Порядок получения топографической и картографической информации с помощью программ SASPlanet и Google Earth Pro.
1.2. Geodezik zichlashtirish tarmogʻini loyihalash. Geodezik zichlashtirish tarmoqlari (GZT) astronomik geodezik tarmogʻini (AGT) zichlashtirish va davlat geodezik tarmogʻining asosi punktlarining zichligini karyerning sanoat zonasi hududida 1 km2 ga 4 ta punktlar va oʻzlashtirilmagan hudud uchun 1 km2 ga 1 ta punktgacha qurishga moʻljallangan. Odatda, GZT qurilishi uch bosqichda poligonometriya usuli bilan yaratiladi [33, 40, 43, 45, 52, 55, 56, 61, 90]. Bunday holda, GZTga qoʻyiladigan talablar 14-15-16-ilovalarda keltirilgan.
Poligonometriya usuli hududning joylashuv shakliga qarab ochiq poligon va yopiq poligon usullarida barpo etilgan (15-ilova). GTT punktlari tayanch punktlar sifatida ishlatiladi.
1.3. Marksheyderlik maqsadlari uchun geodezik asosini optimal loyihalash boʻyicha tavsiyalar. Yuqorida keltirilgan maʼlumotlarni sarhisob qilar ekanmiz, Muruntov karyeri hududida koʻp bosqichli geodezik asos punktlari hududiy zonaning maydoniga bogʻliq boʻlgan bosqichlar sonining mavjudligini taʼkidlaymiz. Ushbu bogʻliqlik 2.1.1-jadvalda koʻrsatilgan.
Yirik karyerlarning sanoat zonasi hududlarida geodezik asosini yaratishning bu usulining asosiy kamchiligi uning koʻp bosqichliligidir [8, 14, 98]. Muruntov karyeri sanoat zonasi hududidagi hozirda mavjud geodezik tarmogʻining koʻp bosqichli marksheyderlik geodezik asosi hozirda marksheyderlik vazifalari talablariga toʻliq javob bermaydi.
Shuning uchun ilmiy-texnik adabiyotlar maʼlumotlari [9, 10, 11, 30, 31, 33] tahlillari natijalari asosida va zamonaviy oʻlchash asboblarining oʻlchash aniqliklari imkoniyatidan kelib chiqib, faqat uch bosqichdan iborat boʻlgan planli geodezik tayanch tarmogʻini yaratish boʻyicha muallif tomonidan taklif qilinmoqda (2.1.3-jadval):
2.1.3-jadval
Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tarmogʻini loyihalash qurish boʻyicha meʼyoriy talablar
Yirik masshtabli kartalash uchun davlat geodezik tarmogʼi punktlari
Мурунтов карьери атрофидаги давлат геодезик тармоғи пунктлари*
Tarmoq sinfi
Tarmoq sinfi
GTT
1
0,7ʼʼ
1:400 000
1:200 000
MTT
1,0ʼʼ
1:500 000
1:250 000
1 sm – 2,5 km
2
1,0ʼʼ
1:300 000
1:200 000
3
1,5ʼʼ
1:200 000
1:120 000
4
2,0ʼʼ
1:200 000
1:70 000
GZT
4
2,0ʼʼ
1:50 000
1:25 000
MZT
3,0ʼʼ
1:50 000
1:25 000
2,5 sm – 500 m
1р
5,0ʼʼ
1:20 000
1:10 000
2р
10,0ʼʼ
1:10 000
1:5 000
GSA
T.y
30,0ʼʼ
1:2 000
1:2 000
MSA
5,0ʼʼ
1:10 000
5 sm – 200 m
*Muallif tomonidan berilgan taklif. Jadvaldagi talablarni amalga oshirish uchun quyidagi tartibda va muallif tomonidan taklif etilayotgan meʼyorlar ketma – ketligi boʻyicha ishlar amalga oshirilishi kerak:
1. Geodezik tayanch tarmogʻi (GTT) — marksheyderlik tayanch tarmogʻi (MTT);
2. Geodezik zichlashtirish tarmogʻi (GZT)-marksheyderlik zichlashtirish tarmogʻi (MZT);
3. Geodezik syomka asosi (GSA) – marksheyderlik syomka asosi (MSA).
GTT (MTT)-bu quyidagi dizayn parametrlariga ega boʻlgan birlashtirilgan chiziqli-burchakli qurilish:
- tarmoqdagi yon tomonning oʻrtacha uzunligi 2 km (bu yon tomonning uzunligi sababli koʻp bosqichli versiyada boʻlgani kabi bir xil zichlikka erishiladi va refraksiyaning aniqlikka taʼsiri oʻlchangan burchaklardan sezilarli darajada kamayadi);
- burchaklarni oʻlchash OʻKX;
- tomon uzunliklarini oʻlchashning oʻrtacha kvadratik nisbiy xatoligi;
- tarmoqni loyihalash sifati va bajarilgan oʻlchashlar sifatini aniqlash mezoni eng zaif punktlarning nisbiy holati tarmoqning punkti OʻKX-1 sm. MTT punktlari iloji boricha karyer sanoat zonasi hududi atrofidagi mavjud tepaliklarda joylashgan boʻlishi kerak. MTT punktlarining zichligi 4 km2 ga 1 ta punkt toʻgʻri kelishi kerak.
GZT (MZT) ni 4-sinf poligonometriya dasturi boʼyicha yaratish taklif etiladi:
- burchaklarni oʼlchash aniqligi ;
- ruxsat etilgan burchak oʼlchash xatoligi – ;
- tomon uzunliklarini oʼlchashning oʼrtacha nisbiy aniqligi ;
- barpo etishdagi ruxsat etilgan maksimal nisbiy xatolik 1: 25000;
- tarmoqdagi tugun nuqtalarining nisbiy holati eng zaif punkti uchun OʻKX — 2 sm.
DGT uzluksiz poligonometriya tarmogʻi shaklida shunday yaratilishi kerakki, togʻ-kon sanoat zonasining kattalashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari tarmoqning poligonlari ichida boʻlsin. MZT punktlari erning fizik yuzasida joylashgan boʻlishi kerak. MZT punktlarining zichligi 1 km2 ga 1 ta punkt boʻlishi kerak.
GSA (MSA) ni quyidagi aniqlik parametrlariga ega boʼlgan elektron taxeometr yordamida konstruksiyalar shaklida yaratish taklif etiladi:
- burchak oʼlchashlarining aniqligi ;
- ruxsat etilgan burchak xatoligi – ;
- chiziq oʼlchashining oʼrtacha nisbiy xatoligi ;
- burchak oʼlchashlarining maksimal nisbiy aniqligi-1:5 000.
Shu bilan birga, GSA ni karyer hududiga mos keladigan poligonlar bilan uzluksiz tarmoqlar shaklida loyihalash maqsadga muvofiqdir. Ushbu talablardan kelib chiqib, keyingi 2.2-paragrafda Murutov karyeri sanoat zonasi hududidagi geodezik tarmoqni loyihalash masalasi ochib berilgan.