O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «geografiya»



Yüklə 8 Mb.
səhifə77/116
tarix11.11.2023
ölçüsü8 Mb.
#132326
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116
3 bosqich uchun IBAO\'M fanidan UMK 25 08 21 Microsoft Word

foydalanish.

O’qituvchi birorbir mavzu bo’yicha ko’rgazmali qurol tayyorlar ekan, o’kuvchitalabalar mavzuning mazmunini tushunib etishlari


uchun uni qanday tasvirlashni ko’rib chiqadi. Masalan, iqtisodiyotni o’rganishda sarfxarajatlarni, ularni o’zgarishini o’rganish o’ta muhim. Umumiy xarajatlar, doimiy xarajatlar, o’zgaruvchi xarajatlar, me’yoriy xarajatlar, umumiy tushum, xarajatlarni qoplash nuqtasi, yalpi foyda va boshqalarni og’zaki gapirib o’tgandan mana bunday chizmani slayd qilib tayyorlab, foydalanish talabalarning mavzuning mohiyatiga tushunishi hamda yodida qolishiga yordam beradi.
Ko’p miqdorda raqamlarda ifodalangan ma’lumotlarni, taqqoslanishi lozim bo’lgan har xil qarashlarni turlicha jadvallarda bergan ma’qul. Ularni tushunish, tahlil qilish osonlashadi.

Bularni avvalgi boblarda ko’rib o’tganmiz. (XIY bob)


Agarda iqtisodiy ko’rsatkichlar ulushini yoki tarkibini ko’rsatish lozim bo’lsa, doira shaklidagi diagrammalardan foydalangan ma’qul. Masalan, byudjet daromadlari va xarajatlari tarkibi yoki mahsulot ishlab chiqarishga sarfdangan xarajatlar tarkibi, korxonaning asosiy kapitali tarkibi va hokazo. Chunki bunday diagrammada bu ko’rsatkichlarning
salmog’i aniq ko’rinadi. Ularni taqqoslash, xulosa chiqarish oson bo’ladi.



Agarda iqtisodiy ko’rsatkichlar taqqoslanishi kerak bo’lsa, ustun tarzidagi diagramma yoki grafik tarzda tasvirlagan ma’qul. Chunki bunday shaklda ko’rsatkichlarni taqqoslash qulay, ularni qay darajada farqlanishi yaqqol ko’rinib turadi.
Ustun tarzidagi diagramma quyidagicha bo’lishi mumkin.


1992-2005 yillar davomida tashqi savdo aylanmasi




10000
8000
6000
4000
2000
0
1992й. 1996й. 2000й. 2005й.


Savdo aylanmasi Eksport Import



Ikkilamchi fond bozorida aktsiyalarning sotilishi (mlrd. so’m)

Grafik esa quyidagicha:
YaIM o’sish sur’atlarining o’zgarishi (1991-2005 yy. oldingi yilga nisbatan %da)

11

10


10
99,5
9

97,7
101,6


99,1
105,2
104,4

104,4

104,3
104.5

104,2

104,0

107,7

107,0


9 94,8




9 88,9

8



8
1991 1992 1993 1994 1995 1996 1997 1998 1999 2000 2001 2002 2003 2004 2005

Ayniqsa, POWER POINT dasturi mehnatni ancha engillashtiradi va ularni nihoyatda turlituman tarzda tasvirlash imkonini beradi.
Dasturdan foydalanilganda o’quvchitalabalar diqqatini mavzuga qaratish uchun turlicha dizayndan foydalanish mumkin. Slaydlarda mavzuning nomi, rejasi, o’rganiladigan asosiy tushunchalar, ularni tushunish uchun zarur bo’lgan tasvirlar, jadval, grafik, diagramma va boshqalarni berish mumkin. Muhim afzalligi ularni rang tasvirda berish imkoniyati katta.
Slaydlarni tayyorlashda shriftlarga, ularning katta kichikligiga, ranglarning didaktik funktsiyasiga, ularning ishlatilishiga, matn beriladigan fon, unda qanday tasvirlardan foydalanishga, ularni o’quvchitalabalar kayfiyatiga qanday ta’sir qilishiga, ishlanish usullariga, mantiqiy xarakteriga mosligiga ham ahamiyat berish zarur.
Darsni ko’ngildagidek o’tishida ko’rgazmali materialni qanday namoyish qilish ham katta ahamiyatga ega.

Namoyish qilish jarayonini shunday tashkil qilinishi kerakki;

      • hamma o’quvchitalabalar namoyish qilinayotgan ob’ektni ko’rishlari, iloji boricha faqat ko’rish emas, sezish organlari bilan his qilishlari kerak.

      • ob’ektning muhim, asosiy tomonlari talabalarda katta taassurot qoldirishi, maksimum darajada diqqatlarini jalb qilishi kerak;

      • o’rganilayotgan ob’ektni sifatini mustaqil ravishda o’lchash imkoniyatini ta’minlashi kerak.

Real narsalarni namoyish qilish metodi ko’proq tabiiy, texnika va texnologiya bilan bog’liq fanlarni o’rganishda qo’l keladi. Ayniqsa, talabalarning o’zi shu predmetlar, buyumlarni o’z qo’llari bilan ushlab ko’rib, uni xossalarini o’rganishlari bilish jarayonini faol amalga oshishiga yordam beradi.
Iqtisodiy fanlarni o’rganishda ham ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish jarayonini tashkil qilishni boshqarishni o’rganishda, sarf xarajatlar tarkibini, mahsulot sifati va boshqalarni o’rganishda katta yordam beradi.
Namoyish qilish metodining o’ziga xos davomi illyustratsiya hisoblanadi. Namoyish qilishda ko’proq predmetlardan foydalaniladi. Illyustratsiya predmet, jarayon hodisalarni simvollar yordamida ifoda qilish bo’lib, odatda, u plakatlar, karta, portret, fotografiya, rasm, chizma, grafik va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Illyustratsiyaning o’ziga xos turi adabiyot, kinofilm qahramonlari bo’lib, ularning obrazlari eslatilganda xotirada ularni jonlantirilishidir.
Illyustratsiya materiallarini oldindan tayyorlanadi, lekin zarur paytida ko’rsatiladi. Hozirgi paytda ulardan tarqatma material sifatida foydalanish keng qo’llanilmoqda.
Illyustratsiyaning samaraliligi ko’p jihatdan uni qanday tarzda qo’llashga bog’liq. Ko’rgazmali qurollar va ularni namoyish qilishni rejalashtirganda uni mavzuni o’rganishda qanday rol o’ynashi va didaktik vazifasini yaxshilab o’ylash kerak. Chunki haddan tashqari ko’rgazmali materiallar ko’pligi, talabalarni mavzuni o’rganishdan chalg’itadi. Illyustratsiya materiallari oldindan tayyorlanadi, lekin zarur paytda ko’rsatiladi.
Ko’rgazmali qurollardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday tarzda, qanday maqsadda foydalanish o’qituvchiga bog’liq.
O’qituvchi ko’rgazmali qurol tanlar ekan, albatta, avvalo, dars ma’ruzami yoki seminar darsimi hisobga oladi. Ikkinchidan, mavzu orqali o’qituvchi talabalar oldiga qanday vazifa qo’ymoqchi, maqsadi nima, muhokama qilinayotgan muammoni echishda ko’rgazmali qurol qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib, tanlashi kerak.
Masalan, jadval raqamlaridan ma’ruzada biron ilmiy taxmin (gipoteza)ni, ilgari surilayotgan fikrni tasdiqlash maqsadida foydalanilsa, seminar darsida masala yoki mashq bajarganda foydalanish mumkin. Bunda ham ko’rgazmali qurollardan foydalanish darajasi o’qituvchining mohirligi, fantaziyasiga bog’liq.
O’qituvchi tarqatma materiallar tayyorlayotganda, ma’lum qoidalarga rioya qilishi lozim.
Tarqatma materiallarni tayyorlash va qo’llash qoidalari:

  • Ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko’p tarqatma materiallar bermang.

  • Sarlavhalarni bosh harflar bilan yozing, bir matn uchun ikkiuchta tarqatma material tayyorlasangiz, ularga nomkod bering. Bu ularni ajratishni osonlashtiradi.

  • Matn shrifti 12 dan kichik bo’lmasligi kerak.

  • Bir betda 80 tadan ko’p belgi (harf, qavs, undov belgisi va hokazo ) ishlatmang.

  • Matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo’lishi kerak.

  • Varaq dizayni e’tiborni o’ziga tortishi kerak. Tarqatma materiallarda:

  • o’tiladigan mavzuning asosiy mazmunini berish;

  • olingan axborotni dars davomida va darsdan tashqarida talabalar bilan mustaqil muhokama qilish;

  • ta’lim oluvchilar diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izlanishga qaratish;

  • o’quvchitalabalarni darsga faol jalb qilish;

  • o’quvchitalabalarning olgan bilimlarini nazorat qilish va sinash;

Bularning hammasi dars jarayonida tarqatma materiallardan keng foydalanishning zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Shu bilan birga dars jarayonida tarqatma materiallardan foydalanishda o’ziga xos kamchiliklar ham mavjud.

  • Tarqatma materiallar tayyorlash o’qituvchidan ko’p kuch va vaqt, yuksak mahorat talab qiladi.

  • Bir kishiga bitta tarqatma materiallar bo’lishi kerak. Bu qo’shimcha katta moddiy xarajatni talab qiladi.

  • Tarqatma material asosida o’zaro muhokama cho’zilib, mavzuning boshqa qismlariga, savollariga e’tibor pasayishiga olib kelishi mumkin.

Ayrim kamchiliklariga qaramay, darsda tarqatma materiallardan foydalanishning afzalligi ustun.
Ko’rgazmali qurol yoki namoyish qilinuvchi material va tarqatma materiallardan barcha metodlar asosida dars o’tishda keng foydalanish mumkin.


Takrorlash va munozara uchun savollar.




  1. Dars o’tishda ko’rgazmali qurollar qanday o’rin tutadi?

  2. Ko’rgazmali qurollarni qanday turlarini bilasiz?

  3. Ko’rgazmali qurollarni tanlaganda nimalarga ahamiyat berish kerak?

  4. Ko’rgazmali qurollardan foydalanish qanday afzalliklarga ega.

  5. Dars jarayonida tarqatma materiallardan foydalanish haqida nima deya olasiz?

  6. Tarqatma materiallar tayyorlaganda qanday qoidalarga rioya qilish kerak?


Yüklə 8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin