Bob bo’yicha xulosa Bugungi kunda davlatimizda talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yaratilgan imkoniyatlardan to’g’ri, o’z o’rnida foydalanish jamiyatimiz rivojiga xissa qo’shish hisoblanadi. Oliy ta’lim talabalarida ijtimoiy faollikni rivojlantirish juda muhim vazifa. Bu vazifa amalga oshirilishi jamiyat uchun ham talabalar uchun ham foydali. Negaki ijtimoiy faol talabalar kelajakda o’zlari tanlagan mutaxassislik bo’yicha ham juda ko’p yutuqlarga erishishi uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Ijtimoiy faollikning psixologik jihatlari haqida gap borar ekan, har bir talabaning ijtimoiy faolligi o’ziga, psixologik holatiga bog’liqligini ko’rishimiz mumkin. Oliy ta’lim pedagoglarining ham bu borada yordamlari muhim ya’ni talabani o’qishga va boshqa ijtimoiy faoliyatiga sabab bo’luvchi motivlar,motivatsiyalar bera olishi lozim.
Ijtimoiy faollik sifatlarining asosiy elementlarini o'ziga singdirib olgan har bir talaba yoshlar, bo'lajak mutaxassis sifatida hayot qonuniga mas'uliyat bilan yondashib, ijtimoiy-iqtisodiy voqelikni aniq idrok etishga, o'zi va kasbdoshlarining sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishga, ezgu maqsad yo'lidagi to'siqlarning hech biridan cho'chimay engib o'tishga tayyor bo'ladi.
Demak, yoshlarda aynan ijtimoiy faollikga kirishish uchun lozim bo‘lgan motivlar, motivatsiyalar ulardan amaliy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalari takomillashtirilishi muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda o‘qitiladigan fanlarda ijtimoiy faollikni shakllantirish metodlari (suhbat, bahs-munozara, muammoli ta’lim)dan unumli foydalanish maqsadga muvofiq.
Xulosa o‘rnida shuni takitlash kerakki jamiyatda ijtimoiy faollik kerak. Barcha ta'lim tizimida yoshlarning ijodiy iste'dodlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratish lozim. Ijtimoiy faollikni rivojlantirish orqali yuksak ma'naviyatli yetakchi yoshlarni tarbiyalash, ularni mamlakatimiz taraqqiyoti va uning istiqboli uchun yo‘naltirish talab etiladi. Bunda quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
- talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rganish;
- davlatimiz tomonidan talaba yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan to’g’ri foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish va faollikni rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlarni tizimli tahlil qilish;
- talabalarda ijtimoiy faolligini shakllantirishga ta'sir etuvchi turli ehtiyoj va omillarni o‘rganish;