O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «geografiya»



Yüklə 8 Mb.
səhifə62/116
tarix11.11.2023
ölçüsü8 Mb.
#132326
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   116
3 bosqich uchun IBAO\'M fanidan UMK 25 08 21 Microsoft Word

Uchinchi topshiriq jamoalar uchun uy vazifasi. Bizni tanlovimizda uyga vazifa qilib, I.A.Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asari bo’yicha kichik sahna ko’rinishi tayyorlashni berishimiz mumkin. Asar 16 paragrafdan iborat, demak kamida 16 ta sahnalashtirilgan ko’rinish tayyorlash mumkin. O’qituvchi uni avvaldan rejalashtiradi. 1 jamoa diniy ekstremizm va fundamentalizm, 2 jamoa esa korruptsiya va jinoyatchilik bo’yicha tayyorlashi mumkin.
Bir guruh tomonidan tayyorlangan ko’rinish ikkinchi guruh tomonidan qaytarilmasligi kerak. Jamoalar sahna ko’rinishini namoyish qilib bo’lgach, u hay’at a’zolari tomonidan baholanadi. Maksimal baho 5 ball. Hakamlar talabalarning chiqishlarini baholaydilar va ballarni e’lon qiladilar.
4 topshiriq har bir jamoa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yilda mamlakatimizni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida Prezidentimizning “Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim”nomli ma’ruzasi bo’yicha 5 tadan test tuzish topshiriladi. Har birlarining tuzgan testlarga raqib komanda a’zolari javob berishadi. Har bir to’g’ri tuzilgan test va unga berilgan to’g’ri javobga 1 ball beriladi.
Talabalar barcha topshiriqlarni a’lo darajada bajarsalar, maksimal 23 ball to’plashlari mumkin.
Jamoalar javobini baholash jadvali



Topshiriq mazmuni

To’g’ri
javob

Noto’g’ri
javob

1komanda
to’plagan ball

2komanda
to’plagan ball

Birinchi topshiriq: 1savolga javob: 2 savolga javob:
3 savolga javob: Jami ball













Ikkinchi topshiriq:
Test echish:













Uchinchi topshiriq:

1.










Asar bo’yicha

2.

sahnalashtirilgan

3.

ko’rinish tayyorlash

4.




5.

Jami ball




To’rtinchi topshiriq: test tuzish:
testga javob berish: Jami ball













Hammasi:













Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishini baholash mezonlari:



M E Z O N L A R

Maksimal ball

1. Tanlangan muammoning dolzarbligi

1

2. Tanlangan muammoning asar mazmuniga mosligi

1

3. Ko’rinishda asar mazmunining ifodalanishi

1

4. Tanlangan mummoning yoritilishi

1

5. Talabalarning o’z rollarini o’ynash mahorati

1
«MATBUOT KONFERENTsIYaSI» o’tkazish

Bu metod asosida dars o’tish uchun guruhni «muxbirlar» va «mas’ul xodimlar(davlat, fan arboblari)» ga bo’linadi, yoki uchga «muxbirlar» «mas’ul xodimlar» ularni savoli va javoblarini baholovchi «ekspert guruh»larga bo’lish mumkin. Barcha talabalarga mavzuni atroflicha o’rganish, matbuotda e’lon qilingan yangi qanday qonun yoki farmonlarga ahamiyat berib, darsga tayyorlanib kelish vazifasi topshiriladi. Amaliy mashg’ulot(seminar)da guruh talabalari uchga bo’linadi:

  1. «Muxbirlar».

  2. «Davlat» va «fan arboblari», «mas’ul xodimlar».

  3. Ekspertlar guruhi.

«Muxbirlar» guruhiga mavzuni chuqur o’rganib, real hayotda ular bo’yicha qanday muammolar borligini aniqlab, shular asosida savol tayyorlab kelish topshiriladi. Savol tariqasida o’zlari tayyorlagan eng yaxshilarini berishlari lozimligi, chunki ekspertlar eng yaxshi savolni tanlab, ko’rsatishlari uqtiriladi.
Ikkinchi, «davlat, fan arboblari», «mas’ul xodimlar» guruhi ham darsga muxbirlardan kam bo’lmagan darajada tayyorlanib kelishlari lozim. Ekspertlar eng yaxshi javobni ham alohida ko’rsatishlari ta’kidlanadi.
Uchinchi, «ekspertlar» guruhi darsga nihoyatda puxta tayyorlanishlari zarur. Chunki ular (3 yoki 5 kishi) «muxbir»larning savollari va unga javoblarni baholashadi. Ularni savol va javoblarni naqadar to’g’ri baholaganlari guruh talabalari o’rtasida muhokama qilinadi. Har bir to’g’ri savol va to’g’ri javob 1 ball, noto’g’ri savol va javob 0 ball bilan baholanadi. Ekspertlar baholash jadvali yordamida har bir talabaning individual va guruh balini e’lon qilishadi. O’qituvchi darsni borishini kuzatib, «ekspert»lar faoliyatiga talabalar o’z fikrlarini bildirgach, ularni baholaydi. Ѓolib jamoani e’lon qiladi. Darsga yakun yasaydi(VII bob 5§ga qarang).


5. Metodning afzalliklari va kamchiliklari.

Modellashtiruvchi amaliy o’yin – bu bilim olish, o’rganishning kompleks varianti hisoblanadi. Chunki o’yin mobaynida turli usullardan foydalaniladi. O’yinning muvaffaqiyati bevosita uning bilimdonlik bilan tanlanishi, bajarishiga, talabalarni o’z rollarini ma’nosini tushunib etishiga bog’liq.


Bu metodning afzalligi shundaki, talaba masalaning mohiyatiga qarashini, avvalgi nuqtai nazarini o’zgartirish imkoniga ega. Modellashtiruvchi o’yin motivatsiya nuqtai nazaridan ham foydali. Talabalar ko’pincha bunday o’yindan qanoat hosil qilib, yangi o’rganganlarini o’rtoqlashadilar. Darsga faol qatnashadilar.
Talabalar bir qarorga kelishni eksperiment qilishlari va uni oqibatini (minimal xatar bilan) kuzatishlari mumkin. Modellashtiruvchi o’yin yordamida talabalarni real hayot voqeliklari bilan tanishtirish ustunlikka ega. Bunda qo’yilgan savollarga javob topish va real muammolarni echish uchun talabalarning shaxsan o’zlari qatnashadilar, real hayotning nazariy modeli bilan tanishadilar. Masalan, bozorda muvozanat narxi qanday o’rnatiladi, tanlov qanday amalga oshadi va hokazo.



Yüklə 8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin