Modellashtiruvchi o’yin metodining afzalliklari.
Talabalarni darsga faol qatnashuvi va iqtisodiy kategoriyalar mazmunini chuqurroq o’zlashtirishi ta’minlanadi;
mustaqil harakat qilish, qaror qabul qilishga imkon yaratadi;
o’zaro aloqa, muloqot ta’minlanadi;
tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoit yaratiladi;
dars o’tishning turlicha uslublarini birgalikda qo’llash imkoni yaratiladi;
talabalarning darsga qiziqishini orttiradi. Darsdagi vaziyatni ko’p jihatdan talabalar nazorat qiladi;
o’qituvchining asosiy roli darsni tashkil etish;
talabaning ichki hissiyoti, masalaning mohiyatiga qarashini o’zgartirishi mumkin.
Modellashtirilgan o’yin metodi o’qituvchiga dars berishning usullarini o’zgartirishga katta imkoniyat beradi.
Har qanday metod kabi bu uslubda ham qator kamchiliklar bor. Auditoriyada real jarayonlarni soddalashtirishga to’g’ri keladi. U bir tomondan etarli darajada sodda, ikkinchi tomondan etarli darajada real hayotga yaqin bo’lishi, real jarayonlarni ifodalashi, buni hisobiga qimmatli tajriba o’rgatuvchi bo’lishi kerak. Modellashtiruvchi o’yin o’qituvchidan sinchkovlik bilan puxta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi. Darslikka tayangan holda dars o’tish o’qituvchidan nisbatan kam vaqt, kamroq kuch, diqqat talab qiladi. Ammo, hamma darsni modellashtiruvchi o’yin o’tkazish bilan olib borib bo’lmaydi. Ko’pincha, modellashtirish bilim olishning kulminatsiyasi bo’lib, fanning ba’zi bir asosiy, ularni o’rganish boshqalariga yo’l ochib beradigan kategoriyalari, qonunlarin o’rganishda qo’llaniladi.
Modellashtiruvchi o’yindan foydalanishdagi muhim cheklanish – bu konkret o’qituvchining xarakteri, uslubiga bog’liq. Ko’pchilik o’qituvchilar an’anaviy uslublar asosida dars o’tishga o’rganib qolishgan, shuning uchun ularga shu uslublar samaraliroq tuyuladi.
Modellashtirish talabalarni faolligini oshiradi. Bu yaxshi, lekin talabalarning o’yinga qiziqib ketishlari oqibatida ba’zi bir nomaqbul holatlar yuz berishi mumkin. Ya’ni rolga berilib ketib, ayrim talabalarni aldash yoki qoidani buzish hisobiga g’olib bo’lishga harakat qilishi
mumkin. Shuning uchun o’qituvchi vaqtivaqti bilan talabalarga modellashtiruvchi o’yinning maqsadi bilim olish, tajribaga ega bo’lish ekanini eslatib turishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |