102
o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir
fanning maqsad va vazifalari,
shuningdek, sinf (guruh)dagi o’quvchilarning
o’zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. SHuningdek, baholash
mezonlarini ishlab chiqishda o’quvchilarning og’zaki javob berishlari, ko’nikma va
malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan,
kimyo darsidan baholash
mezonlariga o’quvchilarning og’zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara
olishlari va amalda mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi.
Buni «4» baho misolida aniqlashtiramiz: og’zaki javob berish jarayonida «4» baho
qo’yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo’lsa:
1)
o’rganilayotgan mavzu yuzasidan to’g’ri javoblar berilsa;
2)
material mantiqiy ketma-ketlikda
aniq bayon etilsa;
3)
o’qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega
bo’lmagan xatolar yo’l qo’yilsa yoki to’liq bo’lmagan javob aytilsa.
Yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar
namoyon bo’lsa:
1)
masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo’lmasa;
2)
topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo’lmagan
bir-ikki xatoga yo’l qo’yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo’lsa.
Amalda bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo’yiladi, quyidagi holatlar
namoyon bo’lsa:
1)
ishni to’liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chiqara olmasa;
2)
ishni
bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo’lmagan
xatolarga yo’l qo’yilsa.
Bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosa chiqarish mumkin:
o’quvchilarning bilimlari uchun besh balli tizimda baholar quyidagi holatlarda
qo’yiladi:
1. «5» baho: a) o’quvchi materialni to’liq o’zlashtirib olgan bo’lsa; b)
o’rganilgan mavzu bo’yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v)
egallangan bilimlarni amalda qo’llay olsa; g) o’rganilgan mavzuni bayon qilishda,
yozma ishlarda xatolarga qo’l qo’ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa
qo’yiladi.
2. «4» baho: a) o’quvchi o’rganilgan
mavzuning mohiyatini bilsa; b)
o’qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni
amaliyotda qo’llay olsa; g) og’zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo’l
qo’ymasdan, o’qituvchining qo’shimcha savollari bilan xatolarini to’g’rilay olsa
hamda yozma ishda uncha jiddiy bo’lmagan xatoga yo’l qo’ysa;
3. «3» baho: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuni o’zlashtirgan, lekin
mustaqil tushuntirish berishda o’qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj
sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzilishini o’zgartirib berganda,
javob berishga
qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo’lsa.
103
4. «2» baho: o’quvchi o’rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq
mavzuni o’zlashtirmagan, yozma ishda qo’pol xatolarga yo’l qo’ysa.
Nazorat uchun savollar
1. Menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi?
2. Metodika birlashmasining hujjatlariga qanday hujjatlar kiritiladi?
3. Ta’lim muassasasida metodik kengash va fan metodik birlashmalari ish
mazmuni haqida ma’lumot bering.
4. Direktor va uning o’rinbosarlari vazifalari nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: