Порядок получения топографической и картографической информации с помощью программ SASPlanet и Google Earth Pro.
§2.2. Murutov geodezik tayanch tarmogʻini loyihalash Muruntov karyeri sanoat zonasi hududidagi geodezik tarmoqni loyihalash quyidagicha amalga oshirildi. Bunda dastlab, Muruntov karyeri sanoat zonasi hududidagi geodezik tarmoqni loyihalash uchun hududga tegishli topografik karta materiallari oʻrganilib chiqildi va geodezik tarmoq modellashtirildi:
1) Bunda Muruntov karyeri joylashgan hududning 1:500000 masshtabli topografik kartasini oʻrganilishda karyer joylashgan hudud atrofida 1-sinf triangulyatsiya usulida oʻrnatilgan 18 ta davlat geodezik toʻrlarining tayanch punktlari belgilanib oʻrganildi (2.2.1-rasm).
1-sinf triangulyatsiya usulida oʻrnatilgan, Muruntov karyeri joylashgan hududga yaqin joylashgan (Murun, Sardara, Kurgantov, Aktay, Balpantov va Djungildi) davlat geodezik toʻrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 3-ilovada keltirilgan.
2.2.1-rasmda tarmoq sxemasi keltirilgan. Yuqorida keltirilgan geodezik tayanch punktlar joylashgan hududning umumiy maydoni 83948,0521 ga, umumiy perimetri 119, 234 km ni tashkil etadi.
Ushbu geodezik tayanch punktlaridan eng balandi “Aktay” (balandligi 974 m) va “Murun” (balandligi 792 m) geodezik tayanch punktlari boʻlib, ushbu geodezik tayanch punktdan turib qaralganda karyer atrofida joylashgan 20 km radiusdagi barcha geodezik tayanch punktlar yaqqol koʻrinadi.
2) Muruntov karyeri joylashgan hududning 1:200000 masshtabli kartasiga asosan kon joylashgan hudud atrofida 30 ta geodezik tayanch punktlar belgilanib oʻrganildi (2.2.2-rasm). Ushbu geodezik tayanch punktlardan Muruntov karyeri joylashgan hududiga eng yaqin joylashgan 3 sinf triangulyatsiya usulida oʻrnatilgan 8 ta (Murun zap., Tridsat tri, Dala, Aero, Besapan sev., Besapan yuj., Myuten, STF nasos va Djanaxmed) oʻrganilib chiqildi, tarmoq sxemasi 2.2.2-rasmda berilgan.
2.2.2-rasm. Muruntov karyeri atrofidagi 2-sinf geodezik tayanch punktlarini 1-sinfga bogʻlash holati [155]
3) Muruntov karyeri joylashgan hududning 1:100000 masshtabli kartasiga asosan karyer joylashgan hudud atrofida 14 ta geodezik tayanch punktlar belgilanib oʻrganildi (2.2.3-rasm). Jumladan, ushbu geodezik tayanch punktlaridan 4 tasi (Kanaviy, Solnechniy, Myuten vost. va Bazisniy) 3 sinf triangulyatsiya usulida oʻrnatilgan. Muruntov karyeri atrofida joylashgan 3-4-sinf triangulyatsiya punktlari (punktlar sxemasi 2.2.3-rasmda keltirilgan) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 4-ilovada keltirilgan.
2.2.3-rasm. Muruntov karyeri atrofidagi 4-sinf geodezik tayanch punktlarning joylashuv holati (1:100000 masshtabli kartadagi holat) [155].
Yuqorida keltirilgan geodezik tayanch punktlar joylashgan hududning umumiy maydoni 28069,15 ga, umumiy perimetri 67,124 km ni tashkil etadi.
Ushbu geodezik tayanch punktlaridan eng balandi “Murun zap” (balandligi 816,178 m.), “Murun” (balandligi 796 m.) va “Besapan sev.” (balandligi 792 m.) geodezik tayanch punktlari boʻlib, ushbu geodezik tayanch punktdan turib qaralganda karyer atrofida joylashgan 10 km radiusdagi bir nechta tayanch punktlar yaqqol koʻrinadi (4-ilova).
“Muruntov” ochiq karyeri uchun belgilangan punktlarning koordinatalarini hisoblash uchun geodezik zichlashtirish tarmogʻining optimal sxemasini tuzishga imkon beruvchi hisoblashlar amalga oshirildi (2.2.4-rasm).
Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tarmoq sxemasini optimallashtirishda dastlab, 1:100000 topografik kartada tayanch punktlarning joylashuv sxemasi tuzib olindi. Undan keyin punktlar koordinatalari asosida hududning kosmik suratida tarmoq sxemasini modellashtirish sxemasi tuzildi va aniqligi hisoblandi. Unga koʻra dastlab “Google Earth Pro” dasturidan foydalanib, 5 ta tayanch punktlar (Besapan sev., Murun, Djanaxmed, Sardara va Besapan yuj.) 1-sinf tarmogʻi sifatida olindi (2.2.4-rasm, a) [80, 84, 85, 86].