74
qilinishi ” [SHeygal, Buryakovskaya 2002: 9] deb tahriflaydilar. Mualliflar
etnonimlarning lingvokulturologik potentsialini o`rganib chiqadilar.
Tildagi madaniy belgilarni o`rganishtilshunoslikning Shu bugunga qadar
erishgan yutuqlari samarasidir. Lingvokulturologiyaga qiziqishning ortib
borayotgani fanning kelajagini belgilaydi. Shu bilan birga fanning nazariy-
metodologik asosi endigina shakllanmoqda. Frazeologizm
va paremiyalar tilda
madaniy belgilarni aks ettiruvchi asosiy birliklar sifatida tadqiq etilmoqda. Ayrim
tadqiqotlarda mumtoz adabiyot namunalariga murojaat etish kuzatiladi.
Til, madaniyat, etnos (xalq) o`rtasidagi o`zaro aloqa va munosabatlar
fanlararo muammo bo`lib, uni hal qilish bir qancha fanlarning – falsafa va
sotsiologiyadan to etnolingvistika va lingvokulturologiyagacha - birgalikdagi sahy-
harakatlari bilan bog`liq. Jumladan, milliy til tafakkuri masalalari –
bu lingvistik
falsafaning bir tarmog`idir; ijtimoiy yoki guruharo axborot almashinuvini til
aspektida o`rganishpsixolingvistika tadqiqot doirasiga kiradi va sh.k. Til madaniyat
bilan chambarchas bog`liq: u madaniyatning ichida rivojlanadi va madaniyatning
ifodachisidir. Bu g`oya asosida yangi ilm – lingvokulturologiya paydo bo`ldi. Bu
fan
XX
asrning
90-yillarida
mustaqil
soha
sifatida
shakllandi.
“Lingvokulturologiya” atamasi V.N.Teliya tomonidan yuritilayotgan frazeologik
maktab ishlarida, Yu.S.Stepanov, A.D.Arutyunova, V.V.Vorobyev, V.Shaklein, V.
A.Maslova boshqa tadqiqotchilarning nashrlarida paydo bo`ldi. Agar kulturologiya
(Madaniyatshunoslik) inson ongini tabiat, jamiyat, san`at
va ijtimoiy va madaniy
borliqning boshqa ko`rinishlari bilan munosabatda o`rgansa, tilshunoslik tilda
dunyoning o`ziga xos ruhiy modeli sifatida aks etuvchi dunyoqarashni o`rganadi.
Lingvokulturologiyada esa til ham, madaniyat ham tadqiqot obyekti hisoblanadi,
ular o`zaro aloqada o`rganiladi. Agar til va madaniyat munosabati masalasini
an`anaviy talqini madaniyat haqidagi bir qancha
tasavvurlardan foydalanib,
lingvistik muammolarni hal qilishga borib taqalsa, bu ishimizda tilning o`z
birliklari bilan madaniyatni qamrab olishi, saqlashi va ifodalashi usullari
o`rganiladi.
Lingvokulturologiyaning predmeti deganda miflashgan til birliklari: tildagi
arxetiplar va mifologemlar,
marosim va inonchlar, rasm-rusum va odatlarni ham
tushunamiz.
Har bir frazeologizmda mifning to`liq o`zi emas, mifologemlar aks etgan
bo`ladi. Mifologema mif uchun muhim bo`lgan personaj yoki situatsiya bo`lib,
mifning «bosh qahramoni» sifatida mifdan miflarga ko`chib yuradi. Mifning
asosida esa arxetip yotadi. Arxetip – individual ongda istalgan o`rinda yuzaga
chqadigan va madaniyatga keng yoyilgan barqaror obrazdir. (S.Senderovich)
Arxetip tushunchasi dastlab 1919 yilda K.G.Yungning «Instinkt va mulohazasiz»
maqolasida kiritilgan. K.Yungning
fikricha, barcha odamlar muayyan umumiy
ramzlar – arxetiplarni ong osti holatida hosil qilish qobiliyati bilan tug`ilgan. Bu
ramzlar tuSh, mif, ertak, afsona kabilarda namoyon bo`ladi. K.Yung arxetiplarda
«jamoaviy mulohazasiz holda ifodalanuvchi birlik» ifodalanishini tahkidlaydi. Bu
birlik shaxsiy tajriba natijasida emas, insonga ajdodlar orqali meros bo`lib o`tgan
bo`ladi. Arxetip – inson ruhida «gul kabi» o`suvchi «psixik tana
75
a`zosi».Zamonaviy
fanning tasdiqlashicha, arxetip – bu mulohazasiz
mavjudlikning juda ham chuqur darajasidir.
K.Yungning genetik nazariyasi doirasida arxetip va mifologiya o`rtasidagi
mustahkam aloqa aniqlanadi: mifologiya – arxetiplar omboridir. Shu tariqa bir kuni
arxetip bilan nomlangan timsol jamoaviylik kasb etadi
va muayyan xalq va davr
uchun umumiy hodisaga aylanadi. Odatda naisbatan muhim mifologik motivlar
barcha davrlar va xalqlarga tegishli bo`ladi. Inson arxetiplar olamiga qay darajada
asir ekanligini tasavvur ham qila olmaydi.
Masalan, non komponentli frazeologizmlarni olaylik –
non topmoq, birovning
Dostları ilə paylaş: