O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «geografiya»


Tadqiqot va munozara metodining afzalliklari



Yüklə 8 Mb.
səhifə75/116
tarix11.11.2023
ölçüsü8 Mb.
#132326
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   116
3 bosqich uchun IBAO\'M fanidan UMK 25 08 21 Microsoft Word

Tadqiqot va munozara metodining afzalliklari:

  • Talabani ob’ektiv va mustaqil fikr yurituvchi mutaxassis sifatida shakllanishiga yordam beradi.

  • Ma’lumotlar, dalillarga diqqat bilan hisoblashib yondashishga o’rgatadi.

  • Har qanday bilim nisbiy ekanligini tushunishga yordam beradi.

  • Mantiqiy fikrlashga o’rgatadi.

  • Yuzaki qabul qilingan qarorlarga ishonchsizlik bilan qarashni tarbiyalaydi.

  • Yuqori darajada fikr yuritishga undaydi.

  • Muammolarni echish uchun ko’nikma hosil qiladi.


Tadqiqot va munozaraning kamchiliklari:

  • Ko’p vaqt talab qiladi.

  • Auditoriyada shovqin bo’lib ketishi mumkin.

  • O’qituvchining o’zi fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishi talab qilinadi. U muammolarni echish va strategik rejalashtirish mahoratini egallagan bo’lishi kerak.

  • O’qituvchi faqat «bilim berib»gina qolmay, talabalarni mohirlik bilan mantiqiy asoslangan xulosaga kelishga yordam berishi kerakligi.

  • O’qituvchi darsda qo’yilishi mumkin bo’lgan muammolarni strategik rejalashtirish va ularni echish yo’llarini o’ylab qo’yishi zarurligi.



Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar

Tadqiqot, kognitiv darajaning yuqori bosqichi, muammo qo’yish, gipoteza, ilmiy taxmin, odamlarning iqtisodiy fikrlash tarzi, ma’lumot yig’ish, dalillar to’plash, ochiq munozara, qaramaqarshi munozara, amerikacha munozara, inglizcha munozara.




Takrorlash va munozara uchun savollar:




  1. Tadqiqot metodi dars o’tish metodlari orasida, sizningcha, qanday o’rin tutadi?

  2. Tadqiqot metodi asosida dars o’tishni tashkil qilishda qanday qoidalarga amal qilish kerak?

  3. Odamlarning fikrlash tarzini o’rganish nima sababdan zarur? Undagi bildirilgan fikrlarga biron nima qo’shimcha qila olasizmi?

  4. Siz tadqiqot metodini dars o’tishda qanday qo’llagan bo’lar edingiz?

  5. Munozara metodi asosida dars o’tishga sizning munosabatingiz qanday?

  6. J. T. Dillon o’qituvchi izlanuvchanlik va hamkorlikka asoslangan tarzda munozarani tashkil etishi uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi ko’rsatadi?

  7. «Munozara ishtirokchisiga eslatma» haqida fikringiz qanday?

  8. Metodlarning ko’rsatilgan afzalliklari va kamchiliklariga qo’shimcha qila olasizmi?


Yüklə 8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin