O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetining jizzax filiali amaliy matematika fakulteti «kompyuter ilmlari va dasturlashtirish»



Yüklə 57,76 Kb.
səhifə3/13
tarix14.12.2023
ölçüsü57,76 Kb.
#140703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m-fayllar.org

Kurs ishini maqsad va vazifalari
Oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga asosan talabalar mutaxassisligi boʻyicha tegishli fanlardan nazariy va amaliy bilim olish bilan bir qatorda, ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali chuqur bilim sohibi bo‘lishini nazarda tutib, talabani kurs va bitiruv malakaviy ishini yozish va himoya qilishdek muhim qoida kiritilgan.
Kurs ishi – bu ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish jarayonida olgan nazariy va amaliy ko‘nikma va malakasi asosida ilmiy rahbar tomonidan berilgan (tanlangan) mavzuning talaba tomonidan mustaqil yozilgan va tugallangan hamda talabaning adabiyotlar bilan ishlay olishini, olgan materiallarini tahlil qilishi va umumlashtirishini namoyon etuvchi ilmiy-tadqiqot ishidir.
Kurs ishining maqsadi – talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurliligini va sifatini belgilash xisoblanadi. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: “Algoritmik tillar va dasturlash” fanidan tanlangan kurs ishi mavzusi boʻyicha mavjud Algoritmik tillar va dasturlashda muammolar mohiyatini nazariy va amaliy asoslash va mazmunli yoritilishi;
Algoritmlar tillar va nazariyasi usullari mazmunini yanada teran va chuqur mantiqiy mushohada qilishi;
Amaliy masalalarni yechimini hisoblashda amaliy koʻnikmalar hosil qilishi;
internet ma’lumotlari, hisobotlar va xujjatlarni tahlil qilish;
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish hamda ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan yoʻl-yoʻriq, xulosalar va koʻrsatmalarni ishlab chiqish.
Kurs ishini bajarish jarayoni oʻquv jarayonning ajralmas qismi boʻlgani uchun toʻgʻri tashkil etish, yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta’sir koʻrsatadi.
Shuning uchun kurs ishini bajarish davomida talaba oʻz mehnatini quyidagi bosqichlar boʻyicha toʻgʻri taqsimlashi katta ahamiyatga ega:

Kurs ishini bajarishda talaba oʻz ustida ishlashi bilan bir qatorda kurs ishi rahbarlari bilan maslahatlashishi va tegishli koʻrsatmalar asosida faoliyat koʻrsatishi zarur hisoblanadi.



Yüklə 57,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin