-
“Baholovchi subyekt”
vazifasi oila tizimidagi munosabatlar va faoliyatni
kuzatishdan iborat bo’lib, boshqa suyektlar o’z rollarini
qay darajada ijro etishini
baholab beradi. Ko’p hollarda ushbu funksiyani bajarayotgan oila a’zosi tomonidan
guruhga nisbatan hissiy yaqinlik va kuyunchaklik kuzatilmaydi. Oilaning har bir
a’zosi boshqalarga nisbatan kuzatuvchi va baholovchi
funksiyani amalga oshirishi
mumkin .
-
“Ehtiyoj obyekti “
oilani moddiy va ma’naviy jihatdan ta’minlaydi va
boshqalarni o’zi ko’zlagan maqsad sari yetaklaydi. Ushbu funksiya bilan bog’liq rol
sifatida oiladagi topwrmon va yuqori ijtimoiy mavqega ega bo’lgan otani tassavvur
etishimiz mumkin. Biz o’rganayotgan muammo doirasida oilviy xarid qarorini qabul
qilishda , xarid qaroriga ta’sir etishda “coordinator subyekt” va “ehtiyoj obyekti”
kabi funksiyalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek , yuqorida ta’kid etilgan tadqiqotchi olimlar tomonidan xarid
qarorida er-xotinlardan qay birining
fikri ustunligi aniqlanib , unga ko’ra ,
I.V.Alyoshina tomonidan o’rganilgan tadqiqotdan farqli ravishda “er-xotinga
nisbatan ko’p” , “xotin erga nisbatan ko’p”,”er ham xotin ham “, “faqat er xotin ,
faqat bolalar” kabi mezonlar ajratilgan.
Bizning
fikrimizcha , oilaviy xarid qarorining qabul qilinishida bilim va
tajribasi ko’p bo;lgan shaxs roli yetakchilik qiladi. Masalan ,avtomashina xaridida
ota qaror qabul qiluvchi , xulosa qiluvchilar esa katta yoshdagi bolalar hisoblanadi.
AQSh va Italiyada bolalar ta’sirining xariddagi o’rni belgilangan bo’lib , AQSHdagi
6-17 yoshgacha bolalar 17 mlrd xaridlar uchun mablag’
sarflanishiga , 120 mlrd
xarid qilinishiga ta’sir ko’rsatishlari kuzatilgan
Oiladagi farzandlar yoshi ham xarid mazmuniga sezilarli ta’sir qiladi.
Shveysariyalik psixolog J.Piaget xaridorlar ijtimoiylashuv jarayonini 3 bosqichini
aniqlagan :
Dostları ilə paylaş: