O\'zbek adabiyoti kurs ishi Jabborova Xurshida 3-V
Nimanidir anglagandek boʻldim...11 2.2- § Yozuvchi ijodida oʻtmish, bugun va kelajak tasviri 80-yillarning oxirlariga kelib, jamiyat hayotida koʻp oʻzgarishlar yuz bera boshladi, deymiz lekin Mustabid tuzum vakillarining bunday qilmishlari faqat ,,oʻzbek ishi” qoʻzg’algan XX asrning 80-yillaridagina emas, undan avvalroq ham koʻp marta sodir boʻlgan. Asardagi komissar Soat G’aniyev obrazi va uning oʻtmishi tafsilotlari orqali bunga guvoh boʻlishimiz mumkin. Otasining izidan borib, sovet komissari boʻlib yetishgan, yoshligidan koʻplab insonlarning yostig’ini quritgan, Fotima ismli yosh juvonning erini nohaq qamatib yuborib, juvonning oʻzini nomusini bulg’agan (buning natijasida Fotima isnodni koʻtarolmay oʻzini osib qoʻyadi) bu obraz qariganda ham oʻz qilmishlaridan pushaymon emas. Qoʻyib bersa, mana shu holatida ham yana jazo organiga ishga qaytib, oʻsha eski, ,,sinalgan” usullar bilan yana minglab odamlarning yostig’ini quritishga tayyor. Oʻsha Soat G’aniyevdan jabr koʻrgan Fotimaning qizi Qurbonoy xola ham oʻz hayotini nima uchun sarflaganini bilmaydi. Qarib qolib, oʻt pufagiga tosh toʻplanib qolgan, buning natijasida sog’ligi yomonlashib ishga yaramay qolgan boʻlsa-da har kungi kundalik yumushlarini qoʻymaydigan, doktorlar man etishsa ham oʻz bilganidan qolmay kundalik tashvishlariga shoʻng’ib ketadigan bu ayolning umri ham huddi tushdagidek mazmunsiz va bexalovat kechdi. Rustam va uning otasi deputat Shomatovlar oʻzlariga nisbatan qilingan adolatsizlikdan soʻng koʻzlari ochilib, umrlari tushdagidek ma’nisiz oʻtganini, hayotlarini nohaq tuzumga xizmat qilish uchun behuda oʻtkazganliklarini kech boʻlsa ham anglab yetadilar. Shu bois ham ularning umrini tushda kechgan umr deb baholasak boʻlaveradi. Komissar Soat G’aniyev garchi oʻtgan umridan afsuslanmasa-da, oʻz dunyoqarashini oʻzgartirmasa-da, baribir uning taqdiriga nazar tashlasak, uning ham umri bema’ni oʻtganligini koʻrishimiz mumkin. U minglab odamlarning qarg’ish va nafratiga mubtalo boʻldi. Oʻz farzandlari undan yuz oʻgirishdi. Bunday hayot kechirgan insonning umrini garchi u oʻz umridan rozi boʻlsa-da, mazmunli oʻtdi deb boʻlmaydi. Shu bois ham Soat G’aniyevning ham umrini ,,tushda kechgan umrlar” qatoriga bemalol qoʻshish mumkin. Roman soʻngida komissar hayoti poyoniga yetib qolgan boʻlsada, biroq u, shu umri davomida shaxs sifatida shakllanmadi, balki shoʻro mafkurasining «maxsus odami” sifatida yashab oʻtdi. Uning kuzi allaqachon kelgan. Lekin Komissar shunday tubanlashib ketganki, bu haqiqatni tan olgisi kelmaydi. Oʻylab qaralsa, uni hamma tark etdi. Naziradek ayol (xotini), farzandlari, kelinlari undan yuz oʻgirdi. Keyingi xotinidan u vafo topmadi. Na bir doʻst, na bir suyanchiq qolmadi. Soʻngida esa, u e’tiqod qoʻygan jamiyat, mafkura tanazzulga yuz tutdi. Shunday boʻlsa-da, u aynan shu holatni-haqiqatni anglab yetishdan mahrum. Chunki, u, butunlay, inson qiyofasidagi hayvonga aylanib ulgurgan, har qanday insoniy his-tuyg‘ulardan mosuvo, “qotma” ga aylangan mahluq edi. Onadan tug‘ilmagan jonzot yoʻq. Jannatdan yer yuziga haydalgan Odam Ato, Momo Havo, Azozil va ilonni istisno qilganda, barcha jonzotni ona tuqqan. Hadislarida aytilganidek har bir goʻdak tug‘ilganda musilmon boʻlib tug‘iladi. Ammo ulg‘aygan sari uning dini ham, fe’l-atvori ham oʻzgarishi mumkin. Bu muhitga, muhitdagi tarbiyaga bog‘liq. Ajabki, boʻritabiat komissarlarni ham ona tuqqan. Soatni ham iymoni butun ona dunyoga keltirgan. Biroq keyinchalik muhitning ta’siri bilan ularning hammasi oqpadarlik tavqi-la’natini boʻyniga osgan. Buni komissar misolida koʻrishimiz mumkin. Badiiy ijodda ruhiy tahlilning oʻrni va ahamiyati beqiyos. Har qanday badiiy asarning darajasi unda inson qalbi haqidagi haqiqat qay yoʻsinda, qanday ifoda etilgani yoki tasvirlanganligiga koʻra belgilanadi. Badiiy asarlar markazidagi inson qiyofasi uning ruhiyati tahlili orqali ochib beriladi. San’atkor-ijodkorlar yaratgan asarlarga e’tibor qaratilsa, jahon adabiyotining yetuk durdonalari sanalmish asar mualliflari ruhshunos insonshunos sifatida qalam tebratganliklarining guvohi boʻlish mumkin.
Xulosa XX asr oʻzbek nasrining koʻzga koʻringan ijodkorlaridan boʻlgan Oʻtkir Hoshimov soʻzni san’at darajasiga olib chiqqan, uning har bir qa’tidan yangilik, badiiy yuksaklik axtargan va ana shu yuksaklikni ijod oʻzagi deb bilgan yozuvchidir. Adib ijodini oʻrganish, yozuvchining oʻziga xos uslubi va badiiy mahoratini, asar syujeti, obrazlar tizimi, yozuvchi uslubi, mahorati kabi masalalarni tadqiq etish bitiruv – malakaviy ishimiz oldiga qoʻyilgan bosh vazifa boʻlib, ular uch asosiy bob asosida oʻrganildi. Oʻtkir Hoshimovning ,,Tushda kechgaan umrlar’’ romanini badiiyatini kengroq batafsilroq yoritib moboynida xalqimiz boshiga tushgan oʻzbek xalqini badnom qiluvchi «paxta ishi», «oʻzbek ishi» degan qatag‘on xoʻlu quruqni baravar yondirgan olov ekani, markazdan kelgan gdlyanchilar oʻzlariga berilgan “cheklanmagan huquq”dan toʻliq foydalanib, minglab oilalarni baxtiqaro qilgani, Afg‘on urushining dahshatlari, fojialari xususida keng tasavvur xosil qilish imkonini beradi.
Nega asarga Tushda kechgan umrlar deb nom berilgan? Bu savolga quyidagi jumla orqali javob topdim.''Oʻylab qarasam, oʻtgan umrim umr emas, tush ekan. Goʻyo men esimni tanib- tanimay birov uyqu dori ichirgan -u tush koʻrib yuraverganman: Goh shirin, goh xatarli tush koʻrib. Oʻsha ''birov'' qayoqqa sudrasa, ketidan ergashib ketaverganman, nima buyursa, quloq qoqmay bajaraverganman... Uyg'onishga esa qoʻrqqanman... Mana endi, uyg'onib, yonverimga qarasam menga oʻxshaganlar koʻp ekan... '' (Otasining Rustamga yozgan maktubidan) Ushbu parchada Shomatovning oʻzlariga nisbatan qilingan adolatsizlikdan soʻng koʻzlari ochilib , umrlari yolg'an taqdir asosiga qurilganligini kech boʻlsa ham anglab yetdi. Shu sababli ularning umrini ''Tushda kechgan umrlar ''deb nomlagan boʻlsa kerak yozuvchi.Yolg'on aqidalar, be'mani urush, qatag'on siyosati, begunoh insonlarning jazolanishi...
Said Ahmad ''Tushda kechgan umrlar'' asariga quyidagicha baho beradi.
''Romanni loqayd hayajonsiz oʻqib boʻlmaydi, u kitobxonni larzaga soladi. Xalq boshiga kulfatdan boshqani solmagan qonli urushni boshlagan telba urushqoqlarga dil-dilidan qarg'ish yog'diradi'' Haqiqatdan ham asarni shunchaki oʻqib boʻlmaydi. Asardan chiqargan xulosam shu boʻldiki, afg'on urushi insonlar boshiga koʻplab kulfatlarni soldi. Qatag'on siyosati esa undan ham oshib tushdi. Bunga sabab nima edi. Javob bitta mustamlakachilik. Qachonki xalq, davlat mustaqil boʻlsa uni bosqinchilar xohlagancha boshqara olmaydi. Oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Расулов А. Ардокли адиб. Тошкент:Шарк, 2001 йил, 112-бет.
Hoshimov Oʻ. Tanlangan asarlar:4-jild: Tushda kechgan umrlar: Roman qissa, hajviyalar, tarjimalar, oʻylar. – T.: Sharq, 2011 yil. 363-bet.
Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik. Adabiy tarixiy jarayon. II jild. – T.: Fan, 1979. -B
Rasulov A. “Ardoqli adib”. – Tosh: Sharq, 2001
Rasulov A. Badiiylik- bezavol yangilik. – T: Sharq, 2007
Sulton I. Adabiyot nazariyasi.-T.: Oʻqituvchi, 2005
Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq me’rosi nashriyoti. 2004
Umurov H. Adabiyot nazariyasi. – T: Sharq, 2002
Xoldorov D. “ Ijod mohiyati – uslub xosiyati” – T: Turon zamin ziyo, 2017
Oʻ Hoshimov. Tanlangan asarlar IV. Roman, qissa, hikoyalar, hajviyalar, tarjimalar, oʻylar. – T: Sharq, 2011
Oʻ Hooshimov. “Tushda kechgan umrlar” romani. G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.- T: 2002
Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. –T.: Sharq, 2004