31
qilganida ishlagan. Rasmiy oltin zaxiralari ijtimoiy boylikni
moddiylashtirish vazifasini ham bajargan.
Hozirgi bosqichda oltin
xalqaro pul aktivi bo`lib xizmat qilsa ham, jahon pullari funksiyasini
bajarmaydi. Jahon pullari funksiyasini quyidagilar amalga oshiradilar:
• yetakchi milliy valyutalar va avvalambor zaxira (asosiy)
valyutalar (AQSH dollari);
• xalqaro va mintaqaviy pul birliklari - xalqaro moliya
institutlari chiqaradigan millatlararo valyutalar (yevro, Markaziy
banklar boshchiligidagi Yevropa Markaziy banklari tizimi tomonidan
chiqarilgan).
Xulosa qilib aytganda, pulning barcha funksiyalari bir-biri bilan
uzviy bog’liq va ular bir-birini to`ldiradi. Pulning funksiyalarining
aynan shunday uzviy bog’liqligi va bir-birini to`ldirishi pul
muomalasining barqarorligi va samarasini ta`minlashga sharoit
yaratadi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida pulning ahamiyatining
oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar
faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bog’liq. Shuning
uchun ham, pul barcha iqtisodiy rivojlanish jarayonida odamlarni
o`ziga jalb qilib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning
fikricha, Arastu va Aflotundan boshlab
XX asrning boshigacha pul
to`g’risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop
qilingan. Agar biz, hozirgi kunda pul to`g’risida yozilgan va chop
qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan desak
mubolag’a bo`lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko`p bo`lishiga
qaramasdan, pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi,
roli, iqtisodiyotga ta`siri, nega alohida olingan individumlar qo`lida
pulning ko`payishi, ular boyligining ko`payishiga olib keladiyu,
jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko`payishi jamiyat
boyligi ortib borishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi,
degan savollarga hali
to`liq javob berilgan emas.
Pulning ahamiyati ko`p qirrali.
• Pul yalpi ichki mahsulotni (YAIM) yaratish, taqsimlash va
qayta taqsimlash jarayonlarida ishtirok etib, ijtimoiy kapitalning
aylanishiga vositachilik qiladi.
• Pul makroiqtisodiy muvozanatning muhim omilidir. Milliy
iqtisodiyotning uzoq muddatli muvozanatli o`sishiga erishish pulga
talab va taklifni muvozanatlashtirmasdan imkonsizdir. Bu iqtisodiy
32
o`sish sifatini oshirish, uning yuqori va barqaror sur’atlarini
saqlab
qolish uchun zaruriy shart bo`lib xizmat qiladi.
• Pul tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida muhim omil
hisoblanadi.
• Iqtisodiyotni pul bilan tartibga solish uchun pul kredit bilan
birga ishlatilishi mumkin. Milliy pul birligining ichki va tashqi
barqarorligi milliy iqtisodiyotdagi ichki va tashqi makroiqtisodiy
muvozanatning eng muhim shartidir. Shu sababli, milliy valyutaning
barqarorligini
ta’minlash aksariyat mamlakatlarda pul-kredit
siyosatining maqsadi hisoblanadi.
• Pullar tovar narxlarini belgilash,
tovarlarni sotishdan
tushadigan mablag’larni ularni ishlab chiqarish xarajatlari bilan
taqqoslash uchun ishlatiladi.
• Pullar mamlakatdagi hisob-kitoblarni baholash uchun zarur
bo`lib,
ularsiz
statistik
va
buxgalteriya
hisobini
yuritish,
korxonalarning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini nazorat qilish va ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish yo`llarini belgilash mumkin emas.
Iqtisodiy globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotlarning
tashqi omillarga bog’liqligida hamda tashqi iqtisodiy aloqalarda
pulning o`rni ayniqsa katta. Jahon pullari jahon moliyaviy oqimlarini
to`plash va qayta taqsimlash jarayonlarida vositachilik qiladi,
kapitalning bir mamlakatdan ikkinchisiga o`tishiga, mamlakatlar
o`rtasidagi tovarlar va xizmatlarning harakatiga xizmat qiladi.
Jahon bozorining milliy iqtisodiyotga ta’sir
etish vositalaridan
biri bu milliy valyuta kursidir. Uning darajasi tashqi savdoga, milliy
mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatdoshligiga, kapital eksporti
va importiga, pul muomalasi holatiga, inflyatsiya darajasiga, butun
ishlab chiqarish jarayoniga sezilarli ta’sir ko`rsatadi.
Dostları ilə paylaş: