Oʼzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo Ulugʼbek nomidagi samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə33/41
tarix13.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#140113
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Порядок получения топографической и картографической информации с помощью программ SASPlanet и Google Earth Pro.

Ikkinchi bob xulosasi
Olingan tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalar chiqarish mumkin:
1. Geodinamik poligonlar hududida yer yuzasining gorizontal va vertikal deformatsiyalarini kuzatishda sunʼiy yoʻldosh geodeziyasining zamonaviy usullaridan foydalanish bu tadqiqotlarni sifat jihatidan yuqori darajada olib borish imkonini beradi.
2.1960–70-yillarda asosan Muruntov karyeri sanoat zonasi hududlarda triangulyatsiya usulida yaratilgan geodezik tayanch tarmogʻini bugungi kundagi holati boʻyicha tenglashtirilgan elementlarning aniqligi zamonaviy normativ texnik hujjatlar talablariga javob bermaydi va shuning uchun ham mavjud geodezik asoslarini konchilik, marksheyderlik ishlarini yuritish uchun dastlabki asos sifatida foydalanishga tavsiya etish mumkin emas.
3. MGTni qurishning chiziqli burchakli usulini bajarishda zamonaviy elektron taxeometrlardan foydalanish sharti bilan, parametrlarni aniqlashning meʼyoriy aniqligini taʼminlaydi. Ammo togʻ-kon, geologik marksheyderlik tadqiqotlarini bajarish uchun geodezik asosni yaratishda chiziqli burchakli usulidan foydalanish koʻp bosqichli ekanligini hisobga olsak, mavjud geodezik tayanch tarmogʻini rekonstruksiya qilishda asosiy usul sifatida tavsiya etilishi mumkin emas.
4. Normativ texnik hujjatlar talablariga javob beradigan va keyingi bosqichlarni qurish imkoniyatini taʼminlaydigan parametrlarning eng yuqori aniqligi tarmoq versiyasida amalga oshirilgan GNSS qurilishiga xosdir.


III-BOB. GEODEZIK TARMOQNING ANIQLIGINI OSHIRISH ALGORITMINI ISHLAB CHIQISH
§3.1. Karyer geometrik markazi uchun ordinata oʻqi boʻylab tuzatmalarni hisoblash
Muruntov karyeri sanoat zonasi hududidagi muhandislik-texnik ishlarni bajarishda, qoida tariqasida, toʻgʻri burchakli yassi koordinatalar tizimi qoʻllaniladi. Hozirgi vaqtda geodezik ishlar amaliyotiga sunʼiy yoʻldosh taʼriflarining kiritilishi sababli geodezik koordinatalarni qayta hisoblash orqali undan foydalanish qulay va samarali hisoblanadi.
Muruntov karyeri sanoat zonasi hududidagi topografik-geodezik ishlar natijalaridan injenerlik maqsadlarda foydalanish anchagina yengillashadi, agarda ushbu natijalar tekislikdagi oddiy toʻgʻri burchakli koordinatalar sistemasiga koʻchirilgan boʻlsa. Ushbu sistemada karyerning sanoat zonasi hududidagi triangulyatsiya va poligonometriya tarmoqlari punktlarining koordinatalari hisoblanadi. Bu punktlarga bogʻlab quriladigan syomka asosi punktlarining koordinatalari xam shu sistemada aniqlanadi. Agarda topografik planlarga koordinatalar toʻrining chiziqlari toʻgʻri burchakli koordinatalar sistemasida tushirilgan boʻlsa, ulardan foydalanish qulay boʻladi. Maʼlumki ellipsoid yuzasi tekislikka yoyilganda farq chiqadi (3.1.1-rasm), shu sababli yer yuzasida olingan nuqtalar oʻrnini tekislikka oʻzgarishsiz tasvirlashni taʼminlaydigan yassi toʻgʻri burchakli koordinatalar sistemasini tanlashning imkoni yoʻq [79:161-162 b, 91:17-25 b, 53,122]. Shulardan kelib chiqib qoʻyiladigan vazifa Muruntov karyeri sanoat zonasi hududining ellipsoid yuzasini tekislikda maʼlum bir qonuniyat asosida tasvirlashdan iborat.

3.1.1 – rasm. Tekislikda yoy va toʻgʻri chiziqning ogʻish sxemasi [79:161-162 b]
Ellipsoid yuzani tekislikda tasvirlash qonuniyatlari juda koʻp boʻlishi mumkin. Ulardan birini tanlashga aniq talablar qoʻyilishi kerak, masalan, ellipsoid yuzadagi nuqtalar oʻrnini minimal farqlar bilan tekislikda tasvirlash;
tasvirlash xatolarini oddiy formulalar boʻyicha oson aniqlash va hisobga olish imkoniga ega boʻlish va x.k. Agarda tayanch geodezik punktlar koordinatalari tekislikdagi proyeksiyada berilgan boʻlsa topografik planlar ularni tegishlicha reduksiyalab tekislikda tasvirlashni talab qilmaydi. Syomkalarni grafik materiallari qabul qilingan proyeksiyada olinadi, ularni koʻp sonli maʼlumotlari – teodolit va taxeometrik yoʻllarni joyda oʻlchangan tomonlari uzunligi va burchaklari esa proyeksiyaga oʻtish uchun tuzatiladi. Lekin bunda maʼlum chegara ichida tasvirlash masshtabini doimiy deb hisoblash uchun chiziqlar uzunligidagi xatolik hisobga olinsa yetarli. Bunday shart teng burchakli konform proyeksiyani tanlashni taqozo etadi;
bu proyeksiyada ellipsoiddan tekislikka oʻtishda burchaklar xatosiz, chiziqlar esa barcha yoʻnalishlar boʻyicha bir xil xatolik bilan tasvirlanadi. Butun ellipsoid sirtidagi nuqtalarni tekislikda bitta boshlangʻich nuqtaga nisbatan tasvirlash imkonini beradigan yassi toʻgʻri burchakli koordinatalar sistemasi boʻlishi mumkin emas, chunki bunda tasvirlash xatolari juda oshib ketar edi. Shuning uchun yer yuzasini tekislikda bir-biriga bogʻliq boʻlmagan holda tasvirlanadigan va har biri koordinatalar boshiga ega boʻlaklar yoki zonalarga boʻlishga toʻgʻri keladi.
Yuqorida koʻrsatilgan talablarga Gaus-Kryugerni konform proyeksiyasi eng yaxshi javob bera oladi. Bu proyeksiyadan foydalanishda yer ellipsoidi meridianlar bilan zonalarga boʻlinadi. Har bir zona bir qutbdan ikkinchisigacha meridianlar bilan chegaralanadi, tasvirlanadigan butun hudud uchun uzoqliklar ayirmasini doimiy qiymatiga ega boʻlgan sferoidik ikki burchakni tashkil qiladi. Har bir zonadagi oʻrtadan oʻtgan meridian oʻq meridian deb atalib, uni uzoqligi L0 bilan belgilanadi. Zonalarni uzoqlik boʻyicha qiymati 60 va yirik masshtabli syomkalar bajariladigan hududlarda 30 belgilangan [79:161-162 b, 91:17-25 b, 53,122].
Ilmiy-tadqiqot izlanishlarning koʻrsatishicha, agar 3° zonani oladigan boʻlsak, zonaning chetlarida “y” koordinatasining xatosi 1/3200, 6° da esa eng katta farq 1/750 ni tashkil etadi. Eng katta xatolar ikkita qoʻshni zonalarning birlashmasida sodir boʻladi, bu yerda qoplamalar taʼminlanadi [15, 21, 79:161-162 b].
Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tarmoq punktlarining koordinatalari SK42 va SK63 koordinata tizimlarida triangulyatsiya va poligonometriya usullari bilan olingan [78:159 b, 79:163 b, 85,108]. Muallif tomonidan 2017-2022 yillarda Muruntov tayanch geodezik tarmogʻi punktlarining fazoviy va yassi toʻgʻri burchakli koordinatalarini olishda zamonaviy GNSS qoʻllanildi [113, 121]. Yuqorida aytib oʻtilganidek, toʻgʻri burchakli koordinatalar uchun geodezik tarmoqning sinfiga bogʻliq boʻlgan reduksion tuzatmalari hisobga olinishi kerak. Muruntov karyeri uchun geodezik tarmoq davlat geodezik tarmogʻi triangulyatsiyaning 2 va 3 klass punktlaridan hamda 2-razryadli poligonometriyadan iborat.
Gauss-Kryuger toʻgʻri burchakli koordinatalarini geodezik koordinatalar boʻyicha hisoblash. Oʻq meridiani uzoqligi L0 boʻlgan zonada joylashgan biron-bir nuqtani geodezik koordinatalari B va L berilgan boʻlib, shu nuqtani yassi toʻgʻri burchakli koordinatalari x va y hisoblanishi talab qilinsin. Bu masalani yechish uchun quyidagi ishchi formulalardan foydalanish mumkin [91:17-25 b, 53, 89, 122].
(3.1.1)
bu formulalarda quyidagi belgilar qabul qilinsin
(3.1.2)

Aylanma ellipsoidni parallel aylanasini tashkil qilib uning yoy uzunligini hisoblash yoy uchlari nuqtalarining uzoqliklari ayirmasiga teng markaziy burchak orqali aylana yoyini hisoblashga oʼxshash bajariladi. Parallel radiusi r quyidagiga teng rqNcosB, shunda parallel yoyi uzunligini Sn bilan belgilab uni hisoblash uchun quyidagi formula qoʻllanadi [79:163-164 b, 91:15 b, 53,122]
(3.1.3)
bu yerda l – uzoqliklar orasidagi farq; B – parallel yoyi kengligi; N – birinchi vertikal egrilik radiusi. Koʻp sonli geodezik ellipsoidal koordinatalarni (B, L) tekislik toʻgʻri burchakli koordinatalarga (x, y) va aksincha aylantirish qulay boʻlishligi uchun dissertatsiya muallifi Microsoft Excel dasturida ishlab chiqdi.
Geodezik tarmoqni aniqligini oshirish va yangilash tashkiliy chora-tadbirlar sababli amalga oshirilmadi. Triangulyatsiya signallarining yoʻqligi yoki shikastlanganda yangi punktlar oʻrnatildi, ularning koordinatalari GNSS yordamida aniqlandi (19-ilova 1-2-jadvallar). Karyer maydoni oʻq meridiandan 1.5 gradus uzoqlikda 170-200 km masofada joylashganligi sababli, tegishli ravishda maʼlum koordinata farqlari mavjud (3.1.1-jadval). Hisob-kitoblar farqlari toʻgʻri burchakli koordinatalarini (3.1.2-rasm). Bundan tashqari, ushbu maʼlumotlar karyer yuzasining yuqori tuzilishini geologik oʻrganish uchun ham zarur.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin