1.1 Bank nomi va uning tashkil etilish tarixi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank - bu tijorat muassasasi bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarning bo'sh turgan pul-mablag'larini jalb qilish va ularni o'z nomidan, to'lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi. Ba'zi adabiyotlarda bank - bu korxona deb ham izox beriladi. Ma'lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat bankalarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o'xshatish mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari o'z faoliyatini o'z asoschilari-aksionerlarning manfaatlarini, ikkinchidan, o'z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashdan iborat. Tijorat banklari bank tizimining muhim bo'gini bo'lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu bankarda yig'iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga xizmatlarini ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy bankdan keyingi ikkinchi pog'onasi hisoblanadi. Bank tizimi orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida, iqtisodiyotni boshqarishning moliyaviy sohasida markaziy bo’g’in sifatida bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida hukumron mavqega ega bo’lgan, tovar, pul muomalasini boshqarish va u orqali tushum xo’jalik faoliyatini boshqarish muammosini olg’a suradi. Shu sababli banklar, moliya - kredit jarayonlarini boshqarish markazlari sifatida faqat bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z ahamiyatlarini to’la namayon etadilar, moliyaviy tizimni markaziy bo’g’iniga, pul muomilasini tashkil qilish, uning barqarorligini ta’minlashning bosh sifatchisiga aylanadilar. Shuni unutmaslik kerakki, banklar orqali pul saqlaydigan joy, uni tarqatadigan yoki kredit beradigan kassa emas. Banklar iqtisodiyotni boshqarish va tuzilmaviy siyosatni amalga oshirishning qudratli qurolidir. Ma’lumki, bunday siyosatni moliya, kapital zaxiralarini qayta taqsimlash yo’li bilan ustuvor yo’nalishlarda bo’lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlar yaratiladi. Banklar endi mablag’larni moliyaviy resurslarni kreditlar tarzida, ya’ni yaxshi foyda va samara beradigan markazlarga, sohalarga, mintaqalarga yo’naltiriladi.
O‘zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta’sir eta oluvchi qudratli tizimga aylangunga qadar uzoq evolyutsion rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Bu yo‘lda «AGROBANK» ATB hambir qator qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. 1988 yil - Bank 1988 yil 1 yanvarda O'zSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankining bo'linmasi sifatida O'zSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan.
1990 yil - 18.07.1990 yildagi SSSR Vazirlar Maxkamasining №703 sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib chiqqan xolda mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi O'zbek aksionerlik tijorat bank "Uzagroprombank" tashkil etish to'g'risidagi qaror qabul qilindi.
1993 yil - mamlakatning tarixida birinchi marta "Uzagroprombank" tomonidan Turkiya "Ziroat Banki" bilan birgalikda "UT Bank - O'zbekiston - Turkiya" qo'shma banki ta'sis etildi.
1994 yil - "Uzagroprombank" birinchi bo'lib nominal qiymati 1000 so'mlik bo'lgan 100 mln so'mlik aksiyalarni chiqardi.
1995 yil - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 iyuldagi №294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki "Uzagroprombank" asosida yangi ochiq aksiyonerlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
1997 yil - "Paxta-Bank" SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati a'zoligiga qabul qilindi.
1998 yil - OATB "Paxta Bank" Osiyo-Tinch okeani qishloq xo'jaligini kreditlash assotsiatsiyasining (APRAKA) a'zosi bo'ldi.
1999 yil - OATB "Paxta Bank" qishloq xo'jaligini kreditlash Xalqaro Kenfederatsiyasi (KIKA) ning teng huquqli a'zosiga aylandi .
2000 yil - Evropa tiklanish va taraqqiyot banki keridt linyasini jalb etish bo'yicha bitm imzoladi.
2001 yil - "Paxta Bank"ning birinchi plastik kartochkasi joriy qilindi.
2001 yil - Eksimbank va Xitoy Xalq respublikasining kredit liniyasi ochildi.
2003,2004,2007,2008,2009 - Britaniyaning "FT Business Financial Times" gazetas va "The Banker" jurnali fikriga binoan bank O'zbekiston respublikasida "Yil banki" sifatida tan olindi.
2007 yil - "Paxta Bank" O'zbekiston Respublikasidagi tijorat banklar ichida birinchi bo'lib Fitch Ratings xalqaro reyting kompaniyasining to'liq xalqaro reytingini olishga muvaffaq bo'ldi.
2008 yil - Axolining omonatlarini jalb qilish bo'yicha banklararo tanlovda "Eng yaxshi emitent bank" nominatsiyasi bo'yicha Paxtabank 1 - o'rin soxibi bo'ldi hamda "Qishloq joylarida joylashgan axoli omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi bank filiali" nominatsiyasi bo'yicha "OATB Paxtabank"ning Chust filiali 1 - o'rin soxibiga aylandi hamda diplom va bosh sovrin "Damas" avtomabili bilan taqdirlandi.
2009 yil - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009 yildagi №101084-sonli qaroriga asosan OATB "Paxta-Bank" asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
2010 yil - Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasining 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi.
2013 yil - Turkiyaning "Ziroat" bankidan 5 million AQSh dollari miqdorida kredit linyalari jalb qilinishi bo'yicha shrtnoma imzolandi.