O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti Iqtisodiyot Ta’lim yo’nalishi III kurs iu-20 o’zbek guruhi talabasi Zakirova Zarinaning


“Agrobank” ATB ning xizmat turlari va tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 74,08 Kb.
səhifə3/13
tarix12.10.2022
ölçüsü74,08 Kb.
#118256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
prak.Agrobank Zakirova Zarina1

1.2 “Agrobank” ATB ning xizmat turlari va tashkiliy tuzilmasi
Bank siyosatining tahlili natijasini aniqroq chiqarish va uni olib borish bank marketingiga, chambarchas bog’liqdir. Buning uchun esa avvalo tashkilotning, aniqrog’i bankning tashkiliy strukturasini to’g’ri va optimal tuzish talab etiladi. Bu masala ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zining birlamchi ko’rsatkichlaridan ekanligini namoyon qildi. Bankning tashkiliy strukturasi bu amalga oshirilayotgan jarayonlarni to’la hisobga olgan holda bank va xodimlar faoliyatini bajarish va tashkil etish tizimidir. Bank marketingi esa shu ma'lum bir regionda va regiondan tashqarida bank xizmatlariga bo’lgan talab va taklifni o’rganish, bank xizmatlariga bo’lgan talabni boshqarish va qondirish, turli banklar tomonidan amalga oshirilayotgan bir turdagi operatsiyalar harajatini taqqoslash, reklamani amalga oshirish tizimidir. Bank marketingi birinchi navbatda bankning potentsial mijozlarini qidirib topishini bildiradi. Bank mijozni hamda o’zining iqtisodiy potentsialini birgalikda qo’shib o’rganadi. Bank xizmatini yangi turlariga bo’lgan talabni o'rganish hozirgi zamon banklarining eng dolzarb masalasidir. Oxirgi yillarda bank muamolasiga kiritilgan; Faktoring, lizing, ishonch (trast), vositachilik xizmatlari va ularga bo’lgan talabni o’rganib chiqish shular jumlasiga kiradi.
Tijorat banklarinig maslaxat xizmati, qimmatbaho qog’ozlar bilan operatsiyalari ham bundan mustasno emasdir. Bankning o’z marketing xizmatini olib borishi bir necha usullariga ega. Bularning eng birinchisi hamda oddiysi mijozlar bilan olib boriladigan bevosita olib boradigan muloqatidir. Mijozni ham bank ishchisini moddiy tomonidan rag’batlantirilishi bu vazifani xal qilishning asosiy mezonlaridan biridir.
"Agrobank” ATBning tashkiliy strukturasi ham bank sohasida faoliyat olib borishda optimal tuzilmalardan biri hisblanadi desak hato bo’lmaydi. Mamlakatimizda olib borilayotgan moliya-bank tizimidagi islohotlar natijasida bugun yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan bank muassasalari katta-kichik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari, dehqon hamda fermer xo’jaliklarining ishonchli hamkoriga aylandi. Negaki, yalpi ichki mahsulot hajmi, aholi real ish haqi va daromadlarining o’sishida, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida o’z xaridoriga ega bo’lishida, ijtimoiy ob’ektlar hamda turar-joy binolari barpo etishdek keng ko’lamli bunyodkorlik ishlarida qo’lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarda aynanbank muassasalarining moliyaviy ko’magi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bankning yuksak vazifasi - o'z mijozlariga ularning bizneslari talablariga javob beruvchi keng qamrovli bank xizmatlarini professional darajada taqdim etib, respublikada tadbirkorlikning mustahkamlanishiga ko'maklashish. Ushbu vazifani amalga oshirishda AT «Agrobank» doimiy ravishda o'zining korporativ qadriyatlariga asoslanib faoliyat yuritadi.
Korporativ qadriyatlar:
Kasbiy mahorat. AT «Agrobank» bilan ish olib borayotgan har qanday mijoz sifatli xizmat ko'rsatilishi hamda mahsulotlardan foydalanishda eng maqbul qaror va maslahatlar taqdim etilishiga amin bo'lishi mumkin.
Ishonchlilik. AT «Agrobank» biznes sohasida yaxshi nom orttirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yib, mijozlar, hamkorlar va davlat organlari bilan halollik, o'zaro ishonch, ochiq siyosat va hamjihatlikka asoslangan o'zaro munosabatlarda ish etikasining yuksak me'yorlariga rioya qiladi.
Ochiqlik. AT «Agrobank» faoliyati mijozlar, xodimlar, jamoatchilik va davlat bilan bo'ladigan ochiq va samimiy munosabatlarga asoslangan.
Qonuniylik. AT «Agrobank» o'z faoliyatini qonuniy asoslarga tayanib olib borishi bilan birga, noo'rin tavakkalchilik va shubhali (g'ayriqonuniy) bitimlar tuzilishiga yo'l qo'ymaydi.
Innovatsion g'oyalarni qo'llash. AT «Agrobank» doimo har bir mijozga jahon miqyosidagi bank ishi va innovatsion g'oyalarning eng zamonaviy yutuqlariga asoslangan bank mahsulotlari va xizmatlarining majmuasini taqdim qilishga intiladi.
Xalqaro hamkorlik. AT «Agrobank» mamlakatimiz korxonalariga chet el investorlarini jalb qilish va xorijiy hamkorlarga O'zbekistonda o'zlarining biznes faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zamonaviy g'oyalarni taklif etadi.
Samaradorlik. Har bir operatsiyani amalga oshirishda AT «Agrobank» qisqa vaqt ichida mehnat va moliyaviy resurslardan eng maqbul ravishda foydalangan holda eng yuqori natijalarga erishishni ko'zda tutadi.
Bank o'z biznesini quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshiradi:
Shaffoflik. Bank doimo faoliyatida sodir bo'layotgan muhim voqealar to'g'risida ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi, chunki axborotlarning shaffofligi – mijozlar va hamkorlarning bankka bo'lgan yuqori darajadagi ishonchi uchun asos va poydevordir.
O'zaro ishonch. Bank o'z mijozlarini biznesni rivojlantirishning asosi deb hisoblagan holda ularning bankka bo'lgan ishonchini qadrlaydi hamda munosabatlarni o'zaro manfaatli sharoitlarda mustahkamlaydi.
Professionallik. Professionallar jamoasini shakllantirgan holda bank o'z hodimlarining malakasini muntazam oshirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratadi,ularning ijtimoiy himoyasi hamda motivatsiyasi haqida qayg'uradi.
Novatorlik. Bank mijozlarining talablariga to'liq javob berish uchun o'tgan davr tajribasi va bugungi kunning innovatsion echimlarini birlashtiradi.
Hozirgi kunda AT «Agrobank»:
O’zbekiston Respublikasi banklar Assotsiatsiyasi a’zosi;
O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi qatnashchisi;
Fuqarolarning banklardagi "Omonatlarini kafolatlash jamg’armasi" a'zosi;
“Toshkent” Respublika fond birjasi qatnashchisi;
O’zbekiston umumdavlat to’lov tizimining a’zosi;
SWIFT xalqaro to’lov tizimi a’zosii;
VISA xalqaro to'lov tizimi a'zosi;
O'zbekiston linzing beruvchilar Assotsiatsiyasi a'zosi; sindikatli kreditlash tashabbus markazi hisoblanadi.
Bank WESTERN UNION, UNISTREAM, ЗОЛОТАЯ КОРОНА, CONTACT, MONEY GRAM kabi xalqaro pulo’tkazmalari tizimlari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o’rnatib kelmoqda.
Vakillik munosabatlari:
AJ Alfa-Bank
AG Commerzbank (Germaniya);
PAO "Sberbank" (Rossiya)
YAJ Azia-Invest Bank (Rossiya);
KB Kookmin Bank (Koreya Respublikasi);
AJ TengriBank (loro hisobraqam, Qozog'iston Respublikasi);
OAJ Dos-Kredobank (loro hisobraqam, Qirg'iziston Respublikasi).
Bank auditori – PricewaterhouseCoopers (2008-2010 yy, 2012-1014 yy.)
Bank aksiyadorlari sifatida quyidagi bir qator nufuzli kompaniyalar, tashkilotlar va qo’shmakorxonalar o’rin olgan:
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
“O’zbekiston Respublikasi Тiklanish va Тaraqqiyot Jamg’armasi;
"O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi;
Elektromagnit moslashuv markazi;
Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti;
“Alskom” sug’urta kompaniyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi;
"DD GENERAL INSURANCE" ma'suliyati cheklangan jamiyat;
“O’zbekiston pochtasi” aksiyadorlik kompaniyasi;
"MEHNAT" ma'suliyati cheklangan jamiyat;
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi.

Yüklə 74,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin