojlangani kuzatdik. Ular odamlarni tinglash va tushunish, ularga ta’sir qilish, ular bilan yaxshi shaxsiy va ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Ular yangi muhitga tez moslashadilar, o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydilar, tezda do‘stlar topadilar, doimo tanishlar doirasini kengaytirishga, ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanishga, yaqinlariga yordam berishga intilishadi. Ular muloqotda tashabbus ko‘rsatadilar, ijtimoiy tadbirlarni zavq bilan tashkil etishadi, qiyin vaziyatda mustaqil qaror qabul qila oladilar. Ular bularning barchasini majburan emas, balki qiziqishlariga ko‘ra qilishadi. Amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalarida osongina do‘stlar topish, doimiy ravishda tanishlari doirasini kengaytirishga harakat qilish, ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanish, qarindoshlariga, do‘stlariga yordam berish, muloqotda tashabbus ko‘rsatish, ijtimoiy tadbirlarni zavq bilan tashkil etish, ishtirok etish, qiyin vaziyatda mustaqil qaror qabul qilish kabi ijtimoiy faollikning ba’zi tarkibiy qismlari namoyon bo‘ladi. Amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalari mutaxassisliklaridan kelib chiqib, ularda faoliyat muloqot, shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq. Bo‘lajak psixologlar psixologik faoliyatda treninglar tashkil qilish, guruhni boshqarish, ma’ruza qilish, seminar-treninglar, psixologik tadbirlar, psixologik o‘yinlarni boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari muhim ahamiyat kasb etadi va o‘z navbatida psixolog shaxsi ijtimoiy faollikni o‘zida namoyon qilishi bilan kasbiy rivojlanishga, o‘sishga erishadi.





3.4-rasm. Muloqotmandlik va tashkilotchilikka moyillik testi muloqotga yo‘nalganlik
shkalasidagi farqlar (Mann Uitni me’zoni asosida, n=132)

Rivojlangan tashkiliy va kommunikativ fazilatlar odamlar bilan shaxslararo munosabatlarni malakali ravishda o‘rnatishga, birgalikdagi faoliyatda samarali ta’sir o‘tkazishga imkon beradi. Muloqotmandlik va tashkilotchilikka moyillik testi tashkilotchilikka yo‘nalganlik shkalasi qiyin vaziyatlarda orientatsiya tezligini, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, talabchanlik, mustaqillik, rejalashtirish, tartibga solish qobiliyatini aniqlashga imkon beradi. Bu shkala natijalari tahlil qilinganda amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalarida matematika yo‘nalishi talabalariga nisbatan tashkilotchilik qobiliyatlar yuqori natijani ko‘rsatganini guvohi bo‘ldik (3.5-rasm). Tashkiliy ko‘nikmalar-bu guruh oldiga vazifani to‘g‘ri belgilash, uning bajarilishini nazorat qilish, vazifalarni taqsimlash va eng muhimi, qiyin ekstremal vaziyatda o‘z vaqtida harakat qilish qobiliyati.





3.5-rasm. Muloqotmandlik va tashkilotchilikka moyillik testi tashkilotchilikka
yo‘nalganlik shkalasidagi farqlar (Mann Uitni me’zoni asosida, n=132)

Tashkilotchilik qobiliyatlari insonning ijtimoiy xususiyatlarini, uning ijtimoiy faolligini namoyon etish shakllaridan biridir. Amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalarida guruhdagilar o‘rtasida ish va rollarni malakali taqsimlash, barcha bilan muloqot qilish qobiliyati, ishontira olish, boshqarish, o‘z-o‘ziga ishonch, hazilni tushunish xususiyatlari yuqoriligini kuzatdik. Tashkiliy ko‘nikmalar, birinchidan, talabalar jamoasini shakllantirish, uni birlashtirish, muhim vazifalarni hal qilishga ilhomlantirish, ikkinchidan, o‘z ishini to‘g‘ri tashkil etish qobiliyatida namoyon qiladi.





Yüklə 172,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin