86
5) ularning
konseptosferasi qanaqa, madaniyatning ifodalanish holatlari-chi?
Bir madaniyat sohibi va ko`p madaniyat sohiblari tomonidan ifodalanishi-chi?
6) bu fanning asosiy tushunchalarini qanday tartiblash lozim? Bu tartib til va
madaniyatning harakatdagi muammolarini tahlil qilish bilan birga, mazkur
paradigma – antropotsentirik yoki antropologik paradigmadan tashqarida ham
tushunarli bo`lishi lozim;
Bu ro`yxatni to`liq deb hisoblash mumkin emas. Ularning hal qilinish o`z-
o`zidan yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Mazkur yuqori darajali yoki
umumepistemologik vazifalarni R.M. Frumkina barcha fanlar uchun tegishi deb
hisoblaydi.
Bu muammolarni hal qilishda qo`shimcha qiyinchilik tug`diruvchi yana bir
xususiyat nazardan chetda qolmasligi kerak: til birliklarining
madaniy axboroti
implitsit xarakterda bo`lib, til belgilari ortida yashiringan bo`ladi.
Bularni idiomalar, iboralar, matallar misolida ham kuzatsak bo`ladi.
V.N.Teliya til birliklarining milliy-madaniy belgilarini tabdil qilishning
o`ziga xos usulini taklif qiladi. Yahni uni tilning «ichidan» ichki kuzatuvchi
tariqasida tahlil etish kerak. Masalan, kollokatsiya (ajralmas birikmalar)ni
lingvokulturologik aspektda tabdil qilish modallik, shuningdek, psixologik omillar
bilan bog`liq bo`ladi.
V.N.Teliya taklif qilgan ushbu usuldan tashqari til faktlarini tashqaridan turib
ham tahlil qilish talab qilinadi.
Hozirgi kunda lingvokulturologiyani chetlab o`tgan holda tilshunoslikda biror
ishni amalga oShirish qiyin. Uni rad qilish ilmiy jamiyat etosiga mos kelmaydi.
Lingvokulturologik tadqiqotning obyekti va predmetini tushuntirishga harakat
qilamiz. Barcha ijtimoiy fanlarning umumiy obyekti inson hisoblanadi. Biroq har
bir fanning alohida predmeti bor – inson va uning faoliyatiga tegishli biror jihatdir.
Lingvokulturologik tadqiqotning obyekti madaniy axborotning tarjimoni
bo`lgan tilning o`zaro aloqalarini o`rganishdir. Bu obyekt bir qancha fundamental
fan – tilshunoslik va Madaniyatshunoslik, etnografiya va psixolingvistikaning
tutashgan nuqtasida paydo bo`lgan.
Tadqiqot predmeti esa til birliklaridir. Bu
birliklar madaniyatda simvolik,
etalonlik, ramziy-metaforik ahamiyatga ega bo`lib, inson tafakkuri faoliyati
natijasida yuzaga kelgan. Shuningdek, arxetipik va prototipik mazmunga ega
bo`lib, mif, afsona, rasm-rusum, folklor va diniy matnlar, yana shehriy va nasriy
badiiy matnlarda, iboralar, metaforalar, ramzlar va paremiyalarda uchraydi.
Shu tufayli ham aynan bir lingvokulturologik birlikning o`zi
bir necha
semiotik tizimga mansub bo`ladi. Rasm-rusum stereotipi matalga o`tib,
keyinchalik iboraga aylanadi.
Ba`zan birgina lingvkulturologik birlik mif, matal va iboralar tarkibiga singib
ketgan bo`ladi: bo`ri qadimgi xalqlar tasavvurida qaroqchi, qotil, kallakesar
sifatida gavdalanadi. Turkiy xalqlarda esa uning bo`ysunmaslik, erkinlikka
ishtiyoqi masalasi birinchi o`ringa ko`tarilgan. Masalan, Mahmud KoShg`ariyning
«Devonu lug`otit turk» asarida Afrosiyobning o`limidan qayg`urib yig`layotgan
beklar «bo`ri bo`lib ulidilar» deyilsa, «Kul tigin» bitigtoshida “qo`shinim bo`ri
kabi edi”, - deyiladi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asari 31-bobida
87
bekning mardligi bo`riga o`xshatiladi. Xalq tilida esa «mahallaning bo`risi» kabi
metaforalar ishlatiladi. Maqollarda «Bo`rining yesa ham og`zi qon, yemasa ham»
kabi tarzdagi qarama-qarshi fikrlar ham uchraydi.
Tadqiqot obyekti tushunchasi ostida har biri alohida lingvokulturologik birlik
bo`lgan bir necha predmet yotadi. Biz bulardan bir nechtasini ajratib ko`rsatamiz,
biroq ularning miqdorini yanada ko`paytirish mumkin. Ular:
1) lingvoo`lkashunoslikning predmeti muqobilsiz so`zlar va lakunalardir,
shuningdek, ular lingvokulturologiyaning ham predmetidir;
2) mifiklashgan til birliklari: arxetiplar, mifologemlar,
marosimlar va
inonchlar, rasm-rusum hamda odatlar, ular til birliklari tarkibiga yaxlitlangan
bo`ladi;
3) tilning paremiologik fondi;
4) tilning frazeologik fondi;
5) etalonlar, stereotiplar, ramzlar;
6) tildagi metaforalar va timsollar;
7)
tilning uslubiy imkoniyatlari;
8) nutq madaniyati;
9) nutq odobi sohasi.
Ko`rsatilgan birliklar geterogen yig`indi bo`lsa-da, ular nisbatan «madaniyat
tashuvchisi» ekanligi tufayli tadqiqot obyektiga aylanadi.
Lingvokulturologiyaning predmeti deganda miflashgan til birliklari: tildagi
arxetiplar va mifologemlar, marosim va inonchlar, rasm-rusum va odatlarni ham
tushunamiz.
Har bir frazeologizmda mifning to`liq o`zi emas, mifologemlar aks etgan
bo`ladi. Mifologema mif uchun muhim bo`lgan personaj yoki situatsiya bo`lib,
mifning «bosh qahramoni» sifatida mifdan miflarga ko`chib yuradi.
Mifning
asosida esa arxetip yotadi. Arxetip – individual ongda istalgan o`rinda yuzaga
chqadigan va madaniyatga keng yoyilgan barqaror obrazdir. (S.Senderovich)
Arxetip tushunchasi dastlab 1919 yilda K.G.Yungning «Instinkt va mulohazasiz»
maqolasida kiritilgan. K.Yungning fikricha, barcha odamlar muayyan umumiy
ramzlar – arxetiplarni ong osti holatida hosil qilish qobiliyati bilan tug`ilgan. Bu
ramzlar tuSh, mif, ertak, afsona kabilarda namoyon bo`ladi. K.Yung arxetiplarda
«jamoaviy mulohazasiz holda ifodalanuvchi birlik» ifodalanishini tahkidlaydi. Bu
birlik shaxsiy tajriba natijasida emas, insonga ajdodlar orqali meros bo`lib o`tgan
bo`ladi. Arxetip – inson ruhida «gul kabi» o`suvchi «psixik tana
a`zosi».Zamonaviy
fanning tasdiqlashicha, arxetip – bu mulohazasiz
mavjudlikning juda ham chuqur darajasidir.
K.Yungning genetik nazariyasi doirasida arxetip va mifologiya o`rtasidagi
mustahkam aloqa aniqlanadi: mifologiya – arxetiplar omboridir. Shu tariqa bir kuni
arxetip bilan nomlangan timsol jamoaviylik kasb etadi
va muayyan xalq va davr
uchun umumiy hodisaga aylanadi. Odatda naisbatan muhim mifologik motivlar
barcha davrlar va xalqlarga tegishli bo`ladi. Inson arxetiplar olamiga qay darajada
asir ekanligini tasavvur ham qila olmaydi.
Masalan, non komponentli frazeologizmlarni olaylik –
non topmoq, birovning
Dostları ilə paylaş: