Tayanch iboralari; xizmatlar, servis, asosiy va qushimcha xizmatlar, is‘temolchilarning hulq atvori.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar.
1.Ekskursiyaning o‗ziga hos hususiyatlarini izohlab bering 2.Turistlarning ekskursiya qilishdan qanday maqsadlari bo‗lishi mumkin?
Turistlarga ekskursiya xizmati qanday tashkil etoiladi?
Turizm turlarining tasnifi bo‗yicha yana qanday turlarni bilasiz? 5.Turizm turlarining tasnifi bo‗yicha yana qanday turlarni bilasiz?
6.Ilk sayohatchilar kimlar bo‗lgan?
Adabiyotlar
O‗zbеkiston Rеspublikasining ―Turizm to‗g‗risidagi‖ qonuni. Xalq so‗zi / 1999 yil 20 avgust.
Хамидов О. Х. Безопасность питания туристов : монография / Хамидов О. Х., Сафаева С. Р., Очилова Х. Ф.. - Тошкент : Iqtisodiyot, 2017. - 145 с; 3.Сафарова Н. Н.Туризм ривожланишининг илмий-назарий асослари / Сафарова Н. Н., Нарзикулов М. П.. - Тошкент : IFMR, 2017.
4.Ekskursiya xizmatini tashkil qilish : o`quv qo`llanma / Tuxliyev I., Amriddinova R., Tursunova G.. - Toshkent : Barkamol fayz media, 2018. – 296 b
13 – BOB. TURIZMDA MARKETING FAOLIYATLARI
Turizmda marketing faoliyatlarining boshlanishi.
Mehmonxona xo„jaligi marketingi.
Turizm marketingining xususiyatlari
Turizmda marketing faoliyatlarining boshlanishi.
Turizm industriyasida marketing faoliyatlari XIX asr oxirlarida, tunash va sayohat byurolari bilan birgalikda Angliya va keyinchalik Yevropa qit‘asida amalda qo‗llanila boshlagan. Turizm marketingining tizimli (tizimtik) bir shaklda inobatga olinishi va o‗rganilishi 1950 yillarda Yevropada amalda qo‗llanilgan. Ikkinchi jahon urushigacha iste‘mol soha bo‗lgan turizm tarmog‗i, urushdan keyin Yevropadagi sanoatlashuv harakati bilan birga rivojlanishga va tarqalishga boshlagan. Iste‘molchilarning sotib olish imkoniyatlari ortgan va turizm tarmog‗i xalqaro xususiyat qozonib, talab va taklif muvozanati buzilishni boshlagan. 1936 yildan e‘tiboran, Yevropada pullik ish haqining berilishi bilan ishchilar, mutaxassislar ta‘tilga chiqib turizm harakatlariga qatnashganlar. Tunash muassasalarida o‗zgarish ortgan, yangi tunash tarmoqlari yuzaga kelgan. Sayyohat qilgan insonlar soni har yili tez sur‘atlarda ortib borgan. Ta‘tilga chiqish nisbati Yevropada jami aholining 60% ini tashkil qilgan.
Xususan, 1970 yillardan keyin talabni yonlantirish uchun turizm marketingi tadqiqotlariga e‘tibor berilgan. Marketing, mahsulotning bozorda iste‘molchi bilan qarshilashishi va bir birlari bilan tenglashishidir degan edik. Turizm marketingini turistik xizmat yoki mahsulot bilan turizm bozori shakllantiradi..
Turizm bozori geografik nuqtai nazardan ikki qismiga milliy va xalqaro turizm bozoriga ajratiladi. Bozordagi iste‘molchilar turist deb ataladi. Turizm marketingida mahsulotga qaraganda xizmatning bozorlanishi asosiy hisoblanadi. Turizmda ishlab chiqarilgan xizmatlar juda turli xil xizmatlarning yig‗indisidan tashkil topmoqda.
Turizm marketingi, milliy turizm tashkilotlari yoki turizm
muassasalarining, milliy va xalqaro tartibda turistlarning ehtiyojlarini (optimize) his etishga qarab tizimli va birlikli harakatlardan tashkil topmoqda. Insonlarning bo‗sh vaqtlarini qadrlash maqsadida ish, oila, konferensiya maqsadlarida bir mintaqada, o‗lkada yoki mamlakatlar orasida sayohat etish xohishi va ehtiyoji turistik korxonalarning tashkil topishiga sabab bo‗lgan. Bu korxonalar, iste‘molchi bo‗lgan turist guruhlarini eng uyg‗un yerlarda, eng yaxshi sharoitlarda sayohat qildirish maqsadida bir qancha uslublar va texnikalar yaratmoqda. Boshqa bir turizm marketingi ta‘rifi quyidagicha izohlanadi:
―Turistik mahsulot va xizmatlarni turizm vositalari yordamida mahalliy, mintaqaviy, milliy va xalqaro rejada ishlab chiqaruvchinng va iste‘molchi bo‗lgan turistga oqimi va yangi turistik iste‘mol ehtiyojlari va takliflarining yaratilishi bilan bog‗liq faoliyatlarining yig‗indisi turizm marketingidir‖.
Turizm sektorida yetishtirilgan mahsulot va xizmatlarning marketingida industriya mahsulotlarining marketingidan farqli ba‘zi xususiyatlar bo‗lmoqda. Mehmonxona xonalari uchun bo‗lgan talab o‗zgaruvchan talabdir. Mavjud mehmonxona mahsulotlarining eng ahamiyatlisi bo‗lgan mehmonxona xonalari, yer va makon boqimidan barqarordir. Talab kamaygan vaqtda bo‗sh hajm yuzaga keladi va talabning eng yuqori bo‗lgan vaziyatlarida mutlaqo ma‘lum bo‗lgan ustki sig‗im chegarasi bor, bu chegaradan o‗tilmaydi. Mehmonxonachilik asosidagi marketing, eng oldin bozorning uyg‗unligi va izlanish yo‗li bilan talabning qozonilishiga ega bo‗ladi. Bu izlanish, mehmonxona uchun eng yaxshi bozor imkonini, bozordagi bir joyni yoki alternativ joylar orasidagi mehmonxonalardan birortasini saylashni belgilaydi yoki ma‘lum bir joyda quriladigan eng yaxshi mehmonxona shaklini ta‘minlaydi. Marketing mehmonxona muassasi bilan davomli bozor izlanishi, mahsulot yetishtirish, sotish, tartiblik va ko‗zdan kechirish kabi marketing bosqichlari bilan aloqada bo‗ladi. Mehmonxonalar insonlarga xizmat ko‗rsatish maqsadida qurilgan tijoriy tashkilotlardir.
Oxirgi yillarda iqtisodiy o‗zgarishlar va yangi texnikalarning rivojlanishi korxonalarning xizmat va mahsulotlarni marketing shakllarida va korxona boshqaruvlarida ahamiyatli o‗zgarishiga sabab bo‗ldi.
Kompyuter texnologiyalaridagi rivojlanishlar ba‘zi turistik masofalarning oldingi rejaga chiqishiga sabab bo‗ldi. Iste‘molchi munosabatlaridagi o‗zgarishlar va boshqa omillar korxona xo‗jayinlariga xaridorlarning kutish vaqtlarini o‗tganini, endi o‗zlari borib xaridorlarni izlash va ularni o‗zlariga jalb qilishi kerakligini tushina boshladilar. Bu jarayon restoran yoki mehmonxona kabi sayohat byurosi uchun ham taalluqlidir.
Dostları ilə paylaş: |