2.3.2-rasm. Muruntov sanoat zonasi hududining geodinamik holatini hisobga olib geodezik tarmoqning optimal joylash sxemasi Muruntov karyeri sanoat zonasi hududining gorizontal deformatsiyalarni oʻrganish uchun yaratilgan geodinamik poligonlarida geodezik ishlarning vazifasi takroriy oʻlchashlar asosida yer yuzasining qarama-qarshi vertikal (va baʼzi hollarda gorizontal) harakatlarining raqamli xususiyatlarini aniqlashdan iborat boʻlib, ular boshqa maʼlumotlar bilan birgalikda seysmik va tektonik sharoitlar toʻgʻrisida oqilona xulosa chiqarishga imkon beradi. Shuningdek, karyer joylashgan hududda yer yuzasining barqarorligi haqida maʼlumotlarni oshiga imkon beradi.
GPS punktining konstruksiyasi.GPS-tizimining ishchi punktlarning asosiy maqsadi alohida mahalliy hududlarda deformatsiya jarayonlarini nazorat qilishdir. Oʻzlashtirilayotgan kon hududi boʻyicha GPS-punktlarining loyiha sxemasi maxsus rekognossirovka oʻtkazilgandan soʻng va boshqa asosiy usullar, geologik-geofizik va dala-geologik maʼlumotlarning kuzatish tizimlarining joylashishini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
GPS punktlarining koʻndalang oʻlchamlari 50x50 sm va umumiy balandligi taxminan 3 m boʻlgan temir-beton monolitlardir (2.3.3-rasm);
GPS punktining konstruksiyasi 2.3.3 – rasmda koʻrsatilgan. Monolitning katta qismi yer ostida 160-180 sm chuqurlikda, yaʼni tuproqning mavsumiy muzlash chuqurligidan pastda joylashgan boʻlishi kerak.
2.3.3 – rasm. GPS punktining konstruktsiyasi [17, 51, 52, 53, 90, 91, 110].
Oʻrnatish chuqurligiga yer osti suvlarining chuqurligi va GPS punktlarini oʻrnatish chuqurligidagi tuproqlarning fizik-mexanik xususiyatlari ham taʼsir qilishi mumkin. Monolitning yuqori tekisligiga 50x50 sm oʻlchamdagi, yaʼni monolitning oʻzi qismiga teng va qalinligi taxminan 1 sm boʻlgan metall plastinka oʻrnatiladi. Plitaning markaziy qismida tegishli teshik boʻlib, qurilmalarni majburiy markazlashtirish uchun ishlatiladi.
Sunʼiy yoʻldoshlarining geometrik omillarini hisobga olib GNSS asosida Muruntov sanoat zonasi hududida geodezik tarmoq sxemasini ishlab chiqish.GNSS oʻlchovlari aniq aniqlikni taʼminlash uchun aniq kuzatuv va ishlov berish tartib-qoidalariga ega boʻlishi kerak. Chiziqni qayta ishlash muhim vazifalardan biridir, uning natijalariga koʻra roverning pozitsiyasi tuzatiladi [119, 124, 128, 130, 131, 135, 136, 144, 152].
Tadqiqot ishini bajarish davomida oʻlchashlarda uzunliklari 10 km dan 20 km gacha boʻlgan punktlar orasidagi vektor masofalar aniqligini oshirish boʻyicha statika usulidan (11-ilova) foydalanib, qoʻshimcha oʻlchashlari olib borildi. Chiziqlarning olingan OʻKX qiymatlari kuzatish vaqtini aniqlashga imkon berdi. Bu belgilangan aniqlikni taʼminlash uchun yetarli (15 mm). Geodezik tarmogʻining bir qismi 2.3.4-rasmda koʻrsatilgan.