Tadqiqot obyekti va predmeti. O‘zbek tilshunosligida tadqiq etilgan yordamchi so‘zlar hisoblanmish ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalar ishning obyekti hisoblanadi. Shu til birliklarining substansial-pragmatik xususiyatlari ishning predmeti sanaladi.
Тadqiqot maqsadi va vazifalari. O‘zbek tili yordamchi so‘zlari umumiy grammatik ma’nosi murakkab tarkibli bo‘lib, unda hodisaning substansial mohiyati bo‘lgan kategorial ma’no bilan birgalikda boshqa yondosh va hamroh ma’nolar qorishgan holda mavjud ekanligini, bu umumiy ma’noning nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorlik qilishini asoslashdan iborat.
Tadqiqot vazifalari quyidagilardan iborat:
-o‘zbek tilshunosligining taraqqiyot bosqichlarini jahon til ilmi rivoji fonida baholash;
-lisoniy ma’noning nutqiy voqelanishini tekshirish tilshunoslikning yangi empirik bosqichi ekanligini dalillash;
-yordamchi so‘zlar umumiy grammatik ma’nosi tarkibi kategorial, yondosh va hamroh ma’nolardan iborat bo‘lishini asoslash;
-yordamchi so‘zlar umumiy grammatik ma’nosi nutqiy voqelanishini lisoniy tizim yaxlitligi nuqtai nazaridan yoritish;
- yordamchi so‘zlar umumiy grammatik ma’nosi nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligini tavsiflash.
Dostları ilə paylaş: |