O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VАZIRLIGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
O‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ro‘yxatga olindi
№ ______________________
2023-yil "___"________
|
«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
________R.Abduraxmanov
2023-yil "___"________
|
4-KURS TALABALARINING MALAKAVIY PEDAGOGIK AMALIYOTINI
TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH BO‘YICHA
D A S T U R
J I Z Z A X - 2023
Ushbu 4- kurs talabalarining malakaviy pedagogik maliyotini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha dastur 60540200 – Amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi 4-kurs bitiruvchi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar:
S.F.Sharipova – O‘zMU JF, “Amaliy matematika” kafedrasi katta o‘qituvchisi
S.Abduhakimov - O‘zMU JF, “Amaliy matematika” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchi: ‘
A.Berdiyorov – JizPI Oliy matematika kafedrasi dotsenti fizika-matematika fanlar nomzodi.
Malakaviy pedagogik amaliyot dasturi “Amaliy matematika” kafedrasining 2023-yil “___” ____________dagi ___ -sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet uslubiy Kengashiga muhokama qilish uchun tavsiya etilgan..
Amaliy matematika
kafedrasi mudiri: X.F.Sharipov
Malakaviy pedagogik amaliyot dasturi “Amaliy matematika” fakulteti uslubiy Kengashida muhokama etilgan va filial ilmiy-uslubiy Kengashga muhokama uchun tavsiya qilingan. (2023 - yil “___” ____dagi ___ - sonli bayonnoma).
Fakultet dekani: S.X.Aliboyev
Malakaviy pedagogik amaliyot dasturi filial ilmiy-uslubiy Kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2023 - yil “___” ____dagi ___ - sonli bayonnoma).
O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i: A.H.Ko‘chimov
PEDAGOGIK AMALIYOTNING VAZIFALARI.
Talabalarning filialda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, mustahkamlash va bu bilimlarni o‘quvchilar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlar amaliyotiga tadbiq etishni o‘rgatish.
Talabalarni bolalar va o‘smirlar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni kuzatish va analiz qilishni o‘rganish bilan qurollantirish.
Psixologiya, pedagogika hamda matematika, informatika fanlari bo‘yicha olgan bilimlarga tayangan holda talabalarni bolalarning yoshiga qarab va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv-tarbiya ishlarini olib borishga o‘rgatish.
O‘quvchilarni bilim faoliyatini aktivlashtirishga yordam beruvchi metodlardan foydalangan holda talabalarni turli dars o‘tkazishga tayyorlash.
Talabalarni sinf rahbarlari vazifasini bajarishga, o‘quvchilar jamoasi, hamda o‘quvchilar bilan individual tarbiyaviy ishlarni olib borishga o‘rgatish.
Talabalarni pedagoglik kasbiga bo‘lgan muhabbatini rivojlantirish va mustahkamlash, tarbiya va maorif masalalarini ijobiy hal qilish uchun o‘z pedagogik qobiliyatini takomillashtirishni hamda maxsus va pedagogik fanlarga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish.
O‘quvchilar sog‘ligini diqqat bilan muhofaza qilish bo‘yicha talabalarda ko‘nikma shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: |