45
talablarning darajasi o’quvchining birlashgan maktabni tamomlagandan keyin
qaysi turdagi guvohnomani olish istagi borligiga bog’liqdir: asosiy maktabni
tamomlaganlik haqida yoki gimnaziya’ning katta sinflarida o’qish huquqini
beradigan guvohnoma.
Ba’zi yangi erlarda maktabning boshqa turlari: «muntazam»— (Tyuringiya),
«o’rta» (Saksoniya) va «ikkinchi bosqich maktabi» (Saksoniya-Angalt) mavjud.
Saar erida «chuqurlashtirilgan real maktab» mavjud. Ularda asosiy va real
maktablarga xos ta’lim tizimlari birlashgan; 7-sinfdan o’qish o’quvchining
maktabni tamomlaganlik haqidagi qaysi turdagi guvohnoma olish istagi borligiga
qarab sinflarda yoki kurslarda davom ettiriladi. Bu maktabning 9-10-sinflarini
tamomlaganlik haqidagi guvohnomalar, «ikkinchi bosqich maktab»larining boshqa
turlaridagidek beriladi va barcha erlar tomonidan 1993 yil Madaniyat va Ta’lim
vazirlarining anjumanida qabul qilingan va tahrir qilinib, 1995 yildan kuchga
kirgan shartnomaga muvofiq tan olinadi.
Shuningdek, aqlan zaif va nogiron bolalar uchun maxsus maktablar ham
mavjud. Ularga nisbatan ham maktabda ta’lim olishning majburiylik tamoyili
qo’llaniladi.
Ta’lim olishning ikkinchi yo’li — maktabda ololmagan bilimning o’rnini
to’ldirish. Kechki gimnaziyalar mehnat faoliyati bilan band bo’lgan hamda
shahodatnoma olish uchun imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish qobiliyatiga ega katta
yoshdagi fuqarolarga mo’ljallangan.
O’qituvchilar. Germaniyadagi maktablarning har bir turida — maxsus
ma’lumotga ega bo’lgan o’qituvchilar ishlaydi. O’qituvchi bo’lib ishlashning
asosiy sharti oliy ma’lumotga ega bo’lishdir, lekin oliy ma’lumot olishning
shakllari va muddatlari turlicha bo’lishi mumkin. Boshlang’ich va asosiy
maktabning bo’lajak o’qituvchisi, odatda, 7 semestr o’qiydi. Real, aqlan zaif va
nogiron bolalar uchun maxsus maktablar, gimnaziyalar va kasb-hunar maktablari
o’qituvchilari uzoq muddatli, ya’ni 8 semestrdan 9 semestrgacha o’qishlari lozim.
O’qishni tamomlaganlaridan so’ng o’qituvchi lavozimiga nomzodlar birinchi
davlat imtihonini topshiradilar. Shundan so’ng pedagogik amaliyot (odatda— 2
yil) va ikkinchi davlat imtihoni bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: