§2.1. Muruntov karyeri sanoat zonasi hududidagi geodezik tarmoqni optimal loyihalashning metodikasini ishlab chiqish 1. Muruntov sanoat zonasi atrofidagi geodezik tarmoqni loyihalash. Odatda, Muruntov karyeri hududida geodezik syomka asosi (GSA) koʻp bosqichli versiyada yaratiladi (14-15-ilovalar). U quyidagi turdagi geodezik inshootlardan iboratdir [9, 10, 34, 43, 44]:
1. Geodezik tayanch tarmoqlari (GTT).
2. Geodezik zichlashtirish tarmoqlar (GZT).
3. Geodezik syomka tarmogʻi (GST).
Geodezik syomka tarmogʻining tuzilishi Muruntov karyeri hududiy zona maydoniga bogʻliq. Ushbu bogʻliqlik 2.1.1-jadvalda keltirilgan.
2.1.1-jadval
Geodezik tayanch tarmogʻi tuzilishining Mruntov karyeri sanoat zonasining hududiy maydoniga bogʻliqligi [17, 38, 39, 43, 55, 56, 57]
Hududiy zona maydoni (km2)
Planli geodezik tayanch tarmogʻi
GTT (sinflari)
GZT (sinf va razryadlari)
GSAT
200
50–200
10–50
1,2,3,4
3,4
4
4,1,2
4,1,2
4,1,2
T.y.
T.y.
T.y.
5–10
2,5–5
1–2,5
–
–
–
4,1,2
1,2
2
T.y.
T.y.
T.y.
1
–
–
T.y.
Koordinatalarni Pulkovodagi boshlangʻich punktidan maʼlum bir hududiy zonaga oʻtkazishdagi xatolarning taʼsirini bartaraf etish uchun (bunday xatolar DGT uchun xarakterli va juda muhimdir), GTTning birinchi bosqichi faqat bitta boshlangʻich punkti va tarmoqni oʻq meridianiga nisbatan yoʻnaltirish uchun ikkita boshlangʻich direksion burchaklari bilan yaratiladi. Bunda geodezik tarmoqlarning yuqoridagi tasnifi Muruntov marksheyderlik geodezik tayanch tarmogʻi (MGT) uchun amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga javob beradi [90].
1.1. Geodezik tarmoqni qurishning klassik (anʼanaviy) va zamonaviy GNSS usullarilaridan foydalash. Geodezik tayanch tarmoqlari (GTT). Tanlangan koordinatalar tizimida geodezik punktlarni yerga oʻrnatish, Muruntov karyeri hududiy zonasidagi yer qobigʻining mahalliy harakatlarini aniqlash va ilmiy muammolarni hal qilish maqsadida joyda geodezik tayanch tarmoqlari (GTT) yaratiladi. Normativ-huquqiy hujjatlar va yoʻriqnomalarga muvofiq, GTT punktlarining zichligi 4 km2 ga 1 ta punkt oʻrnatilishi kerak. Muruntov karyeri sanoat zonasi hududining maydoniga qarab, GTT bir, ikki yoki uch bosqichdan iborat boʻladi. Ushbu bogʻliqlik 2.1.3-jadvalda keltirilgan.
2.1.2 jadval
Muruntov karyeri sanoat zonasining hududiy maydoniga qarab GTT tuzilishi
Muruntov karyeri sanoat zonasi hududida geodezik asos, mahalliy koordinatalar tizimida yaratiladi. Shuning uchun GTT ning birinchi bosqichi, Muruntov karyeri hududida joylashgan bitta boshlangʻich punktga va boshlangʻich direksion burchaklari boʻlgan bir nechta tomonlarga ega boʻlgan geodezik asos boʻlishi kerak (5-Ilova). Bunday qurilish sxemasi marksheyderlik geodezik asosi uchun boshlangʻich sifatida davlat geodezik tarmogʻi qabul qilinsa va tayanch punktlariga bogʻlanganda maʼlumotlardagi yuzaga keladigan dastlabki xatolarning taʼsirini bartaraf etishga imkon beradi. Muruntov marksheyderlik geodezik asosini boshlangʻich direksion burchaklari va tarmoqning istalgan tomoni bilan tomonlar oʻrtasidagi qoʻshni burchaklarni oʻlchash kerak.
DGT qurilishi koʻp bosqichli jarayon boʻlib, (2.1.1-jadval va 14-15-ilovalar), keyingi bosqichlar DGTning yuqori bosqichiga qoʻshimchalar sifatida ishlab chiqilgan. Bunday tarmoqlarga misol qilib, 2-sinfning dastlabki triangulyatsiya tarmogʻiga kiritilgan 3-sinfdagi triangulyatsiya tarmogʻi hisoblanadi (12-ilova).
Normativ huquqiy hujjatlarga muvofiq [89], geodezik oʻlchashlarni bajarish uchun anʼanaviy yer usti vositalaridan foydalanishda yerda loyihalanadigan va yaratiladigan GTTning barcha bosqichlari 16-ilovada berilgan talablarga boʻysunadi.
16-ilovadan quyidagi belgilar qabul qilindi:
– loyihalashtirilgan geodezik tarmoq punktlarida burchak oʼlchashning OʻKX;
– uchburchakda ruxsat etilgan chekli xatolik;
– tomon uzunligini oʼlchashdagi nisbiy OʻKX;
–oʼlchashda eng zaif tomonni aniqlashning nisbiy OʻKX;
– uchburchakdagi bogʻlovchi burchakning minimal qiymati (eʼtibor bering, ushbu meʼyoriy qiymat uchburchak hosil qilmaydigan, faqat geodezik toʻrlarni yoʻnaltirish uchun ishlatiladigan orientirlash burchaklarning qiymatlariga taalluqli emas).
2. GNSS texnologiyalaridan foydalangan holda geodezik tayanch tarmoqlarini loyihalashga qoʼyilgan talablar. Geodezik tarmoqlarini loyihalash va qurishda GNSS-texnologiyalaridan foydalanish orqali yangi imkoniyatlar ochiladi. Bu usul yerdagi GNSS qabul qiluvchilardan orbitalari yuqori aniqlikda maʼlum boʻlgan, sunʼiy yoʻldoshlargacha boʻlgan psevdo diapazon masofalarini oʻlchashga asoslangan [11, 12, 13, 100].
Geodezik zichlashtirish tarmogʻini loyihalashda karyer joylashgan hudud maydonining kattaligiga qarab GNSS oʻlchashlari boʻyicha umumiy dastur (strategiya) tuzish kerak (12-13-ilovalar). Agar biz foydali qazilmalarni qidirish yoki yirik sanoat inshootlari qurilayotgan hududdan foydalansak, geodezik tarmoqni zichlashtirish alohida ahamiyatga ega boʻladi va loyihalanayotgan yuqori aniqlikdagi geodezik tarmogʻini batafsil tahlil qilishni talab qiladi.
GNSS oʻlchashlarining aniqligi odatdagi kuzatish sharoitida taʼminlanadi, ular quyidagi talablarga javob berishi kerak [11, 25, 32, 34, 35, 36, 37, 39]:
1) kuzatilgan sunʼiy yoʻldoshlarning minimal soni 4-5 tadan kam boʻlmasligi kerak.
2) DOP (Dilution Of Precision — DOP) qiymati butun oʻlchash davomida 4 dan oshmasligi kerak.
3) Oʻlchash davomida sunʼiy yoʻldosh signallarini qabul qilishda tiklanmaydigan muvaffaqiyatsizliklar (oʻtkazib yuborilgan sikllar — Cycle Slip) chiqarib tashlanadi.
4) Kosmik ufqdan kuzatilgan sunʼiy yoʻldoshlarning minimal koʻtarilish burchagi 150 dan kam boʻlmasligi kerak.
5) Signalni qabul qilishga xalaqit beradigan yoki signalni buzadigan koʻp tarmoqli shovqinlarning yoʻqligiga eʼtibor berish kerak.
6) Oddiy atmosfera taʼsiri eʼtiborga olinishi.
Oʻlchash seansida bir vaqtning oʻzida kuzatiladigan sunʼiy yoʻldoshlarning koʻproq sonidan foydalanish oʻlchashlar hajmini oshiradi, bu aniqlanadigan vektorlarning ishonchliligi va ishonchsizligini aniqlashga imkon beradi.
DOP qiymati sunʼiy yoʻldoshlarning nisbiy geometrik joylashuvini va oʻlchash vaqtida antennaning joylashishini hisobga olinadi. Pastroq qiymat yaxshi geometriyani va shuning uchun yaxshi oʻlchash sharoitlarini koʻrsatadi.
Sikl yetishmovchiligi — vaqtinchalik sunʼiy yoʻldoshni yoʻqotish bilan tashuvchi chastotasi fazasining toʻlqin uzunliklarini oʻlchashdagi yoʻqotishdir. GNSS oʻlchashlarini qayta ishlash vazifasi boʻshliqlarni aniqlash va ularni tuzatish bilan bogʻliq. Tuzatilmagan boʻshliqlarning koʻpchiligi vektorlarni notoʻgʻri aniqlashga yoki xatolikni oshib ketishiga olib keladi.
150 dan pastroq balandliklarda joylashgan sunʼiy yoʻldoshlarning signallari troposfera taʼsirida buziladi [11, 50].
Koʻp tarmoqli faza va kodli oʻlchashlariga taʼsir qiladi va vektorni aniqlashning aniqligini pasaytiradi.
Geodezik punktni qurish sxemasini tanlash, usullarning mavjudligi va aniq bajarilishi qabul qiluvchining turi va dizayniga, shuningdek oʻlchashlarni qayta ishlash uchun mavjud dasturga bogʻliq.
Mavjud bazaviy tayanch referens geodezik punktlarni (RGP) yuqori aniqlikdagi 1 va 2 sinf nivelirlash orqali tayanch balandlik tarmogʻi punktlariga bogʻlanadi.
Bir tarmoq ichida RGPga nisbatan sunʼiy yoʻldosh geodezik tarmogʻi (SYGT) ning punktlarini aniqlashda standart ogʻish qiymatlari quyidagi talabdan oshmasligi kerak:
Seysmik faolligi 6 ball yoki undan ortiq boʻlgan hududlar uchun [32, 34, 35, 36, 37, 39]:
planli koordinatalari boʻyicha – 2 sm;
balandlik koordinata boʻyicha – 3 sm.
hududning qolgan qismi uchun
planli koordinatalari boʻyicha – 3 sm;
balandlik koordinata boʻyicha – 5 sm.
SYGT ning bogʻlangan punktlarining oʻzaro joylashish holatining OʻKX quyidagicha boʻlishi kerak:
Seysmik faolligi 6 ball yoki undan ortiq boʻlgan hududlar uchun:
planli koordinatalari boʻyicha – ;
balandlik koordinata boʼyicha – .
hududning qolgan qismi uchun
planli koordinatalar boʼyicha – ;
balandlik koordinata boʻyicha – .
SYGT mavjud astronomik geodezik tarmogʻi (AGT) va 1, 2 sinf davlat nivelirlash tarmogʻi bilan ishonchli bogʻlanishi kerak.
Mavjud AGT bilan bogʻlanishni taʼminlash uchun SYGT ning baʼzi punktlari AGT punktlarining eng yaqinlari bilan har bir planli koordinata uchun 2 sm dan oshmagan standart ogʻish bilan bogʻlanadi. AGT punktlari orasidagi masofa, SYGT punktlari bilan bogʻlanishi va ularning orasi 50 km dan oshmasligi kerak [32, 34, 35, 36, 37, 39, 90, 91].