Yirik kutubxonalari: Qand-A'zam universiteti kutubxonasi, Karochi
universiteti kutubxonasi, Panjob universiteti kutubxonasi Hamdard fondi
kutubxonasi, Markaziy kotibyat kutubxonasi, Pokiston ilmiy kutubxonasi
(Islomobod). Yirik muzeylari: Karochidagi Pokiston ilmiy muzeyi, Lohur muzeyi,
Peshovar muzeyi, Lohur qalasi muzeyi, Milliy muzey.
Tojikiston ta'lim tizimi Ma'orifi ilmiy va madaniy ma'rifiy muassasalari. Maorif boshlang'ich, to'liqsiz
o'rta, umumiy o'rta ta'lim maktablaridan o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida
iborat. Yirik oliy o'quv yurtlari: Tojikiston universiteti, politexnika qishloq
xo’jalik, tibbiyot pedagogika institutlari, Ko'lob va Xo'jand pedagogika institutlari.
Bundan tashqari yurli vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalar bor. 1999 yil
Tojikistondagi 8 ta yirik oliy o'quv yurtlarining tashabbusi bilan tuzilgan Fan va
maorifni rivojlantirish uyushmasi oliy o'quv yurtlari muassasalari jamoalarini
birlashtirdi. U yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqib, uni oliy va o'rta ta'lim
tizimiga joriy etish, rivojlantirish, xalqaro ta'lim andozalarini Tojikiston oliy va
o'rta ta'lim tizimiga joriy etishga, bu sohada xalqaro tajriba ayirboshlashga
ko'maklashish kabi ishlar bilan shug'ullana boshladi. Tojikistonda Firdavsiy
nomidagi Tojikiston davlat kutubxonasi, Tojikiston Fanlar akademiyasining
Markaziy ilmiy kutubxonasi va mingdan ortiq ommaviy kutubxona, 15 davlat
muzeyi bor.
Nazorat savollari: 1. Yaponiya ta’lim tizimi va uning tarkibini izohlang.
2. Boshlang’ich, o’rta ta’lim jarayonini tashkil qilish qanday amalga
oshiriladi?
3. O’rta maxsus va hunar-texnika ta’limining mazmunini yoritib bering.
4. Koreya ta’lim tizimi va uning tarkibini izohlang.
5. Xitoy ta’lim tizimi va uning qiyosiy tahlili.
6. Hindiston ta’lim tizimi va uning tarkibini izohlang.