-Tashabbuskor (inisiator) – aynan u yoki bu mahsulotni xarid qilish haqidagi
fikrni ilgari surgan shaxs ;
-Ta’sir etuvchi shaxs – anglangan yoki anglanmagan holda u yoki bu holatda
mahsuot xaridiga ta’sir ko’satuvchi. Masalan , aniq markani xarid qilish yoki aniq
bir vaqtda xarid qilishni amalga oshirish taklifini berib , oildagi boshqa a’zolar
fikrining shakllanishiga ta’sir etadi ;
-Qaror qabul qiluvchi shaxs – xarid xarakterini aniq belgilovchi (nimani,
qachon, qayerda, qancha sotib olishni ) , asosiy yoki asosiy bo’lmagan tanlovlarni
amalga oshiruvchi shaxs;
-Xaridor – bevosita oila a’zolari ma’qullagan mahsulotlardan xarid qiluvchi
yoki xizmatlar turidan foydalanuvchi shaxs;
-Iste’molchi- xarid qilingan mahsulotdan yoki xizmat turidan foydalanuvchi
manfaatdor shaxs.
Bu rollar o’zaro qaror qabul qilish bosqichlari bilan bog’liq. Deyarli barcha
oilaviy xarid qarorlarining qabul qilinishida ushbu rollarning barchasi yoki ba’zilari
ishtirok etadi. Masalan , oilaviy sayohatga chiqish uchun qilinadigan sarf-xarajatlar
ota-onalar tomonidan amalga oshirilsada , sayohat taklifi va oxirgi qabul qilinadigan
qaror bolalarga tegishli bo’ladi. Ko’pchilik erlar uchun zarur bo’ladigan kosmetik va
parfyumeriya vositalarini o’zlari emas ,balki turmush o’rtoqlari xarid qiladilar.
Shuning uchun bu kabi mahsulotlar reklamasi undan foydalanuvchi erlarga emas ,
balki qaror qabul qiluvchi , xaridga ta’sir etuvchi va deyarli xaridorlar hisoblanuvchi
xotinlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Oiladagi er-xotinning qaror qabul qilishdagi
iste’molchilik rollari ko’plab tadqiqotlarda o’rganilgan.
Xo’jalikda er-xotinlarning qaror qabul qilishlari
I.V.Alyoshina tomonidan
quydagicha to’rt asosiy guruhga bo’lib o’rganilgan va bunda kimning fikri yoki
qarori yetakchi , hal qiluvchi ekanligiga e’tibor qaratilgan :