O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qurbonova O’lmas Usmonovna


FRANSIYADA TA’LIMNING AMALGA OSHIRILISHI



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/45
tarix25.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#134439
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
qiyosiy pedagogika

 
FRANSIYADA TA’LIMNING AMALGA OSHIRILISHI
Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi 
o’rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega.
Bu mamlakatda «Ta’lim haqida»gi qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 
1975 yilda unga bir qator o’zgarishlar kiritildi.
Fransiya davlatining hozirgi davrida amal qilayotgan “Ta’lim haqida”gi 
Qonun 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo’lib, uning o’zgartirilishiga ta’lim 
strategiyasida ro’y bergan o’zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatidagi 
islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg’or 
tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o’quv predmetlaridagi 
integrastiyalar va boshqalar sabab bo’ldi.
Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini 
ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida 
o’quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o’rgatish, shunga 
yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir.
Mamlakatda maktablar davlat, xususiy, oralis maktablariga bo’linadi. 
O’qitiladigan predmetlar ichida frantsuz tili va adabiyoti, o’qish va yozuv alohida 
ahamiyatga molik bo’lib, ularga ajratilgan vaqt dars tarkibining 30 foizini tashkil 
etadi. Umuman, tarkibdagi 45 foiz darslar gumanitar yo’nalishda, qolganlari tabiiy 
fanlardir. Sinflarning o’rtacha xaftalik darslari 26 soatdan iborat, darslarning 
davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalarning o’rtacha soni 35-40 ta, o’quv yili 
5 chorakka bo’linadi.
Boshlang’ich sinflardagi o’qish ertalabki va tushdan keyingi qismlarga 
bo’linadi. Ertalab o’quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa 
predmetlardan saboq oladilar. Fransiya maktablarida ona tili va adabiyoti hamda 
matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya 
predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin