O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Reklama kommunikatsiyalarining asosiy vositalari



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/81
tarix08.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#131420
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi (1)

Reklama kommunikatsiyalarining asosiy vositalari. 
Garchi marketing 
kommunikatsiyalarining boshqa vositalari (to’g’ridan-to’g’ri marketing, sotishni 
rag’batlantirish va b.) uchun shaxslararo aloqadan boshlab kommunikatsiyaning 
barcha turlari dolzarb bo’lsa-da, aksariyat hollarda reklama ommaviy 
kommunikatsiyalarga kiradi..
Ijtimoiy kommunikatsiyaning asosiy funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: 
1)
axborot (axborot uzatish);
2)
ekspressiv (faqat ma’no axborotini emas,balki baholovchi axborotni ham 
ifodalash);
3)
pragmatik (qabul qiluvchiga ma’lum bir ta’sirni amr etuvchi ko’rsatma berish 
imkoniyati) .
Ko’rib turibmizki, kommunikatsiya sifatida reklama ko’rsatilgan har uchala 
funksiyalarni bajarishga qodir. Shunday xulosa ham to’g’ri bo’ladi: ijtimoiy 
kommunikatsiyaning har uchala funksiyasi qabul qiluvchiga reklama ta’siri 
o’tkazish jarayonida qo’llaniladi.


Shunday qilib, aytib o’tilganlarga qisqacha xotima yasar ekanmiz, shuni 
ta’kidlaymizki, reklama reklama beruvchilar va reklama murojaatlarining har xil 
auditoriyalari o’rtasidagi ushbu auditoriyalarga reklama beruvchining ma’lum 
marketing vazifalarini hal qilishga ko’maklashuvchi faol ta’sir ko’rsatish 
maqsadidagi ommaviy kommunikatsiyalarning maxsus sohasi sifatida ko’rib 
chiqilishi mumkin.
Agar ijtimoiy kommunikatsiyaning eng umumiy sxemasini ko’rib chiqadigan 
bo’lsak, u holda quyidagilar oydinlashadi.
An’anaviy kommunikatsiya sxemasi xabarlar manbai yoki axborot jo’natuvchi 
o’z ichiga oladi. Keyin xabarlar muayyan signalga aylantiriladi, boshqacha qilib 
aytganda, kodlashtiriladi. So’ngra ushbu signallar aloqa kanallari orqali 
priyomnikka (qabul qiluvchi moslama) uzatiladi, bu erda signallar koddan 
chiqariladi va shu ko’rinishda adresatga etib keladi.. Shuningdek, ma’lum filtralar 
(cheklashlar), adresatning xabarga javob aks-ta’siri va tasodifiy omil – 
kommunikatsiyani amalga oshirishning barcha bosqichlaridagi shovqinlar 
(buzilishlar) nazarda tutiladi.
Reklama kommunikatsiyasining o’ziga xos qirralari ko’p jihatdan reklamaning 
funkstional vazifalari, ya’ni iste’molchiga ta’sir eta turib jo’natuvchining muayyan 
tijorat vazifalarini hal qilishdan kelib chiqib belgilanadi.
Reklama kommunikatsiyasining asosiy unsurlarini qisqacha ko’rib chiqamiz. 
Avvalambor ushbu sxemada qabul qiluvchi (adresat)ning asosiy rolini ta’kidlab 
o’tish zarur. Boshqa barcha, ya’ni kodlashtirishdan tortib to aks aloqagacha 
bo’lgan unsurlarning ko’plab xususiyatlari murojaatning maqsadga yo’naltirilgan 
auditoriyasi o’lchamlari (parametrlari)dan kelib chiqib aniqlanadi.
Jo’natuvchi (kommunikator, kommunikatsiya manbai, ingl. soirce) — uning 
nomidan adresatga reklama murojaati yo’llanayotgan tomon.
Samarali kommunikatsiyani shakllantirish uchun jo’natuvchi dastavval uning 
maqsadini aniq belgilab olishi, maqsadga yo’naltirilgan auditoriyani to’g’ri aniqlab 
olishi va istalayotgan javob aks-ta’sirini oydinlashtirib olishi kerak.
Kommunikatorning maqsadga yo’naltirilgan auditoriyaga hissiy ta’siri, ruhiy 
ko’rsatmasi, axborot manbai va tashuvchisi murojaat (maktubi, xabari) 
hisoblanadi.
Kommunikativ xabar har doim ikki tomonli (ikki tusga ega): mazmunning 
ideal, tasavvurga sig’adigan xususiyati va ifodalashning hissiyot organlari 
tomonidan qabul qilinadigan moddiy xususiyati. Mazmun va ifoda birligiga belgi 
orqali erishiladi. Belgilardan matnlar shakllanadi. Shunday qilib, belgi kodning 
oddiy birligini tashkil qilib, bir ma’noning bir shaklga mos kelishini ta’minlaydi.
Qo’shimcha ma’nolar beriladigan belgi yoki predmet ba’zan o’zining asosiy 
ahamiyatidan juda uzoq bo’lib, ular ramz sifatida ta’riflanadi (masalan, gerb davlat 
ramzi sifatida, turli diniy ramzlar va h.k.).
Murojaatni shakllantirishda ham verbal (so’zli, matnli), ham noverbal 
kommunikatsiya usullaridan foydalaniladi. Noverbal usulda belgi sifatida 
ishoralar, tananing o’ziga xos holatlari va shu kabilar qo’llaniladi. Masalan, Liptop 
choyi reklama roliklari seriyasida ishoralar tilidan yaxshi foydalanilgan. Qo’lning 
xuddi choy solingan chashkaga botayotgandek harakatini, endilikda bemalol ushbu 


reklama beruvchining firma belgisi deb aytish mumkin. Nescafe reklamasidagi 
qoshiqcha bilan chashkaga bir maromda taqillatish haqida ham shuni aytish 
mumkin (darvoqe Nestle kompaniyasi buni tovar belgisi sifatida ro’yxatdan 
o’tkazgan.).

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin