O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qurbonova O’lmas Usmonovna



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/45
tarix25.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#134439
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
qiyosiy pedagogika

 
 
 
 
 
Mavzu: Yevropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya masalalarining olib 
borilishi va qiyosiy tahlili. 
Reja: 
1. Germaniyada ta’lim-tarbiya jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari. 
2. Fransiyada ta’lim siyosatining olib borilishi. 
3. Angliya ta’lim tizimi. 
4. Ayrim Yevropa mamlakatlari ta’lim tizimining qiyosiy tahlili. 
 
Tayanch so’zlar: 
Real maktab

maktabgacha tarbiya; boshlang’ich maktab; 
o’rta maktab; dastur; gimnaziya, litsey; oliy ta’lim.
 
Germaniyada mavjud bo’lgan asosiy qonun har bir fuqaroga o’z shaxsini 
erkin kamol toptirish, qobiliyatlari va qiziqishiga qarab maktab, o’quv yurti va 
kasb tanlash xuquqini beradi. Ta’lim sohasidagi siyosatning makqsadi shundan 
iboratki, u har bir insonni optimal darajada qo’llab-quvvatlash, uning manfaatlariga 
javob beradigan malakaviy tayyorgarlikdan o’tish imkoniyatini yaratadi. Har bir 
fuqaro hayoti davomida umumiy, kasbiy va siyosiy ta’lim olish imkoniyatiga ega 
bo’lishi lozim. Ta’lim sohasidagi siyosatning asosiy yo’nalishlaridan biri yosh 
avlodni demokratik mamlakatda mas’uliyat hissiga ega mustaqil fuqarolar etib 
tarbiyalashdir.
Germaniya sanoatlashtirilgan, xom ashyo jihatdan zaif mamlakat sifatida 
yaxshi tayyorlangan mutaxassislarsiz rivojlana olmaydi. Buning uchun Germaniya 
ta’lim sohasiga katta mablag’lar ajratadi. Masalan, 1995 yilda mamlakat 
miqiyosida o’quvchi yoshlar va talabalarni moddiy qo’llab-quvvatlash chora-
tadbirlari hisobga olingan holda maktab va oliy o’quv yurtlari uchun 158,2 mlrd 
marka miqdorida mablag’ ajratildi.
Huquqiy asoslar. Asosiy qonunning 7-moddasiga muvofiq butun maktab 
ta’limi tizimi davlat nazorati ostidadir.


42 
Federativ qurilishga muvofiq ta’lim sohasidagi vakolatlar federastiya va yerlar 
o’rtasida bo’linadi. Jumladan, Germaniyadagi mavjud 16 ta yerlarning hammasida 
ham o’zlarining ta’lim to’g’risidagi qonunlari mavjud.
Ta’lim sohasidagi qonunchilik va boshqaruv, asosan, erlarning vakolatiga 
kiradi. Bu, avvalombor, o’rta va oliy ta’lim tizimi, kattalarni o’qitish tizimi va 
ta’lim darajasini oshirish tizimiga tegishlidir.
«Maktab ta’limi tizimini muvofiqlashtirish» to’g’risidagi yerlararo bitim 
(1971 y. 14 sentyabrda qabul qilingan Gamburg bitimi) ushbu tizimning umumiy 
va qiyosiy tuzilmasini belgilaydi. Ushbu bitimga asosan yerlar qonunchilik 
organlari tomonidan maktabda ta’lim olishning majburiyligi, tashkiliy shakllar, 
imtihon natijalarini e’tirof etishga tegishli bo’lgan majburiy qoidalar qabul qilindi. 
Bundan tashqari qo’shimcha qarorlar qabul qilinib, yerlar madaniyat va ta’lim 
vazirlarining Doimiy anjumani (KMK) barcha yerlarda umumta’lim va kasb-hunar 
maktablarini tamomlaganlik hakidagi guvohnomalarni tan olish uchun ham 
umumiy asoslarni yaratadi.
Bular, xususan, gimnaziyalarning yuqori bosqichlarini qaytadan tashkil qilish 
to’g’risidagi, yetuklik shahodatnomasi uchun imtihonlarga qo’yiladigan yagona 
talablar to’g’risidagi va maktab ta’limi tizimida yakdillik va qiyoslashning zarur 
darajasini ta’minlaydigan birlashgan maktablarni tamomlaganlik haqidagi 
guvohnomalarni o’zaro e’tirof etish hakidagi qarorlardir.
Germaniya’ning birlashuvidan so’ng KMK doirasidagi bitimlarga asosan 
yangi yerlarning ta’lim tizimini tuzilmaviy qayta qurish markaziy vazifaga aylandi. 
Landtaglar tomonidan maktab to’g’risidagi qonunlar qabul qilingandan so’ng 
yangi yerlarning beshtasida 1992-1993 o’quv yili boshlanishi bilan maktab 
ta’limining ko’ppog’onali tizimi joriy etildi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin