O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Bo’l muloyim ko’b g’urur etma qilib bizga sitam



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə66/150
tarix26.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134982
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150
Maktabgacha va boshlang’ich-hozir.org

Bo’l muloyim ko’b g’urur etma qilib bizga sitam.
U kishilarni el-yurtga sadoqatli xizmat qilishga, xalqning tinch va yaxshi hayoti uchun kurashishga, ularni ilm nuridan bahramandchaqiradi:
Tobmasun qadrlari ahli jahon ichra kasod,
Kunda xizmatlarig’a elni xaridor ayla.
Ko’tarib jahl g’uborini olar ko’nglidin,
Ilm nuridin oni oyina kirdor ayla.
Murabbiy shoir kishilarni insofga chaqirib, agar xalqqa xizmat etib, minnat yoki biror narsa ta’ma qiladigan bo’lsang, olijanob fazilatlarga ega emassan deydi:
Roqimo, xizmat etu qilma ta’ma bir hora pul,
Qon’ o’lsang senga haq ne’mati arzon aylar.
U insonlar o’rtasidagi vafo va sadoqat, ahillik va do’stlikni orzu qilib shunday deb yozadi:
Maqsadni ravoq ayvonlarga naqsh bezaklar berish,
Falakka bosh cho’zgan oliy binolar qurish,
Dilrabo bog’u bo’stonlarga gullaru Rayxonlar ekish,
Ham mevali daraxtlar ekib, ularni parvarish qilish,
Bo’lsa ishlarni barchasin paydo bo’lishini bilish.
U johil, munofih va riyokor odamlarga xos bo’lgan xatti-harakat va fe’l-atvorni qattiq qoralarkan, bunday odamlar bilan do’stlashish kishini yuz ming balolarga giriftor qiladi, deb uqtiradi:
Oqil ersang dahr zoli birla bo’lma oshno,
Oshno bo’lsang qilur yuz ming baloga mubtalo.
Shuningdek, Roqimshe’rlarida mehnatsevarlikni ham tashviq etadi:
Kelki sensiz yuz tuman mehnat menga bo’lmish nasib,
Muncha mehnat jonima ko’rub ravo kelmasmusen.
Xulosa qilib aytganda, ma’rifatparvar shoir Roqim axloqiy va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan fikrlari bilan ilg’or ijtimoiy-pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shdi.50
Munis Xorazmiyning ma’rifiy-didaktik qarashlari
SherMuhammad Avazbiy o’g’li Munis Xorazmiy (1778-1829) XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmida Xorazmda yashab ijod etgan yirik o’zbek shoiri, mohir tarjimon, iste’dodli tarixnavis va husnixat maktabini yaratgan olimdir. U “Munisul-ushshoq” devoni, ma’rifiy-tarbiyaviy “Savodi-ta’lim” risolasi, “Firdavs-ul-iqbol” solnomasi hamda o’zbek tiliga o’girgan “Ravzat-us-safo” (Mirxond) asari bilan o’zbek xalqi madaniyati tarixi xazinasiga munosib hissa qo’shdi.
SherMuhammad Munis 1778 yili Xeva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida mirob oilasida tug’ildi. Munis uning adabiy taxallusi bo’lib, “ulfat”, “hamdam”, “do’st” demakdir. Munisning otasi Avazbiy mirob o’z zamonasining fozil va ma’rifatga mayl bildirgan ilg’or fikrli kishilaridan edi.
Munis boshlang’ich ta’limni o’z qishlog’ida olganidan so’ng Xevadagi madrasalardan birida tahsil ko’rdi. “Firdavs-ul-iqbol”da ta’kidlanishicha, madrasada “ilmu fazl”ga chanqoq Munis tengdoshlari bilan “bazmi kitob” qilardi. Chunonchi, Muhammad Xoksor tomonidan yozilgan (1798 y) “Muntahaballug’at”dan foydalanilgan o’nlarcha dunyoviy ruhdagi asarlar ana shu “bazmi kitob”larda munozara va mushohadalarning asosiy mavzusi va manbasi bo’lganligi to’g’risida Munis o’zining “Firdavs-ul-iqbol” asarida “...she’rshunoslar va latifago’ylikdan o’zga so’z joriy bo’lmas edi”, deb yozadi.
Shuningdek, Munis “Firdavs-ul-iqbol”da o’z ustozi, madrasa mudarrisi Saideshonxo’janing etuk shoir, dunyoviy fanlarni chuqur bilimdoni bo’lganligi to’g’risida ham to’xtalib, murabbiy huzuridagi fozil kishilar suhbati, she’riyat kechalari uning zehnida ta’sirchan iz qoldirganligini ta’kidlaydi. Munis madrasa dasturi bo’yicha ta’lim olibgina qolmasdan, balki bo’sh vaqtlarida ilm va ma’rifat ahllari bilan bo’lgan aloqalari va dunyoviy kitoblarni mustaqil mutolaa qilishga berilganligi to’g’risida “Munisul-ushshoq” devoniga yozgan so’z boshisida bunday deb yozadi:

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin