3.2 Ijtimoiy faollikni rivojlantirishda ijtimoiy-psixologik trening samaradorligi asoslari Ushbu dissertatsiya tadqiqotining maqsad va vazifalariga muvofiq ijtimoiy-psixologik trening tayyorlandi (-ilova).
Mashg‘ulotlar davomida guruh muhokamasi, rolli o‘yinlar, psixotexnik mashqlar va boshqalardan faol foydalanildi. Trening ishi quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
- maxfiylik;
- samimiylik;
- emotsional ochiqlik;
- o‘zaro hurmat;
- yagona mikrofon.
Ijtimoiy-psixologik treningni boshlashdan oldin guruh ishining quyidagi umumlashtirilgan tamoyillari va qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi:
- mustaqillik va anglanganlik, ya’ni ishtirokchilar ijtimoiy-psixologik treningda ishtirok etish haqida mustaqil va ongli ravishda qaror qabul qilishlari kerak;
- shu yerda va hozir, ya’ni ishtirokchilar vaziyatlarni muhokama qiladilar, ijtimoiy-psixologik trening vaqtida bo‘lgan vaqt haqida o‘z fikrlarini va his-tuyg‘ularini bildiradilar;
-ochiqlik, ya’ni ishtirokchilarni ijtimoiy-psixologik trening davomida bayonotlar va his-tuyg‘ularning samimiyligiga yo‘naltirish;
-har bir ishtirokchi faqat o‘z nomidan gapiradi, o‘z tajribasidan misollar keltiradi;
- to‘xtash qoidasi, ya’ni ishtirokchilar juda yoqimsiz his-tuyg‘ularga sabab bo‘lsa, tegishli mashqni bajarishdan bosh tortish huquqiga ega.
- maxfiylik, ya’ni ishtirokchilar o‘quv guruhidan tashqarida boshqalar haqida shaxsiy ma’lumotlarni chiqarmaydilar;
-trening ishlari qoidalari birinchi mashg‘ulotda ishtirokchilar bilan muhokama qilinadi va zarur hollarda boshlovchi ish jarayonida ularga qaytadi.
Tayyorlangan ijtimoiy-psixologik treningning samaradorligini baholash uchun empirik tadqiqot tashkil etildi va o‘tkazildi. Sinaluvchilarimizdan 43 nafarini tajriba guruhi sifatida tanlab oldik, undan 18 nafari amaliy psixologiya yo‘nalishi, 25 nafari matematika yo‘nalishi talabalridir. Empirik tadqiqot natijalarini Uilkokson mezoni asosida tahlil qildik hamda bir qancha shkalalarda tafovutlarni kuzatdik (3.5-rasm).