Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur ishning tadqiqot natijalari 7 ta xalqaro va 3 respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan oʻtkazilgan.
Tadqiqot natijalarining eʼlon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 18 ta ilmiy ish chop etilgan boʻlib, shulardan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 8 maqola, jumladan, 5 tasi respublika va 3 tasi xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 120 betni tashkil etgan.
I-BOB. KARYER ATROFIDAGI GEODEZIK TARMOQLARINING ANIQLIGINI TADQIQ QILISH §1.1. Muruntov hududining oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash va ularni geodezik punktlarga taʼsirini tadqiq qilish Hozirda Respublikamizda togʻ-kon sanoati zonalariga togʻ-kon sanoat zonalari va konchilik obyektlari inshootlariga karyerlar, shaxtalar, tashlanmalar (otval), sanoat zonalarining maʼmuriy binolari, gidrometallurgiya zavodlari, boyitish fabrikalari, togʻ-metallurgiya kombinati va hokazolar kiradi. Shuni taʼkidlash joizki Oʻzbekistonda metallurgiya sanoati yildan yilga rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistonda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati (“NKMK” AJ) va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati (“Olmaliq KMK” AJ) eng yirik sanoat korxonalaridir. Ularning ishlab chiqarish quvvati Respublika hududida joylashgan rangli va nodir metallarni ishlab chiqarishga asoslangan.
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati (“NKMK” AJ) jahonda oltin ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar oʻntaligiga kiradi. Kombinat yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha boʻlgan ishlab chiqarish jarayonlari toʻliq amalga oshiriladigan sanoat klasteridir. Kombinat zamonaviy kon-transport va texnologik uskunalar, ilgʻor texnologiyalar bilan jihozlantirilgan konlar, zavodlarga ega zamonaviy korxonadir [9, 13, 63].
“NKMK” AJning asosiy boʻlinmalari:
- Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq shahri);
- Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri);
- Janubiy kon boshqarmasi (Nurobod shahri);
- “1-GMZ” kon boshqarmasi (Navoiy shahri);
- Navoiy mashinasozlik zavodi.
Hozirgi vaqtda Mamlakatimiz hududida togʻ-kon sanoatining ruda konlarini ochiq usulda qazib olinadi. Shuningdek Muruntov konida ham rudalar ochiq usulda qazib olishga ixtisoslashgan.