III.AMALIYOTCHI-TALABANING MALAKAVIY PEDAGOGIK AMALIYOTNI O‘TASH BO‘YICHA HUQUQ VA MAJBURIYATLARI Amaliyotchi-talaba huquqlari:
Malakaviy pedagogik amaliyotni o‘tash joyi, reja-jadvali, dasturi va tartibi bilan oldindan tanishishi;
Malakaviy pedagogik amaliyotni o‘tkazish bo‘yicha o‘z fikr- mulohazalarini bildirishi;
Malakaviy pedagogik amaliyotni o‘tash yuzasidan zarur ma'lumotlar, yo‘riqnomalar olishi;
Malakaviy pedagogik amaliyot bo‘yicha uslubiy materiallar bilan tanishish hamda pedagogik amaliyoti rahbarlaridan yo‘l-yo‘riqlar olish huquqlariga ega.
Amaliyotchi-talaba majburiyatlari:
Malakaviy pedagogik amaliyot reja-jadvali va dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to‘liq hajmda va sifatli bajarish;
Amaliyot davrida “Amaliyotchi portfoliosi”ni o‘rnatilgan tartibda yuritishi va tegishli ma'lumotlar kiritib borishi;
OTM va qabul qiluvchi tashkilot rahbarining (mas'ul qilib tayinlangan amaliyot rahbarlarining) dasturda ko‘zda tutilgan ishlarga oid barcha topshiriqlarini bajarishi;
Qabul qiluvchi tashkilot xodimlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatlari yuklatiladi.
Amaliyotchi-talaba malakaviy pedagogik amaliyotni o‘tagandan so‘ng qabul qiluvchi tashkilot rahbari ishtirokida malakaviy pedagogik amaliyoti bo‘yicha hisobotini belgilangan muddatda himoya qiladi va o‘rnatilgan tartibda baholanadi
IV. PEDAGOGIK AMALIYOTGA QATNASHAYOTGAN IV – KURS TALABALARINING HAFTALIK VAZIFALARI 1 – hafta.
Fakul’tetdagi va maktabdagi pedagogik amaliyotga bag’ishlangan konferensiyalarda ishtirok etish. Biriktirilgan maktablarda bajariladigan ishlar haqida metodistlardan topshiriqlar olish.
Maktab jamoasi bilan yaqindan tanishish. Biriktirilgan sinf o‘quvchilari, sinf rahbari, fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib borish rejalarini tuzish.
Tarbiyaviy va taqvim ishlar rejalarini tuzish.
Pedagogik kundalik tuzish.
Hafta mobaynida 6 soat dars kuzatish va tashkil etish.