Hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan ta’lim tizimi inklyuziv ta’lim deyiladi. Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish
hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko’zda
tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir.
Inklyuziv ta’lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada emas,
balki dastur va metodologiyada deb hisoblaydi. Bunday ta’lim tizimiga ba’zi bir
o’zgartirishlar kiritishni taqazo etadi. Bunda har bir bolaning ehtiyojini hisobga
olgan holda o’quv rejalari tayyorlanadi, uslubiyotning psixologik muammolari
bilan bog’liq tomonlari to’g’ri yo’lga qo’yiladi. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarni,
shu jumladan, nogiron bolalarni ham o’zlari xohlagan maktabda o’qishi mumkin,
deb xulosa chiqaradi.
1
Ture Yonsan
―Inklyuziv ta’lim-Toshkent-YUNESKO-2003 yil. 99-bet
107
Bola huquqlari xalqaro Konvensiyadan kelib chiqib, yaxshi maktab
ta’limini uch xil ibora bilan ta’riflash mumkin, ya’ni:
- mos keluvchi;
- rivojlantiruvchi;
- inklyuziv;
Maxsus ehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, o’qituvchi va tarbiyachilar
faoliyati inklyuziv ta’limda o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday ta’lim tufayli maxsus
etiyojli bolalar:
- jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar;
- ijtimoiy xulq va o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish malakalarini yaratadilar;
-ularning
imkoniyatlarini
hisobga
olgan
o’quv
materiallarini
o’zlashtiradilar;
- tengqurlari bilan turli o’yinlarda ishtirok etib rivojlanadilar;
- jismoniy tarbiya darslarida shaxmat-shashka o’yinlari, turli sport
musobaqalarida vaqtni kuzatuvchi hakam yoki darvozabon bo’lishlari mumkin;
- do’stona muhitda do’st orttiradilar;
- turli ko’ngilochar va bayramona dasturlarda ishtirok etadilar. Boshqa
bolalar esa;
- do’stona muhitni yaratadilar;
- maxsus ehtiyojli bolalarga g’amxo’rlik qiladilar,ularni turli o’yinlarga jalb
qiladilar;
- sinf tadbirlarida ishtirok etadilar;
- tozalik va ozodalikni ta’minlaydilar;
- jamoa oldida ma’suliyat hissini rivojlantiradilar;
- didaktik o’yin vositalarini tayyorlashda birgalikda ishtirok etadilar;
- o’qituvchi va tarbiyachilar bolalarni bir-birlarining ichki dunyolarini
tushunishga o’rgatadilar;
- har bir bolaning qobiliyati va imkoniyatini hisobga oladilar;
- har bir bolada hayotiy malaka va mustaqillikni shakllantiradilar;
- ishlarni tahlil qiladilar va baholaydilar;
108
- ota-onalarga amaliy yordam ko’rsatadilar;
- barcha bolalarga birdek bilim berib, tarbiyalaydilar;
Demak; inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat