CHiziq uzunligi, m
|
Aniqlangan GNSS vektori uzunligining OʻKX, m
|
1 s
|
2 s
|
3 s
|
4 s
|
5 s
|
6 s
|
7 s
|
8 s
|
9 s
|
10 s
|
11 s
|
12 s
|
BV6
|
12050,19
|
0,025
|
0,017
|
0,011
|
0,010
|
0,008
|
0,007
|
0,008
|
0,006
|
0,008
|
0,008
|
0,006
|
0,007
|
BV3
|
18146,37
|
0,024
|
0,018
|
0,010
|
0,010
|
0,008
|
0,007
|
0,006
|
0,006
|
0,009
|
0,008
|
0,008
|
0,007
|
BV2
|
19312,19
|
0,037
|
0,023
|
0,013
|
0,013
|
0,010
|
0,009
|
0,008
|
0,008
|
0,011
|
0,010
|
0,010
|
0,009
|
BV1
|
12585,03
|
0,056
|
0,035
|
0,015
|
0,012
|
0,012
|
0,012
|
0,008
|
0,008
|
0,010
|
0,007
|
0,006
|
0,006
|
BV5
|
11577,49
|
0,048
|
0,038
|
0,014
|
0,013
|
0,013
|
0,013
|
0,009
|
0,009
|
0,011
|
0,006
|
0,005
|
0,006
|
BV4
|
18726,5
|
0,053
|
0,047
|
0,016
|
0,015
|
0,015
|
0,014
|
0,010
|
0,010
|
0,012
|
0,009
|
0,007
|
0,007
|
2.3.4 – jadval.
Kuzatishlarning turli vaqt oraligʻida va ikkita tayanch punktdan foydalanganda GNSS vektori chiziqlarni aniqlashning oʻrtacha kvadratik xatosi
№
|
CHiziq uzunligi, m
|
Aniqlangan GNSS vektori uzunligining OʻKX, m
|
1 c
|
2 s
|
3 s
|
4 s
|
5 s
|
6 s
|
7 s
|
8 s
|
9 s
|
10 s
|
11 s
|
12 s
|
BV6
|
12050,19
|
0,015
|
0,009
|
0,009
|
0,008
|
0,007
|
0,006
|
0,004
|
0,004
|
0,004
|
0,004
|
0,004
|
0,003
|
BV3
|
18146,37
|
0,018
|
0,008
|
0,009
|
0,008
|
0,007
|
0,006
|
0,004
|
0,003
|
0,005
|
0,006
|
0,003
|
0,003
|
BV2
|
19312,19
|
0,024
|
0,011
|
0,008
|
0,009
|
0,007
|
0,004
|
0,004
|
0,003
|
0,007
|
0,005
|
0,004
|
0,003
|
BV1
|
12585,03
|
0,027
|
0,013
|
0,011
|
0,007
|
0,008
|
0,007
|
0,004
|
0,004
|
0,006
|
0,004
|
0,004
|
0,003
|
BV5
|
11577,49
|
0,029
|
0,013
|
0,011
|
0,011
|
0,012
|
0,012
|
0,008
|
0,007
|
0,008
|
0,007
|
0,004
|
0,003
|
BV4
|
18726,5
|
0,036
|
0,015
|
0,015
|
0,013
|
0,014
|
0,014
|
0,009
|
0,008
|
0,010
|
0,008
|
0,005
|
0,004
|
a)
|
|
b)
|
|
2.3.7. – rasm. GNSS vektori uzunligini aniqlashning OʻKX ni ikkita tayanch punkt yordamida kuzatuvlar davomiyligiga bogʻliqligi grafigi
|
Tadqiqot natijalaridan koʻrinib turibdiki, aniqlik har bir qoʻshimcha kuzatuv soati bilan barqaror ravishda oshib boradi. Kerakli aniqlikni 15 mm ga etkazish uchun bitta tayanch punktdan 3 soat va ikki tayanch stansiyadan foydalanib esa 2 soat kuzatish kerak boʻldi. Bu shuni anglatadiki, 2 soatlik statika rejimi bilan kuzatuvlardan soʻng, nazorat punktlarida qoʻshimcha kuzatishlar oʻtkazish shart emas.
Muruntov karyeri sanoat zonasi hududida joylashgan 4-sinf kanavniy davlat geodezik tarmogʻi punktida GNSS yordamida olingan oʻlchashlarda PDOP qiymati 7,303 ekanligini koʻrishimiz mumkin (24-ilova). Ushbu punkt yaqinida katta kuchlanishli elektr tarmogʻi (metall stolba 35 kV.) oʻtganligi sababli sunʼiy yoʻldoshdan qabul qilgichga kelayotgan radio toʻlqinning sinishi sabab boʻlishini koʻrishimiz mumkin. Buni quyidagicha modellashtirishimiz mumkin (2.3.11-rasm).
a)
|
|
b)
|
|
2.3.11-Rasm. Muruntov karyeri sanoat zonasi hududida joylashgan davlat geodezik tarmogʼining 4-sinf punktida (Kanavniy) GNSS oʼlchashlarga koʼptarmoqli radiotoʼlqin taʼsirini modellashtirish.
|
Bundan xulosa qilish mumkinki sunʼiy yoʻldosh geodezik tarmoqni quyishda bu punktdan foydalanish mumkin emas. Lekin klassik geodezik tarmoqda ushbu punktdan foydalanish mumkin.
Ushbu tadqiqotlar GLONASS va GPS sunʼiy yoʻldosh tizimlaridan foydalangan holda davlat geodezik tarmoqlarini yaratish va rekonstruksiya qilish boʻyicha yoʻriqnomada keltirilgan talablarga mos keladi. Ushbu hujjatga muvofiq, davlat geodezik tarmogʻining boshlangʻich punktlarining nisbiy holatini yuqori aniqlikda aniqlash va maxalliy va davlat referents geodezik koordinatalari tizimlari oʻrtasida ishonchli aloqa uchun sunʼiy yoʻldosh geodezik tarmogʻining punktlarida sunʼiy yoʻldosh kuzatuvlari oʻtkaziladi. Sunʼiy yoʻldosh geodezik tarmogʻining punktlarida GNSS ning tarmoqli usuli (12-ilova) bilan, statika rejimdan (11-ilova) foydalangan holda, karyer atrofidagi geodezik tarmogʻining barcha nuqtalarida oʻlchashlarni amalga oshiriladi. Sunʼiy yoʻldoshni kuzatish dasturi (13-ilova 1-2-jadvallar) har biri kamida 3 soat boʻlgan ikki martalik, vaqtni kuzatish seanslaridan iborat boʻlishi kerak. Kuzatuvlarda qabul qiluvchilar va antennalarning eng kichik xilma-xilligi bilan imkon qadar koʻproq qabul qiluvchilardan foydalanish tavsiya etiladi.
Bir santimetrgacha aniqlikka erishish uchun, masalan, ikkita tayanch punkti va bitta mobil (rover) yordamida kombinatsion (birlashtirilgan) oʻlchash usulidan foydalanish mumkinligi haqidagi masalani hal qilishga qaratilgan tadqiqotlar oʻtkazildi. Bundan kelib chiqadiki, oʻlchash usullarining turli xil kombinatsiyasi maʼlum bir isteʼmolchi uchun eng mos boʻlgan texnologik oʻlchash (kuzatish) sxemalarini ishlab chiqishga imkon beradi. Foydalanuvchilar uchun mavjud boʻlgan uskunalarni yanada moslashuvchan ravishda oʻzgartirish imkoniyati mavjud. Bu esa ushbu masalaning yechimi ilmiy va amaliy jihatlaridan muhimdir. Bunday holda, tayanch punktlar va albatta, geodezik asbob-uskunalardan (sunʼiy yoʻldosh qabul qiluvchilaridan) minimal foydalanish bilan kerakli oʻlchash aniqligiga erishish imkoniyatlari mavjud.
§2.4. Muruntov karyeri sanoat zonasi hududida joylashgan geodezik tarmoq loyihalarini optimal variantini tanlash Agar geodezik oʻlchashlarda qoniqarsiz natijalarga erishilsa, loyihalanayotgan geodezik tarmoq elementlarining olingan OʻKX si standart meʼyoriy chekli xatolikdan oshib ketganda, loyiha sifatini yaxshilash, yaʼni optimallashtirishni amalga oshirish kerak. Optimallashtirish deganda biz bir nechta raqobatdosh variantlarni bir-biri bilan solishtirish, taqqoslashni va berilgan optimallashtirish mezoni uchun eng yaxshisini tanlashni tushunamiz [9, 10, 26, 31, 105, 106, 125, 130, 132, 138, 139, 144, 150, 151]. Optimallashtirish mezoni sifatida geodezik tarmoqning eng zaif nuqtasidagi punktlarning oʻzaro joylashuvining nisbiy holatining meʼyoriy belgilangan aniqligini qilib belgilaymiz.
Loyihaning sifatini yaxshilash (optimallashtirish uchun raqobatdosh variantlarni tanlash), birinchi navbatda 14-ilovada keltirilgan standart meʼyoriy qiymatlarga nisbatan chiziqli oʻlchashlarning aniqligini oshirish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Geodezik tarmoq loyihasining sifatini yaxshilashning ikkinchi, eng samarali varianti ortiqcha oʻlchashlar sonining koʻpayishi hisoblanadi [9, 10, 105, 106, 125, 130, 132, 138, 150, 151].
Geodezik tarmoq loyihasining raqobatbardosh variantlarini taqqoslash eng zaif elementlarning OʻKXlarini solishtirish, taqqoslash yoki vazn koeffitsiyentlari matritsasining iziga asoslangan mezon (2.4.1) yordamida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir [9, 10, 105, 106, 125]:
(2.4.1)
bu erda n – tugallangan geodezik tarmoq loyihasining sifatini aniqlaydigan baholangan elementlar soni;
mi – baholangan elementning oʻrtacha kvadratik xatosi.
Muruntov geodezik tayanch tarmogʻini optimallashtirish varianti quyidagi variantlarda amalga oshiriladi:
- birinchi variant uchun tarmoq barcha burchaklarni 4 – sinf triangulyatsiya usuli talablariga mos keladigan usul boʻyicha oʻlchash uchun moʻljallangan hamda mos ravishda ikkita nisbiy xatosi va bilan chiziqli oʻlchash (meʼyoriy yoʻriqnoma va adabiyotlarga asosan birinchi nisbiy xato 4 – sinf talablariga, ikkinchisi esa hozirgi kunda qoʻllanilayotgan elektron taxeometrlarning aniqligiga mos keladi) (14-15-16-ilovalar);
- ikkinchi variantda loyihalanayotgan chiziqli-burchakli konstruksiyani 4-sinfdan 2-sinfga burchak oʻlchashlarning meʼyoriy belgilangan aniqligi bilan oʻtkazish koʻzda tutilmoqda(14-ilova);
- uchinchi optimallashtirish varianti GNSS bazis vektorlarni aniqlashning tarmoq usulida sunʼiy yoʻldoshli geodezik tarmogʻini loyihalash hisoblanadi. Tarmoqda yon tomonning oʻrtacha uzunligi 5 km ni tashkil qiladi (bu 4-sinf GTT uchun standart boʻyicha belgilangan maksimal qiymat).
Ilmiy tadqiqotlarda bayon etilgan takliflarga muvofiq, yirik hududiy tuzilmalarda geodezik asoslarni uch bosqichli variantda yaratish maqsadga muvofiqdir. Muruntov geodezik tayanch tarmoqlari (MGT), geodezik zichlashtirish tarmoqlar (GZT) va marksheyderlik topografik asoslardan (MTA) iborat [9, 10, 17, 26].
MGT hududiy tuzilishning koordinata tizimini aniqlash, karyerning geometrik parametrlarini aniqlash va hududning oʻziga xos xususiyatlarini geodinamikani aniqlash uchun zarurdir [51, 52, 84, 85, 86].
Maʼlum bir hududiy obyekt uchun yagona geomakon yaratish muhimligini hisobga olgan holda, Muruntov karyeri sanoat zonasi hududida MGTning optimal shaklini aniqlash va loyihalashtirilgan parametrlarning aniqligini tahlil qilish uchun tayanch tarmogʻini qurishning turli variantlarini koʻrib chiqish vazifasi qoʻyilgan [84, 85, 86].
Ushbu hududiy birlikda MGT punktlarini joylashtirish loyihasi 2.2.5 — rasmda koʻrsatilgan. MGT punktlari ularning uzoq muddatli saqlanishini taʼminlaydigan joylarda (tepaliklar, binolar va muhandislik inshootlarining tomlarida va hokazo) loyihalashtiriladi.
Muruntov karyeri sanoat zonasi hududining tayanch tarmogʻini qurishning quyidagi uchta variantini koʻrib chiqamiz:
Birinchi variantda MGT triangulyatsiya usulida (12-ilova 1-rasm a) anʼanaviy yerga asoslangan oʻlchash texnologiyalaridan foydalangan holda qurilgan, burchak oʻlchashlarining aniqligi 1ʹʹ (14-ilova) va uchta chiziqli oʻlchash 0,6 sm aniqlikda bajarish uchun moʻljallangan (2.4.1-rasm);
Ikkinchi variantda MGT chiziqli burchakli tarzda qurilgan (2.4.2-rasm), unda burchak va chiziqli oʻlchashlarning aniqligi birinchi variantga toʻgʻri keladi;
Uchinchi variantda GNSS konstruksiyasi sm sunʼiy yoʻldosh joylashuvi aniqligi bilan tarmoqli usuli (2.4.3-rasm) shaklida ishlab chiqilgan (12-ilova 2-3-rasmlar).
2.4.1 – rasm. MGT loyihasi triangulyatsiya shaklida
Hududiy shakllanishning ushbu konfiguratsiyasi va punktlarni joylashtirish shartlari uchun chiziq uzunliklari oraligʻi: maksimal uzunlik — 4,4 km, minimal uzunlik — 2,1 km, oʻrtacha uzunlik — 3,0 km.
Loyihalashtirilgan tarmoqda 34 ta aniqlangan punktlar mavjud boʻlib, ular ikkita boshlangʻich punkti boʻlgan uchburchaklarning markaziy tizimini tashkil qiladi. Boshlangʻich punktlarining joylashishi va ulardan faqat bittasini birinchi bosqichga kiritish mahalliy koordinatalar tizimida geodezik asos yaratish talabi bilan belgilanadi.
Muruntov karyeri sanoat zonasi hududining geodezik tarmoq parametrlarining oʻrta kvadratik xatoliklarini (OʻKX) hisoblash, ularni standart koʻrsatkichlar bilan solishtirish va geodezik tayanch tarmogʻini loyihasining aniqligini baholashdan iborat [66, 68, 84, 85, 86].
Quyidagi parametrlar aniqlik parametrlari sifatida ishlatilgan [66, 68, 70, 71]:
- koordinatalar sistemasining kelib chiqishiga nisbatan eng zaif nuqta pozitsiyasining oʻrta kvadratik xatosi mI;
- loyihalashtirilgan tarmoqning eng zaif punktida aniqlangan ikkita qoʻshni punktlarning oʻzaro nisbiy pozitsiyasining oʻrtacha kvadratik xatosi mI-J;
- eng zaif punktida uzunlikni aniqlashda oʻrtacha kvadratik xatosi
2.4.2 — rasm. Chiziqli burchakli tarmoq usulidagi MGT loyihasi
Loyihalashtirilgan MGT ning barcha variantlari aniqligini baholash Logos200 dasturida amalga oshirildi, buning uchun boshlangʻich va aniqlangan punktlarning koordinatalari, loyihalashtirilgan oʻlchash vositalarining aniqligi va ularning tuzilishi haqidagi maʼlumotlar talab qilinadi.
Normativ texnik qoʻllanma asosida ishlab chiqilgan MGT sifati va uni marksheyderlik – geodezik, togʻ – kon qurishi maqsad va vazifalariga muvofiqligi baholandi. Ikkita qoʻshni punktlarning nisbiy joylashuv pozitsiyasining oʻrta kvadratik xatosi qiymati dan oshmasligi kerak. Muruntov karyeri sanoat zonasi hududida yaratilgan geodezik tayanch tarmoq, davlat, marksheyderlik – geodezik, togʻ – kon qurishi muammolarini hal qilish uchun ishlatilishi kerakligiga asoslanib, ikkinchi meʼyoriy texnik qoʻllanma — bu geodezik tarmoqning eng zaif punktida chiziq uzunligini aniqlashda nisbiy xatolik boʻlishi kerak (14-ilova) [9, 10, 25].
MGT ning birinchi versiyasining (triangulyatsiya usuli) eng zaif elementlarining OʻKX parametrlarining aniqlikni baholash natijalari 2.4.1 — rasmda koʻrsatilgan.
2.4.2-rasmda MGT qurilishining chiziqli burchakli usulda qurish versiyasi uchun aniqligini baholash natijalari keltirilgan.
2.4.3-rasmda GNSS konstruksiyasi koʻrinishidagi MGTning oxirgi, uchinchi (tarmoqli usul) versiyasi uchun aniqlikni baholash natijalari keltirilgan.
2.4.3 — rasm. GNSS texnologiyalaridan foydalangan holda tarmoqli usulida yaratilgan MGTning loyihasi
Muruntov geodezik tarmogʻini qurish uchun barcha optimal variantlarning aniqligini baholashning umumiy natijalari quyidagi 2.4.1-jadvalda keltirilgan.
2.4.1-jadval
Muruntov karyeri hududida loyihalangan geodezik tayanch tarmogʼini optimallashtirish natijalari
MGT qurish variantlari
|
MGT qurish usullari
|
Chiziq uzunligini aniqlashning OʻKX mS (sm)
|
Punktlarning oʼzaro joylashuv pozitsiyasining OʻKX mI-J (sm)
|
Eng zaif punktning OʻKX
mI (sm)
|
Spk (sm)
|
Normativ talablar
|
1/200 000
|
5
|
10
|
|
1
|
Triangulyatsiya
|
mS(6-8) = 5,0
1/79 000
|
m16-18 = 6,2
1/66 000
|
M27 = 14,3
|
11,6
|
2
|
Chiziqli – burchakli tarmoq
|
mS(13-14) = 0,7
1/386 000
|
m11-12= 3,1
1/119 000
|
M27 = 8,6
|
5,7
|
3
|
GNSS geodezik tarmogʻi
|
mS(13-14) = 0,4
1/772 000
|
m13-14= 0,5
1/519 000
|
M28 = 0,8
|
1,6
|
Dostları ilə paylaş: |