53
Umumiy ta’lim yo’nalishidagi uch yillik ta’lim litseylarida
quyidagi fanlar
o’qitiladi: adabiyot tarixi, ona tili va adabiyoti,
lotin tili, chet tili (ingliz, nemis,
ispan, italyan tillari bo’lishi mumkin), tarix, geografiya, Fransiya ekonomikasi.
Xuddi shu 3 yillik bosqichli texnik litseylarda uning yo’nalishlariga qarab
matematika, fizika, ximiya hamda boshqa tabiiy fanlar o’qitiladi. Shunisi diqqatga
sazovorki, o’quvchining bu bosqichda chet tillarni o’rganishiga katta e’tibor
beriladi. Talab, o’qishni tugatgach, o’quvchilar kamida 2 ta chet tilini mukammal
bilishlari kerak.
O’quvning bu bosqichini guvohnoma bilan tugallagan o’quvchilar oliy
maktab sanalmish institutlar va universitetlarga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega
bo’ladilar.
Lekin hamma oliygohlarga ham imtihonsiz kirib bo’lmaydi. Talabalar oliy
pedagogika
instituti, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish
imtihonlari
bilan qabul qilinadilar, ularning shu kasbga moyilligi ham alohida
sinab ko’riladi.
Dostları ilə paylaş: