Sukut saqlash. Munozara uchun o’rtaga savol tashlangach, uni o’ylash uchun vaqt beriladi. Lekin bu vaqt qisqa bo’lishi, uni o’qituvchi to’ldirishi zarur. Bo’lmasa, uni to’ldiruvchilar ko’payib ketadi.
O’qituvchi munozara jarayonida o’z fikrini bildirayotgan talabaning gapi, dalillaridan qoniqmasa yoki uni to’g’ri javobga yo’naltirishi lozim bo’lsa, ularni qo’llabquvvatlash lozim bo’lsa, talaba jim qolganda:
Misol keltira olasizmi? Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?
Siz demak Shuhratni fikriga qo’shilmaysiz? yoki fikriga qarshisiz? Siz o’rtog’ingizni
fikrini qo’llabquvvatlaysiz? kabi savollar bilan murojaat qilib, yoki «nahotki», «rostdana»,
«yo’g’e» deb luqma tashlab, ularga ruhiy madad berib, yoki asossiz fikrlar bildirishga yo’l qo’ymaydi.
Siz o’z dalillaringiz bilan Otabekni ishontiring, u nimagadir gaplaringizga ishonchsizlik bilan qarayapti. Keyingi bildirgan fikringiz, Azizning fikriga zid emasmi? Negadir sizga hayrat bilan qarayapti? deya talabalar to’g’ri yo’nalishga solinadi.
Talabalarni xatolariga qay tarzda ta’sir ko’rsatish munozara olib borish uchun juda ahamiyatlidir.
Odobli luqma tashlash, savol berish fikrni oydinlashtirib, aytilgan g’oyani mantiqiy oqibati to’g’risida fikrlashga qiziqish uyg’otadi.
Qanday bo’lishidan qat’iy nazar, o’qituvchi ma’qullaydimi, yo’qmi, o’qituvchi o’z munosabatini bildirishga shoshilmasligi kerak. Bu munozara yuritishning qat’iy qoidasi hisoblanadi.
Munozara jarayonida talabalarning o’zlari o’rtoqlari bildirgan fikrni qaysilariga qo’shilishlari yoki qo’shilmasliklarini bildirishadi. Shu bilan birga o’qituvchi mantiqsiz, yaqqol qarama qarshi, asossiz fikrlarni aytilishiga yo’l qo’ymasligi kerak.
Munozara o’tkazishdan avval talabalarga tarqatma material sifatida munozarada o’zlarini qanday tutish kerakliklarini ko’rsatuvchi quyidagi eslatmani tarqatgan ma’qul.
Munozara ishtirokchisiga eslatma.
Munozara o’zaro munosabatlarni aniqlash shakli emas, balki muammolarni hal qilish metodidir. Shuning uchun shaxsiy munosabatlar namoyon etilmaydi.
Ko’p gapirmang, boshqalarni ham o’z fikrini aytishiga imkon bering.
O’ylab gapiring. So’zlarni chuqur mulohaza qilib, hissiyotni boshqarib, gapni aniq maqsadga etkazing.
Muxolif nuqtai nazarini tushunishga intiling, unga hurmat bilan qarang.
Odob bilan e’tiroz bildiring. Aytilgan fikrni buzib, ma’nosini o’zgartirmang. Asabiy rad etmagan holda, o’z fikringizni odilona asoslang.
Noqulay holatga tushib qolmaslik uchun har narsadan gumonsiramang.
So’zlar ta’siriga o’ta berilib ketmang.
O’zingiz bilmagan, kam bilgan yoki umuman xabardor bo’lmagan masalalar bo’yicha fikr bildirishga shoshilmang.
Faqat munozara mavzusiga oid fikrni ayting. O’zingizni juda ham bilimdon, zakovatli qilib ko’rsatishga intilmang.
Biror kishiga yaxshi ko’rinishga yoki aksincha, kamsitishga intilib, gapirmang.
Darsni munozara metodi asosida tashkil qilishni turli usullari mavjud. Ulardan keng
qo’llaniladigani yuqorida ko’rsatganimizdek, o’quv jarayonida munozara, muammo qo’yib, muhokama qilish mumkin. Bunda talabalar munozaraga individual tarzda yondashadilar. Ochiq
Dostları ilə paylaş: |