Kanada ta'lim tizimi Shimoliy Amerikaning shimoliy qismi va unga yondosh orollarda joylashgan
davlat. Maydoni 9971 ming km . Aholisi 31,59 miln. kishi (2001). Poytaxti-
Ottava. Ma'muriy jihatdan 10 viloyat va 3 hududga bo'linadi.
Maorifi: ilmiy va madaniy ma'rifiy muassalari: Kanada tarixon ingliz va
fransuz maktabi tizimlari tarkib topgan. Inglizcha tizim A.Q.SH maktab tizimiga
o'xshash: 12 yillik umumiy ta'lim maktabi 6 yillik boshlang'ich 3 yillik kichik o'rta,
3 yillik katta o'rta maktablardan yoki 8 yillik boshlang'ich va 4 yillik o'rta
maktablardan iborat. Kvebek viloyatida fransuzcha ta'lim tizimi, 6 yillik o'rta
maktab ishlaydi. 5-7 yoshdan 14-16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun bepul
majburiy to'liqsiz o'rta ta'lim joriy etilgan. Davlatga qarashli ta'lim bepul bo'lgan
maktablar bilan bir qatorda xususiy (pulli) asosan diniy va etnik guruhlar
qaramog'idagi maktablar ham bor. Ulardagi darslar o'sha guruhlar tilida olib
boriladi. Oliy o'quv yurtlarida pul to'lab o'qiladi. Barcha viloyatlarda universitetlar
bor. Yiriklari: Goronto, Vankuver, Kingizton, Monreal, Kvebek universitetlari,
ilmiy muassasalari.
Yirik kutubxonalari: Parlament, xalq, milliy (hammasi Ottavada) Monreal
va Gorontodagi xalq kutubxonalari shuningdek, Goronto, Monreal Vankuyer
universitetlari huzuridagi kutubxonalar. Ottavada Kanada milliy muzeyi, Milliy
galeriya, Milliy san'at markazi, Ontario viloyatida Qirollik muzeyi, Gorontoda
badiiy galeriya, Monrealda badiiy muzey Kvebek shaharda Kvebek viloyati
muzeyi bor.
Nazorat savollari: 1. AQSH ta’lim tizimining o’ziga xos jihatlarini yoritib bering.
2. Niderlandiyada majburiy ta’lim qanday amalga oshiriladi?
3. Niderlandiya xunar-texnika bilim yurtlarida tinglovchilarga qanday ixtisosliklar
bo’yicha ta’lim beriladi?