Tadqiqot usullari. Ushbu tadqiqot ishini bajarishda geodezik oʻlchashlar GNSS va geodezik tarmoqlarni optimallashtirish usullari, geodezik oʻlchashlardan olingan maʼlumotlarni tenglashtirishda matematik qayta ishlash hamda zamonaviy geodezik va GAT dasturlardan foydalanib tahlil qilish uslublardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligiquyidagilardan iborat: Topografik karta, GNSS va GAT asosida Muruntov karyeri atrofidagi davlat geodezik tarmogʻini optimallashtirishning matematik modeli takomillashtirilgan;
Muruntov sanoat zonasi hududining geodinamik holatini va sunʼiy yoʻldoshlarining geometrik omillarini hisobga olib GNSS asosida geodezik tarmoqning optimal joylashish sxemasi takomillashtirilgan;
zamonaviy sunʼiy yoʻldosh navigatsion GNSS oʻlchashlari va GAT dasturlari asosida davlat geodezik tarmogʻi punktlari koordinatalarining aniqligini oshirish metodikasi takomillashtirilgan;
GAT dasturlari asosida Muruntov karyeri hududining 3D fazoviy modeli ishlab chiqilgan;
Tadqiqotning amaliy natijalariquyidagilardan iborat: topografik karta, sunʼiy yoʻldosh navigatsion oʻlchashlari va geoaxborot dasturlari asosida Muruntov karyeri atrofidagi davlat geodezik tarmogʻi modellashtirilib optimallashtirishning matematik modeli takomillashtirilgan;
Muruntov sanoat zonasi hududining geodinamik holatini va sunʼiy yoʻldoshlarining geometrik omillarini hisobga olib geodezik tarmoq punktlarining optimal joylashish sxemasi takomillashtirilgan;
sunʼiy yoʻldosh navigatsion oʻlchashlari va geoaxborot dasturlari asosida davlat geodezik tarmogʻining aniqligini oshirish algoritmini ishlab chiqish orqali metodika takomillashtirilgan;
geodezik oʻlchash natijalari va karyer atrofidagi geodezik tarmoq punktlarining toʻgʻri burchakli va geodezik koordinatalarini eʼtiborga olib, GAT dasturlari asosida karyer relyefining raqamli 3D modeli yaratildi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi.Tadqiqot natijalarining ishonchliligi Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ochiq maʼlumotlar portalida joylashgan barcha vazirlik va idoralarning ochiq maʼlumotlari, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo boʻlinmasi, Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aktsiyadolik jamiyati, Samarqand viloyati «SAMGEODEZIST» MChJ korxonasi, «ELLIPS UDP» MChJ korxonasining ochiq raqamli materiallaridan, shuningdek, muallifning tadqiqot doirasidagi tajriba-sinovlari xulosalaridan foydalanilganligi, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilganligi hamda vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.